"milliy g'oya va ma'naviyat asoslari va huquq ta'limi" yo'nalishi
Download 38.06 Kb.
|
Nazarov Umarbek kurs ishi (1)
2.2.Huquqiy psixologiya
Huquqiy ruhiyat (psixologiya) - bu alohida ijtimoiy guruh, shaxs yoki butun jamiyatda stixiyali ravishda vujudga keladigan huquqiy tuyg'ular, hissiyotlar, kayfiyatlar, fikrlar yig'indisidan iborat bo'lgan huquqiy ongning tarkibiy elementi. Huquqiy ruhiyat jamiyatdagi mavjud huquqiy muhitning bevosita ta’siri ostida vujudga keladi va huquqiy ongning boshlang‘ich pog‘onasi hisoblanadi. Shaxs huquqiy ongining aynan shu darajasidan huquqiy reallikni anglash, u bilan dastlabki tanishuvi boshlanadi.Huquqiy ruhiyat davlat va jamiyatning huquqiy asoslarini mustahkamlash, huquqbuzarlik va jinoyatlarning oldini olish hamda ularga qarshi kurash samaradorligini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Psixologiya bilimlarini har tomonlama chuqur egallash, ko'nikmalar hosil qilish huquqshunosning yuksak muomala madaniyatini ta’minlaydi. Psixologik madaniyat huquqshunoslik faoliyati samarasini oshiribgina qolmay, uning insonparvarlik mohiyatini namoyon etadi.Hozirgi paytda normativ aktlarni cheklanmagan tarzda qabul qilish imkoniyatiga ega bo’lgan kompьyuterlarni (avtomatlashgan qidiruv tizimlarini) yaratilishi tufayli huquqiy axborot imkoniyatlaridan foydalanish yaxshilandi. Aynan shu o’rinda g’alati hol ko’zga tashlanadi: bir tomondan fuqarolarning zarur axborotlarga ehtiyoji oshib borayotgan bo’lsa, ikkinchi tomondan, axborotlar, ayniqsa, qo’shimcha qonunlarning ko’pligidan asosiy qonunlarning ahamiyati kamayib ulardan foydalanish qiyinlashib bormoqda.Fuqarolarning huquqiy xabardorligini ta’minlashning eng zarur va amaliy ta’sirchan bir necha yo’nalishlari mavjud, ya’ni: 1) fuqaroning shaxsiy tashabbusiga binoan uni matnlar bilan bevosita tanishtirish; 2) qiziqqan kishilar va muassasalarni maxsus xatlar orqali xabardor qilish; 3) ommaviy axborot vositalari orqali normalar matnini e’lon qilish; 4) yuridik maslaxatxona yoki ekspertlarga murojaat etish; 5) huquqiy axborot Markaziga murojaat etish; 6) jamoat joylarida qonun matni yoki boshqa xabarlarni namoyish etish, targ’ib qilish; 7) norasmiy muloqot, ya’ni yon-atrofdagi kishilar bilan aloqalar.Huquqning tarbiyaviy yo’lga qo’yish va boshqarish funktsiyasining ta’sirchanligi huquqiy xabarlarning sifati, uzluksiz va zarur manzilga tez yetkazilishi bilan aniqlanadi. Buning uchun axborot manbai, birinchidan, axborotga talabgor uchun qimmatli bo’lgan xabarlarga ega bo’lishi, ularni doimo to’ldirib borishi; ikkinchidan, yetkazadigan xabarni iste’molchi uchun ma’qul, mos va uchinchidan, xabarlar bilan ta’minlashni doimiy, maqsadga yo’naltirilgan bo’lishi lozim.Axborot manbai bo’lgan huquqdan bir qator amaliy natijalar kelib chiqadi. Ulardan biri quyidagi sohada, amaliy faoliyatda huquqni bilish shartligidir: a) protsedur (instrumental) xarak-terdagi xatti-harakatlarni amalga oshirganda; b) kasbiy, ayniqsa, yuridik faoliyatda; v) fuqarolarning davlat va jamiyatga nisbatan o’z huquq va burchlarini bajarayotganda.Demak, oddiy fuqaroga huquq bir vaqtning o’zida ham yaqin, ham uzoq narsadir. Yaqinligi shundaki, kishilarning kundalik hayoti va faoliyati yuridik tartiblar, qoidalar bilan bog’liqligi unga ma’lum. Uzoqligi shundaki, ko’pgina hollarda huquq barcha muammolarni yechish vositasi bo’la olmaydi va u doimiy, o’zgarmas, barcha davrlar uchun qat’iy qilib belgilangan aqida emas. Har safar huquqni qanday holatga nisbatan qo’llanilayotganini bilish taqozo etiladi.Hamma gap huquqiy asosni qabul qilinadigan qarorga xizmat qildirishdadir. Bunga osonlik bilan erishilmaydi. Huquqni bilim va huquqiy xabardorlikni amalda tatbiq etish sirtdan qaragandagina oson ko’rinadi. Ushbu muammoga ko’pgina yuristlar, tarixchilar, faylasuf va sotsiologlarning asarlari bag’ishlangan."Qonunni bilish" kategoriyasi qadimdan buyuk mutafakkirlarning diqqat-e’tiborini o’ziga jalb qilib keladi. Grajdanlik aktlarini joriy etish fuqarolarning kundalik faoliyati, muloqoti va mas’ulligini ta’minlashda beqiyos ahamiyatga egadir. Masalan, u quyidagi huquqiy tamoyillar va qoidalarda bevosita namoyon bo’ladi: "Qonunni bilmaslik o’zini oqlashga asos bo’lolmaydi", "hech kim qonunni bilmasligi bilan o’zining noqonuniy xatti-harakatini oqlay olmaydi", "qonunni bilmaslik javobgarlikdan xolos qilmaydi" va hokazolardir. Biroq huquqiy sohaning murakkabligi, qonun osti hujjatlarning turli mahkamalar tomonidan qabul qilinishi, qo’shimcha qonunlarning tez-tez eskirib turishi, inqirozi, fuqarolarni, jamiyatning har biri a’zosini zarur huquqiy xabarlar bilan yetarlicha ta’minlashda ma’lum bir qiyinchiliklar uyg’otadi. SHu o’rinda savol tug’iladi: huquqni bilish prezumptsiyasi uning real mohiyati bilan qanday munosabatda? Agar bu fikrni boshqacharoq ifodalaydigan bo’lsak, ilgaridan mavjud va keng ishlatilayotgan huquqni bilish haqidagi prezumptsiyani ijtimoiy hayotga tadrijiy singdirilgan qonuniy javobgarlik rejimiga qo’llash me’yorlarini aniqlash dolzarb muammo hisoblanadi.Ushbu muammoni an’anaviy shaklda ham qo’yish mumkin: huquqiy prezumptsiyalarni inkor etish mumkinmi va qanday darajada? Buning uchun "prezumptsiya" va "prezumptsiyalash" atamalarining o’zini etimologik tahlil qilish zarur. Prezumptsiya lotincha "presumptio" so’zidan olingan bo’lib, bir necha ma’noga ega. Ulardan biri "taxmin" – ilmiy tadqiqot va amaliy faoliyatda keng ishlatiladi.20 Biroq hamma taxmin ham prezumptsiya bo’lavermaydi. Masalan, ob-havoning o’zgarishi yoki sport musobaqasining yakuni haqidagi taxmin ilmiy isbotlangan prezumptsiyaga kirmaydi. Prezumptsiyaga oddiy kuzatishlarga asoslangan taxmin emas, balki amaliyotda sinovdan o’tgan faktlar o’rtasidagi muhim aloqa xos xususiyatdir. Ushbu nazariy yondashishdan shunday xulosa chiqarsa bo’ladi: qonunni e’lon qilgandan keyin belgilangan vaqt o’tgach, fuqarolar uni biladi va uni bajarishlari lozim. SHu tariqa keng tan olingan "hech kim qonunni bilmasligi bilan o’zini oqlay olmaydi" degan qoida kelib chiqqan. Qonunni bilish prezumptsiyasidan kelib chiqqanda qonunni bilmaslik bilan o’zini oqlash ta’qiqlanadi (igretio nonest arguments). Ushbu qoida Qadimgi Rim yuristlari tomonidan ishlab chiqilgan edi."Huquqni bilish" atamasi mazmunida ikki xil ma’no borligini unutmaslik kerak, ya’ni: huquq haqida ma’lumot olish hamda huquqni bilish jarayonida rang-barang, murakkab omillar hosilasi o’laroq jamiyatda to’plangan huquqiy bilimlar darajasi tushuniladi.Shunday qilib, masalan, yuridik psixologiya, guvohlar oldida qanday harakat qilish kerakligini aniqlash uchun xotirani yaxshiroq tushunish kabi maqsadlarga erishishga intiladi, chunki ular asosiy dalillarni keltiradigan holatlarda yanada to'g'ri