"milliy g'oya va ma'naviyat asoslari va huquq ta'limi" yo'nalishi


¹1 Исломов З.М . Давлат ва х.ук.ук наяирияси. - Тошкент: Адолат, 2007. - 916 б


Download 38.06 Kb.
bet6/8
Sana20.03.2023
Hajmi38.06 Kb.
#1284733
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Nazarov Umarbek kurs ishi (1)

¹1 Исломов З.М . Давлат ва х.ук.ук наяирияси. - Тошкент: Адолат, 2007. - 916 б.


2019 yil 1 martga qadar yoshlarda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish, ayniqsa, ularning ongida korrupsiyaning jamiyat va mamlakat ravnaqi uchun oʻta salbiy illat eqanligini targʻib qilishga qaratilgan oʻquv materiallari tayyorlanishini tashkil qilish; Yosh avlodning huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish boʻyicha taʼlim muassasalarining huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlik qilishining samarali mexanizmlarini kengaytirish choralarini koʻrish kabi jiddiy vazifalar yuklatildi.Xalqimizda “qush uyasida koʻrganini qiladi” degan purmaʼno falsafa bor. Oilada yaʼni, ota-onada huquqiy madaniyat boʻlsa, shubhasiz bu farzandlarga koʻchib oʻtadi. Shuning uchun, har bir oilada bolalarga huquqiy tarbiya va odob-axloqning boshlangʻich qoidalarini oʻrgatish boʻyicha birinchi navbatda ota-onalarning oʻzlari uchun uslubiy tavsiyalar ishlab chiqish va tarqatish masalasi belgilanyapti. Bundan tashqari, oila davrasida huquqiy savodxonlikni oshirishga moʻljallangan, har bir elementar huquqiy bilimlarni oʻrgatishga qaratilgan va kundalik hayotdagi muhim masalalar yuzasidan huquqiy qoʻllanma tayyorlash va bepul tarqatish, bolalar uchun huquqiy mavzularda va odob-axloqning oddiy va kundalik qoidalarini bilishni, vatanparvarlik, qonunlarni hurmat qilish, oʻzbek xalqining tarixi va milliy qadriyatlarini oʻrgatishni targʻib qiluvchi turli multiplikatsion filmlarni yaratish, bolalar uchun huquqiy axborotni yetkazishga hamda kundalik turmushda qoʻllaniladigan normalar va odob-axloq qoidalarini oʻrgatishga qaratilgan audioertaklar, kinofilmlar va kinojurnallar ishlab chiqish kabi vazifalar birinchi yoʻnalishda oʻz aksini topgan.Ushbu maqolada biz har tomonlama puxta oʻylanib, amaliyot jiddiy tahlil etilgan holda ishlab chiqilgan Konsepsiyaning birinchi yoʻnalishida belgilangan ayrim vazifalar xususida qismanfikr-mulohazalar yuritishga harakat qildik.Konsepsiya 5 bobdan iborat boʻlib, “Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirishda huquqiy targʻibotning innovatsion usullarini joriy qilish”, “Aholining huquqiy madaniyatini yuksaltirishda ommaviy axborot vositalarining rolini kuchaytirish”, Yuridik taʼlimni, shuningdek, yuridik kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini rivojlantirish”, “Huquqiy madaniyatni yuksaltirishning ilmiy asoslarini tadqiq etish” singari boblarida aholining barcha qatlamlari huquqiy savodxonlikka erishishi, mustahkam irodali, oʻz huquqlarini biladigan va qonunlarni hurmat qiladigan, huquqiy bilimlarini kundalik hayotda qoʻllay oladigan, faol fuqarolik pozitsiyasiga ega boʻlgan va huquqbuzarlikka nisbatan murosasiz munosabatda boʻladigan fuqarolarni tarbiyalashning keng qamrovli muntazam tizimini yaratish masalalari aks etgan.Zero, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taʼbiri bilan aytganda, “Yangi Oʻzbеkiston taraqqiyotiga hissa qoʻshish – yaratganning oʻzi bizga bеrgan tarixiy imkoniyat”dir.Bundan 22 yil oldin Oliy Majlis qarori bilan qabul qilingan“Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish Milliy Dasturi” oradan shuncha vaqt oʻtganidan keyin uni bugungi kun talabidan va ruhidan kelib chiqib yangilash zaruriyati tugʻildi. Eʼtibor qiling, bugungi kunda qanchadan-qancha ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy oʻzgarishlar roʻy bermoqda. Shu nuqtai-nazardan ushbu Farmon bilan Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish konsepsiyasi tasdiqlanib, unda bir qator muhim ahamiyatga ega boʻlganyoʻnalishlar belgilandi.Birinchi yoʻnalish, 1-bobda nazarda tutilib, u “Shaxs, davlat va jamiyatning oʻzaro munosabatlarida aholining huquqiy madaniyatini yuksaltirish” deb nomlangan.Darhaqiqat, shaxs, davlat va jamiyatning oʻzaro munosabatlarida qonun, undagi huquqiy meʼyorlar hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi.Bu har bir shaxsning jamiyat va davlat oldidagi ijtimoiy masʼuliyatini belgilaydi.Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish konsepsiyasining oʻziga xos eng muhim jihatlaridan biri, huquqiy tarbiyani shakllantirish va huquqiy madaniyatni yuksaltirish dastlab oiladan boshlanishi lozimligi belgilanganidir. Konsepsiya bizning milliy mentalitetimiz, yashash tarzimiz bilan uzviy bogʻliq holda ishlab chiqilganligidan dalolat beradi.

Download 38.06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling