"milliy g'oya va ma'naviyat asoslari va huquq ta'limi" yo'nalishi


Download 38.06 Kb.
bet2/8
Sana20.03.2023
Hajmi38.06 Kb.
#1284733
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Nazarov Umarbek kurs ishi (1)

1.1.Huquqiy ong va uni tuzilishi.
“Yuksak huquqiy madaniyat — mamlakat taraqqiyoti kafolati” degan kontseptual g’oya asosida aholining barcha qatlamlari huquqiy savodxonlikka erishishlari, yuksak darajadagi huquqiy ongga ega bo’lishlari hamda huquqiy bilimlarini kundalik hayotda qo’llay olishlari uchun tizimli va keng qamrovli huquqiy targ’ibot tadbirlarini tashqil qilish davlat organlari va tashqilotlarning ustuvor vazifalaridan biri hisoblanadi. Bunda jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish “shaxs — oila —mahalla — ta’lim muassasasi — tashqilot — jamiyat” prinsipi bo’yicha tizimli va uzviy tashkil etiladi. Darhaqiqat, huquq asoslarini, Konstitutsiya va qonunlar mazmun-mohiyatini, yangi qonuniy hujjatlar, huquqiy me’yorlarni kishilarning, birinchi navbatda, yoshlarning ongi, qalbiga singdirishda hech bir narsa o’z ahamiyatiga ko’ra huquqiy ta’lim-tarbiyaga tenglasha olmayd. Jumladan, biz jamiyatda huquqiy madaniyatni shakllantirish va rivojlantirish, mamlakatimizda huquqiy ta’lim va bilimlar targ’ibotini tubdan yaxshilash, qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarni ijrochilarga etkazish, aholini qabo’l qilinayotgan qonunlarning maqsadi, mazmun-mohiyatidan keng xabardor etib borishga yo’naltirilgan maqsadli chora-tadbirlarni qo’llab-quvvatlaymiz. Zero, faqat erkin, o’z huquq va majburiyatlarini biladigan, qonun va amaldagi tartib-qoidalarni hurmat qiladigan fuqaro o’z huquqlaridan to’laligicha foydalana oladi. O’zbekiston “Adolat” SDP tomonidan fuqarolarning huquqiy ong va huquqiy madaniyatini yanada yuksaltirish, yoshlarning huquq sohasiga bo’lgan qiziqishlarini oshirish, ularni huquqiy savodxonlik jihatdan etuk, barkamol avlod qilib tarbiyalash maqsadida o’tkazib kelinayotgan “Konstitutsiya bilimdoni” ko’rik-tanlovi, har haftaning seshanba kuni mahallalarda o’tkazilayotgan siyosiy o’quvlar hamda boshqa huquqiy targ’ibot tadbirlari mazkur farmon ijrosini ta’minlashga xizmat qiladi. Shu o’rinda bir mulohazani aytib o’tish joiz. Bugungi kunda qonunlarimizni oddiy xalq tushunadigan darajada sodda tilda ishlab chiqish masalasi ham dolzarb bo’lib turibdi. Qonun loyihalarini o’zbek tilida tayyorlab, keyinchalik rus tiliga o’girish maqsadga muvofiqdir. Amaliyotda esa bir qator qonun loyihalari rus tilida tayyorlanib, so’ngra o’zbek tiliga o’girilishi oqibatida undagi ayrim jumlalar g’aliz va tushunarsiz bo’lib qolmoqda.Qolaversa, qonun hujjatlarini aholiga etkazadigan veb-saytlar nomi ham o’zbek tilida, qisqa jumlada ifodalansa, maqsadga muvofiq bo’lar edi. Masalan, hozir amaldagi O’zbekiston Respublikasi normativ huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portali — www.regulation.gov.uz nomi balki mutaxassislar uchun, ziyolilar uchun tushunarlidir, ammo oddiy fuqarolar uchun esda qolarli, deyish qiyin. O’zbekiston aholisining asosiy qismi o’zbek tilida so’zlashishini inobatga olgan holda bu kabi ommaviy interaktiv portallar o’zbekcha nomlansa, ular barchaga tushunarli bo’ladi, degan fikrdamiz.Shu jumladan, Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish kontseptsiyasini 2019 yilda samarali amalga oshirish bo’yicha “yo’l haritasi”ga binoan ishlab chiqilishi belgilangan aholiga bepul maslahat berish portalini o’z ichiga olgan huquqiy axborot tizimi nomini (Advice.uz) ham o’zbek tilida nomlash ayni muddao bo’lar edi. Bu borada Mening fikrim — Jamoaviy murojaatlar portali (www.meningfikrim.uz) nomi aholining keng qatlami, ayniqsa, yoshlar orasida keng ommalashgani misol bo’la