qarorlar qabul qilinishi mumkin.Sud psixologiyasi bilan bir qatorda huquqiy psixologiya "psixologiya va huquq" deb nomlanuvchi qismdir. Ushbu bilim sohasi 1960-yillarda yuristlar, sudyalar va ruhiy kasalliklar bo'yicha mutaxassislarning adliya tizimini takomillashtirishga urinishlari natijasida ahamiyat kasb eta boshladi. Uning kelib chiqishi Qo'shma Shtatlarda bo'lishiga qaramay, u tez orada butun Yevropa va G'arbiy dunyoga tarqaldi.1940-yillarda allaqachon psixologlar turli xil huquqiy faoliyatni rivojlantirishga faolroq aralasha boshladilar. Biroq, faqat 1950-yillarga kelib ular turli sud jarayonlarida ekspertlar rolini o'ynaganligini guvohlik berishni boshladilar, bu shubhasiz huquqiy psixologiyaning mustaqil intizom sifatida tug'ilishini belgilab berdi. Huquqiy psixologiyani qo'llashning birinchi sohasi - bu yuridik faoliyat bilan bog'liq bo'lgan odamlarning xulq-atvori va mentalitetining turli jihatlarini o'rganishdir.Shunday qilib, ushbu sohada biz jinoyatchilarning, shuningdek guvohlarning yoki yuridik mutaxassislarning o'zlarining psixologik xususiyatlariga oid tadqiqotlarni topishimiz mumkin.Bunday holda, huquqiy psixologiya asosan odamlarning xulq-atvorini o'rganishning boshqa tegishli sohalari, masalan, asosiy yoki ijtimoiy psixologiya tadqiqotlariga asoslangan. Masalan, guvohlarning suddagi rolini yaxshiroq tushunish uchun xotira yoki tengdoshlarning bosimi haqidagi kashfiyotlardan foydalanish mumkin.Ushbu dastur sohasidagi maqsad sud jarayonini tashkil etuvchi barcha qismlarni yaxshiroq tushunishdir.Huquqiy psixologiyani qo'llashning eng muhim sohalaridan yana biri bu vositachilik va bu sohada yuzaga kelishi mumkin bo'lgan nizolarni hal qilishdir. Ba'zi hollarda, yuridik psixologlar va sud ekspertlari turli dalillarning to'g'riligini aniqlash yoki ishda ishtirok etganlar bo'yicha tadqiqotlar o'tkazish uchun sud jarayonlariga ekspert guvohlari sifatida kelishlari kerak. Xulosa Mamlakatimizda ijtimoiy hayotning barcha sohalarida tub islohotlar amalga oshirilayotgan hozirgi davrda davlat va huquq hodisalarini o‘rganish dolzarb masalalardan biri hisoblanadi. Binobarin, bugungi globallashuv sharoitida ijtimoiy munosabatlarning shiddatli rivoji va mamlakatimizda ro‘y berayotgan yangilanish jarayonlari, o‘z navbatida, bizni davlat va huquq hodisalariga oid ko‘pgina tushuncha va atamalarni zamonaviy voqeliklar asosida qayta idrok etish hamda baholashga yo‘naltirmoqda.Tarbiya inson hayotida muntazam amalga oshib boradigan jarayondir. Tarbiyaning samarali bo’lishi tarbiyachi va tarbiyalanuvchining faoliyatiga xohish-irodasiga, qanday sharoit va vositalarning ta’sirida ruyobga chiqishga bog’liqdir. Ayniqsa tarbiya qanday usullar bilan amalga oshirilganligi, uni berishda qanday yo’l tutilganligi nixoyatda muhimdir.Huquqiy tarbiya tushunchasi ko’p qirrali tushunchalardan biridir. U o’z ichiga inson faoliyatining barcha jabhalarini qamrab oladi. Keyingi paytda matbuotda huquqiy tarbiyaga doir qator mulohazalar bayon etilmoqda. To’g’risini aytganda, bu tushuncha sho’rolar davrida umuman tilga olinmas edi. Hatto, yirik sho’ro qomuslarida ham huquqiy tarbiya Oxirgi yillar mobaynida ko’pchilik ziyolilarimiz «Huquqiy tarbiya nima?» degan savolga javob izlab, bir qator tadqiqotlarni bajardi. Bunga sabab huquqiy tarbiyaning ko’p qirrali tushuncha eqanligidir. Huquqiy tarbiya inson faoliyatining barcha qirralarini, uning yaqqol ko’zga tashlanuvchi zohiriy va yashirin, ichki ruhiy–botiniy tomonlarini ham qamrab olganligidadir. Hozirda matbuotda ushbu mavzuga bag’ishlab ko’plab maqola va mulohazalar e’lon qilinmoqda, kitoblar chop etilmoqda.Mustaqilligimiz sharofati bilan huquqiy tarbiya tushunchasini ham xolis va ilmiy talqin etish imkoniyati tug’ildi.Biz bir yilga rejalashtirganimizda, don sochamiz, o’n yilga rejalashtirganimizda daraxt ekamiz, agar butun umrga rejalashtirsak, kishilarni o’qitamiz va tarbiyalaymiz. (Xitoy xalq maqoli).Bu kursning asoslarini insonshunoslik fanlariga tayangan holda o’rganamiz. Yoshlarning umuminsoniy dunyoqarshlarini shakllantirish, ma’naviy-ma’rifiy faoliyatlarini yuzaga chiqarish kabi omillarni ilmiy jihatdan tadbiq etib, yoshlarni milliy istiqlol g’oyalari asosida tarbiyalash vazifasi yotadi.Millatni milliy tarbiya shakllantiradi. Maktabgacha ta’lim tizimida faoliyat ko’rsatish huquqga ega bo’layotgan kadrlarni huquqiy tarbiya nazariyasi va tarixi bilan tanishtirish, ularni huquqiy savodxonligini va huquqiy madaniyatini o’stirish, hamda huquqiy tarbiya metodlari bilan tanishtirishdan iboratdir.Donishmandlik pеdagogikasida yoshlarda mehnatsеvarlik ma'naviy - axloqiy sifatlar bilan uyg’un rivojlantirilishi maqsadga muvofiq eqanligi ilgari surilgan. Bu pеdagogik qarashlar mashhur «Avеsto» (er.av. VII asr) asarida va qadimgi Xitoyning Daos maktabi (er.av. III asr) tajribalarida aks etgan edi. Eramizdan avvalgi II asrlarga kеlib O’rta Osiyo, qadimgi Hindiston pеdagogikasida saxiylik, sofdillik, inson qalbi tushunchalari ilgari surilgan. 610-yillarga kеlib yaratilgan Islom dinining muqaddas kitobi «Qur'oni Karim»da inson mohiyati to’la ochib bеrilib, komil inson tarbiyasi bosh maqsad qilib qo’yilgan edi. «Qur'oni Karim»dagi ta'lim - tarbiyaga oid ulug’ xazina Al-Buxoriy hazratlarining Hadislarida bеriladi. Jumladan, (38-hadis) ”Farzandlaringizni izzat-ikrom qilish bilan birga axloq-odobini ham yaxshilangiz”: (626-hadis) ”Har bir go’dak Islom tabiatida tug’iladi, so’ng ota-onasi uni yo yahudiy qiladi, yo nasroniy qiladi, yo majusiy qiladi”: (136-hadis) ”Hech bir ota o’z farzandiga xulqu odobdan buyukroq meros berolmaydi”. Ta'lim – tarbiya, insoniy munosabatlarning falsafiy asoslari tasavvuf ilmida ochib bеriladi. Shu jumladan Islom olamining muqaddas kitobi «Qur'oni Karim»da ham komillikning bеshta tamoyili komillikka erishish uchun talab etiladi. 1. Mehnatim muhabbatim. 2. Ma'rifatim sarmoyam. 3. Dinim aqlim. 4. Ilmim qurolim. 5. Sabru qanoat libosim. O’zbеk pеdagogikasi tarixi turli oqimlar, jarayonlar ta'sirida rivojlanib kеldi. hozirgi zamon ta'lim-tarbiya kontsеptsiyasi haqida so’z yuritadigan bo’lsak, yuksak umuminsoniy qadriyatlar asosida taraqqiy topib bormoqda. Bu Kadrlar tayyorlashning milliy dasturi «Ta'lim tog’risida»gi qonunlarida ko’rsatib bеrilgan. Ushbu qonunlar milliy tajribaning tahlili, ta'lim tizimi jahon miqyosidagi yutuqlar asosida tayyorlangani hamda yuksak umumiy va kasb – hunar madaniyatiga ijodiy, ijtimoiy faollikka, ijtimoiy – siyosiy hayotda mustaqil ravishda mo’ljalni to’g’ri ola bilish mahoratiga ega bo’lgan istiqlol vazifalarini ilgari surish va hal etishga qodir. Yosh kadrlarni yangi avlodni shakllantirishga yo’naltirilgandir. Download 38.06 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling