VIJDON — ma’naviyatdagi ta’sir doirasi nihoyatda keng tushunchalardan biri. V. – Z. Froyd
ta’biri b-n aytganda, alo men, men ustidan nazorat o‘rnatib, uni boshqarib turuvchi ikkinchi bir,
yuqori darajadagi men. Agar uyat hissi insonning tashqi, jamiyatga bog‘liqligidan kelib chiqsa,
V. uning ichki o‘z-o‘ziga bog‘liqligini namoyon etadi. Bu ichki bog‘liqlik tashqi bog‘liqlikka
nisbatan teran va doimiydir: uyat ma’lum bir vaqt ichida odamning o‘z nojo‘ya harakati tufayli
yuzaga kelgan o‘ng‘aysizligi bo‘lsa, V. azobi, bu oddiy o‘ng‘aysizlik emas, balki qalbdagi,
odamdagi odamiylikka e’tiqodning faryodi, talabi; uni qondirmas ekansiz, hech qachon azob
to‘xtamaydi.
VATANPARVARLIK -bir ijtimoiy guruhga mansub bo‘lgan insonlarning o‘z tarixini, tili,
madaniyati, urf – odatlarini, milliy obro‘si, qadr – qimmatini bilish, hurmat qilishi, ularga
tayanishi, boshqa xalqlarning ham obro‘ – e’tiborini, manfaatlarini hurmat qila bilishini
ifodalovchi ma’naviy fazilatdir. V. insonning o‘z Vataniga muhabbatini, uni asrab-avaylashga
bo‘lgan ishtiyoqini anglatuvchi axloqiy tushuncha.
VRACHLIK ODOBI - vrach ma’naviyati va xulq-atvor me’yorlarining majmui. V.o. umumiy
odobning tarkibiy qismi hisoblanadi, bunda vrachning faoliyati xususiyatlariga muvofiq holda
xulq-atvori va ijtimoiy o‘ziga xosliklari o‘rganiladi. U vrachlikning ma’naviy-axloqiy
masalalarini qamrab oladi, uning xulq-atvori, ma’naviyati, kasbiy burchini his etishi, nomusi,
vijdoni va qadr-qimmati me’yorlarini, bemorlar, ularning qarindosh-urug‘lari, o‘z hamkasblari,
jamoasi va umu-man jamiyat bilan o‘zaro munosabati masalalarini o‘z ichiga oladi. V.o.
tamoyillari ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlar, sog‘liqni saqlash va jamiyatning unga bo‘lgan
munosabati holati, tibbiyot fanining rivojlanish darajasi bilan bog‘liq.
Do'stlaringiz bilan baham: |