oladi. Shunday eqan, o’zbek tilidagi veb-saytlar nomining inglizcha bo’lishiga aslo hojat yo’q. Boshqacha aytganda, ushbu saytlarda huquqiy mavzuda berilgan axborot, tushuntirishlarni ko’pchilikning o’qishi ma’lum darajada ana shu omil bilan ham bog’liqdir. Xulosa qilib aytganda, farmonda belgilab berilgan jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish borasidagi muhim yo’nalish va vazifalarni o’z vaqtida amalga oshirish biz, partiya xodimlaridan mas’uliyat va fidoyilikni talab etadi. Zero, davlatimiz rahbari ta’kidlaganidek, “Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta’minlash — yurt taraqqiyoti va xalq farovonligining garovidir”.Huquqiy ong bilan bog'liq masalalarni o‘rganishda, eng avvalo, «ong» va «ijtimoiy ong» kabi kategoriyalarning mohiyatini anglash zarur. Ong deganda oddiy ruhiy in’ikos emas, balki ijtimoiy rivojlangan inson tomonidan voqelikni ruhiy aks ettirishning oliy shakli tushuniladi. Ongga tegishli belgilardan uning quyidagi ta’rifi kelib chiqadi: ong faqat shaxsgagina xos bo‘lgan, miyaning til va nutq yordamida voqelik aksini umumlashtiradigan, maqsadga muvofiq, konstruktiv hamda ijodiy namoyon bo‘ladigan oliy funksiyadir. Ong, shuningdek kishining ruhiy, siyosiy, falsafiy nuqtai nazarlari, diniy, badiiy qarashlarining ham majmui hisoblanadi. Ijtimoiy ong deganda mana shular tushuniladi.O‘z navbatida, ijtimoiy ongning turli shakllari mavjud bo‘lib, kishilar ular yordamida ijtimoiy va tabiiy borliqni o‘rganadi. Shu jihatdan olganda, tegishli adabiyotlarda siyosiy, axloqiy, estetik, diniy, huquqiy ong shakllari ajratib ko‘rsatiladi. Huquqiy ong ijtimoiy ongning shakllaridan biridir. Ayni paytda ijtimoiy ongning shakli sifatida huquqiy ong ham unga xos bo‘lgan barcha xususiyatlarga ega.Huquqiy ongni ijtimoiy ongning boshqa sohalari (siyosiy, axloqiy, estetik va boshqalar)ga nisbatan o'ziga xos xususiyatlari shundan iboratki, huquqiy ong insonlarning ijtimoiy hayotning yuridik ahamiyatli hodisalar (amaldagi qonunchilik, yuridik amaliyot, insonlar va fuqarolarning huquq va erkinliklari)ga oid baholovchi ruhiy munosabatini ifodalovchi huquqiy tasavvurlari, qarashlari, g'oyalari, hislari, hayajonlari majmui sifatida namoyon bo‘ladi. Bundan tashqari, huquqiy ong fuqarolarning huquqiy ijtimoiylashuvi jarayonlari natijalarini, jamiyatda qonuniylik va huquqiy tartibot holatini, joriy huquq tizimining alohida qismlarini yoki to'laligicha o‘zini o'zgartirishga bo‘lgan ehtiyojni o‘zida ifoda etadigan hodisa sifatida namoyon bo‘ladi. Shuningdek, u huquq ijodkorligi va huquqni qo‘llash amaliyotining muhim ko'rsatkichi vazifasini bajaradi.Huquqiy ong tarkibiga to'rtta baholash bilan bog‘liq munosabat kiradi. Bular - huquq va qonun hujjatlari (uning prinsiplari, shakllari, institutlari)ga nisbatan; atrofdagilarning huquqiy xatti-harakati (masalan, jinoyatchilik, davlat hokimiyati tuzilmalarining o‘zaro munosabatlari xususiyati) ga nisbatan; huquqni muhofaza qiluvchi organlar va ularning faoliyatiga nisbatan; ozining huquqiy xatti-harakatiga nisbatan munosabatdir¹.Huquqiy ong, birinchidan, huquqning jamiyat ehtiyojlarini ifodalovchi manbaidir; ikkinchidan, huquqni ijtimoiy voqelikka tatbiq etishning zarur omillaridan biridir; uchinchidan,shaxslarning xulq-atvori huquq normalariga qay darajada mos kelishini tushunib olishga ko‘maklashadi, baholash vositasi sifatida xizmat qiladi.Huquqiy ongning asosiy tarkibiy elementlari: huquqiy ruhiyat (psixologiya) va huquqiy mafkura (ideologiya).


__________________
¹1 Гранат H.JI. Правосознание и правовая культура. / / Теория права и государства. Учебник (Под ред. проф. В.В. Лазарева). - М ., - 1996. С. 180-181.

Download 38.06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling