G LO S S A R I Y
AXLOQ (arab. xulqning ko‘pligi; lot. moralis — xulq-atvor) — ijtimoiy ong shakllaridan biri,
ma’naviy hayot hodisasi, ma’naviyat sohasiga oid tushuncha. Kishilarning tarixan tarkib topgan
xulq-atvori, yurish-turishi, ijtimoiy va shaxsiy hayotdagi o‘zaro, shuningdek, jamiyatga bo‘lgan
munosabatlarini tartibga solib turuvchi barqaror, muayyan norma va qoidalar yig‘indisi. A.
normalari kishilarning xatti-harakatlarida o‘z ifodasini topadi. Bunda ba’zi xatti-xarakatlar, xulq-
atvorlar A.iy, ba’zilari A.sizlik deb baholanadi. A. ijtimoiy ongning eng qad. shakllaridan
biridir. Davr o‘zgara borgan sari har qanday hodisa kabi A. ham o‘zgaradi, rivojlanib,
takomillashib, ma’naviy madaniyatning ko‘rinishlaridan biriga aylanib boradi. A.ni alohida fal-
iy fan – “Etika” yoki “Axloqshunoslik” o‘rganadi. Ilm, bilim, dunyoqarash, idrok va iymon
insonning xulq-atvorida o‘ziga xos tarzda aks etadi. Insoniylik madaniyati esa axloqiy fazilatlar
orqali namoyon bo‘ladi. A. ijtimoiy munosabatlar zaminida alohida shaxs sifatida mavjud
bo‘lgan insonlarning o‘z-o‘zini idora qilish shakllari va me’yori, o‘zaro muloqot va
munosabatlarda ularga xos bo‘lgan ma’naviy kamolot darajasining namoyon bo‘lishi hamdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |