Milliy g‘oya va ma’naviyat asoslari kafedrasi intellektual va ma’naviy tarbiya asoslari fanining
Download 1.72 Mb. Pdf ko'rish
|
intellektual va manaviy tarbiya asoslari MAJMUA 2020
- Bu sahifa navigatsiya:
- BAG‘RIKENGLIK
BAXT- ma’naviy axloqiy tushuncha. Kishi o‘z faoliyati natijalaridan hayotda qo‘lga kiritilgan yutuqlaridan to‘la qoniqish, yashash tarzidan mamnunlik, muayyan maqsadga etganlik, orzu- umidning ushalishi, bearmonlik holati sifatida namoyon bo‘ladi. Baxt nisbiy tushuncha, mutloq baxt yo‘q. Baxtni qanday ma’noda tushunishning shaxsning ijtimoiy o‘rniga, bilimi, yoshi, dunyoqarashiga bog‘liq. Baxt haqidagi kishilarning tasavvurlari ijtimoiy tuzim va undagi ijtimoiy munosabatlar majmuasi b-n uzviy bog‘liq. BAG‘RIKENGLIK– mehr-muruvvat, g‘amxo‘rlik, himoya, panoh, makon, saxiy, eshigi hamma uchun ochiq, dargohi keng; kengfe’llik. Bag‘rikenglik – o‘zgalarning dunyoqarashi, diniy e’tiqodi, milliy va etnik xususiyatlari, an’ana-marosimlariga hurmat-ehtiromda bo‘lish, muomala-munosabatda kamsitishlar, tahqirlashlarga yo‘l qo‘ymaslik, insoniylikni hamma narsadan ustun hisoblab, jamoada, ish joylarida, mahalla-kuyda bunga rioya etish. Xullas, turli dindagi, turli millat va elatlarga mansub kishilarning bir mamlakat doirasida, yagona davlat tarkibida bahamjihat, osoyishta yashashidir. Bag‘rikenglik ayrim shaxslarga yoki butun bir xalqqa xos xususiyat bo‘lishi mumkin. Bag‘rikenglik – o‘zbek xalqining eng olijanob fazilatidir. BAYRAMLAR – xalq ma’naviyatining tarkibiy qismi bo‘lgan, inson va jamoalarning hayotida muhim sanalgan, keng nishonlanadigan tantanali kunlar. Bayramlar ma’naviy ko‘tarinkilik va birdamlik bilan birga, shaxsiy, milliy va umuminsoniy qadriyatlar uyg‘unligining ifodasi hamdir. O‘zbekistonda nishonlanadigan bayramlarda milliy istiqlol g‘oyasining asosiy tushuncha va tamoyillari aks etmoqda. Mustaqillik kuni (1 sentyabr), Konstitutsiya kuni (8 dekabr) vatanparvarlik, yurtga sadoqat tuyg‘ularini, Vatan himoyachilari kuni (14 yanvar) mardlik va fidoiylik fazilatlarini tarbiyalashga xizmat qiladi. Mamlakatimizda shuningdek, O‘qituvchilar va murabbiylar kuni (1 oktyabr), Xotira va qadrlash kuni (9 may) kabi sanalarning nishonlanishi ham avlodlar o‘rtasidagi bog‘liqlik, o‘zaro hurmat, mehr-muhabbat, 84 insoniy ehtirom va qadr-qimmatni mustahkamlashga xizmat qiladi. Mustaqillik yillarida mamlakatimizda Ro‘za va Qurbon hayiti ham bayram sifatida qayta tiklandi. Bu bayramlar odamlarda imon-e’tiqod, shukronalik fazilatlarini kamol toptiradi, kelajakka ishonch tuyg‘ularini mustahkamlaydi. Navro‘z bayrami (21 mart) har yili yurtimizda alohida tantana bilan nishonlanib, yurtdoshlarimiz qalbiga yasharish, yaratuvchanlik, ko‘tarinkilik ruhini olib kiradi. Mamlakatimizda xalqaro bayramlar - YAngi yil (1 yanvar), Xalqaro xotin-qizlar kuni (8 mart) va Xalqaro bolalarni himoya qilish kunining (1 iyun) nishonlanishi umuminsoniy qadriyatlarga sadoqatimiz ramzidir. BARKAMOLLIK– kamolot, balog‘atga erishgan, bekamu ko‘st, etuk, mukammal, nuq-sonsiz, kamoli xirad – aql komilligi, kamoli ma’rifat – ilmu ma’rifatda mukammallik, kamol ahli – ilmu hikmat egalari, olimlar. Barkamollik insonning aqliy axloqiy va bilimdonlik jihatidan etukligi, o‘zi tanlagan kasbu hunarning ustasi bo‘lishi, shaxs sifatida shakllanib, vatan taraqqiyoti, el-yurt farovonligi uchun jon kuydirishi, ezgu g‘oya va niyatlar b-n bunyodkorlik va yaratuvchanlik qobiliyatiga ega bo‘lishi. Download 1.72 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling