"milliy g'oya va ma'naviyat asoslari va huquq ta'limi" yo'nalishi


Download 38.06 Kb.
bet5/8
Sana20.03.2023
Hajmi38.06 Kb.
#1284733
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Nazarov Umarbek kurs ishi (1)

2.1.Huquqiy mafkura.
Huquqiy mafkura - bu muayyan ijtimoiy guruhlarning, jamiyatning huquqiy qarashlari, g‘oyalari, tasavvurlari va talablarining ilmiy tizimlashtirilgan ifodasidir. Huquqiy mafkura g'oyalar, konsepsiyalar, huquqiy tamoyillar, huquqni rivojlantirish istiqbollarini baholash, huquqiy aktlarni qabul qilishning maqsadlari, vazifalari ko'rinishida namoyon bo'ladi.Huquqiy mafkura huquqni bilish darajasi va tabiatiga ko‘ra huquqiy ruhiyatdan ancha yuqori turadi. Agar huquqiy ruhiyat huquqiy hodisalarning tashqi, ko'pincha hissiy jihatini, muayyan bir qismini qayd etadigan bo'lsa, huquqiy mafkura huquqning mohiyatini, ijtimoiy mazmunini, tabiatini ochib berishga, uni mukammal madaniy-tarixiy falsafa va aqida ko‘rinishida taqdim etishga intiladi. Shu jihatdan Gegelning huquq falsafasi, davlat va huquqning tabiiy-huquqiy, pozitivistik ta’limotlari, boshqa ko'pgina huquqiy konsepsiyalar huquqiy mafkura sifatida e’tirof etiladi.O ‘zbekistonda huquqiy davlat va fuqarolik jamiyatini barpo etish konsepsiyasi huquqiy mafkuraga yaqqol misol bo‘la oladi. Bunday davlat va jamiyat demokratiya, inson huquqlarini

ta’minlash, insonparvar va adolatli huquq-tartibot to‘g‘risidagi ham umuminsoniy, ham milliy tasavvurlarga mos kelishi kerak. Mazkur holatda huquqiy davlat ta’limoti milliy davlatchiligimizni rivojlantirishning mafkuraviy asosi bo‘lib xizmat qiladi¹.“Huquqiy taʼlim va tarbiya borasidagi ishlar tizimli va uzviy olib borilmayotgan”ligi ham haqiqat. Maktabgacha taʼlim muassasalaridan boshlab, oliy oʻquv yurtlarigacha boʻlgan bosqichlardagi oʻzaro uzviy bogʻliqlik yetishmaydi. Yoki maktabgacha taʼlim muassasalarida oʻqitiladigan huquqiy saboqlar uchun darslik va oʻquv qoʻllanmalar, koʻrgazmali qurollar yetarlimi degan savolga ham “ha” deb javob berish mushkul. Bu borada mana shu yoshdagi bolalar ongiga huquqiy madaniyat qanday usullar bilan singdirilishi lozim degan jiddiy masala koʻzga tashlanadi. Bu oʻrinda psixologlar va huquqshunoslar bilan hamkorlikda huquqiy saboqlar oʻquv adabiyotlarining ishlab chiqilishi maqsadga muvofiq.Shuning uchun, Farmonning 9-bandida Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi Adliya vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda maktabgacha taʼlim muassasalarida “Bola huquqlari va majburiyatlari” mavzusidagi mashgʻulotlarni malakali mutaxassislarni jalb qilgan holda koʻrgazmali tarzda tizimli joriy etish boʻyicha takliflar ishlab chiqish va belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritish;10-bandida esa, Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi hamda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi Adliya vazirligi bilan birgalikda:
2019/2020 oʻquv yilidan boshlab taʼlim muassasalarida oʻquvchi va talabalarning huquqiy bilimlari uzluksiz va tizimli oshirib borilishini taʼminlash mexanizmini joriy etish, shuningdek, oʻquvchi va talabalarning huquqiy savodxonligini oshirishga qaratilgan oʻquv dasturlarini tubdan qayta koʻrib chiqilishini taʼminlash;
_________________

Download 38.06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling