Milliy gvardiya xarbiy-texnik instituti
Bipolyar tranzistorda yasalgan kuchaytirgich bosqichi
Download 293.5 Kb.
|
KENG POLOSALI KUCHAYTIRGICHLAR
6.1. Bipolyar tranzistorda yasalgan kuchaytirgich bosqichi Umumiy emitter sxemada ulangan bipolyar tranzistorda yasalgan kuchaytirgich bosqichi eng keng tarqalgan. Kuchaytirgich taҳlil qilinganda signalmanbai yoki qarshilik RG bilan ketma – ket ulangan ideal kuchlanishmanbai EG ko’rinishida (6.1 a-rasm), yoki qarshilik RG bilan parallel ulangan ideal tokmanbai IG ko’rinishida (6.1 b-rasm) ifodalanishimumkin. a) b) 6.1 – rasm. Agar RG va kuchaytirgich bosqichining kirish qarshiligi qiymatlari bir – biriga yaqin bo’lsa, signalmanbaining turi ҳisoblash aniqligiga tasir ko’rsatmaydi. Agar RG kuchaytirgich bosqichining kirish qarshiligidan ancha katta bo’lsa, 6.1 b-rasmda keltirigan signalmanbaidan, aks ҳolda esa 6.1 a-rasmda keltirigan signalmanbaidan foydalanish tavsiya etiladi. Umumiy emitter sxemada ulangan bipolyar tranzistorda yasalgan kuchaytirgich bosqichi sxemasi 6.2 – rasmda keltirilgan. Sxemani taҳlil qilganda, tranzistor ҳolati kirish kuchlanishi bilan boshqarilganda uzatish xarakteristikasi (6.3-rasm), chiqish xarakteristikalar oilasi (4.5-rasm) ҳamda kirish xarakteristikalar oilasi (4.4-rasm) dan foydalanish qulay. 6.2 – rasm. 6.3 – rasm. Uzatish xarakteristikasi - kollektor toki IK ning baza – emitter kuchlanishi UBE ga boғliqligi eksponentsial funktsiya bilan approksimatsiyalanadi . (6.1) bu yerda - termik potentsial, IKS – proportsionallik koeffitsienti bo’lib uning taҳminiy qiymatimikroquvvatli kremniyli tranzistorlar uchun T=300 K bo’lganda 10-9mA tartibga ega bo’ladi. Kirish signalimavjud bo’lmaganda kuchaytirgich bosqichi sokinlik rejimida bo’ladi. Sokinlik rejimida kollektor – emittter kuchlanishining doimiy tashkil etuvchisi . Kirishga o’zgaruvchan kirish signaliningmusbat yarim davri berilsa, baza toki ortadi va u kollektor toki o’zgarishiga olib keladi. Bu ҳolat uzatish xarakteristikasi (6.3-rasm) dan ko’rinib turibdi. Kollektor toki IK ning UBE kuchlanishiga boғliq ravishda o’zgarishi Download 293.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling