Milliy hisoblar tizimida yapli ichki mahsulot kursatkichini hisoblash shartlati va usullari


-rasm. 1991-2018 yillarda YAIMning o’sish sur’atlari, o’tgan yili yilga nisbatan foiz hisobida


Download 217.52 Kb.
bet4/12
Sana09.02.2023
Hajmi217.52 Kb.
#1181904
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
MILLIY HISOBLAR TIZIMIDA YAPLI ICHKI MAHSULOT KURSATKICHINI HISOBLASH SHARTLATI VA USULLARI

1-rasm. 1991-2018 yillarda YAIMning o’sish sur’atlari, o’tgan yili yilga nisbatan foiz hisobida
1-rasmdan koʻrinib turibdiki, 1996-yildan to 2018-yilgacha YAIM hajmining davomiy, uzluksiz oʻsishining yigirma ikkinchi yili boʻlib qayd qilingan. Bunga asosan, YAIMda sanoat (metallurgiya, kimyo va neft kimyosi sanoati, mashinasozlik va metallni qayta ishlash, oziq-ovqat sanoati), xizmat (savdo, maishiy xizmat) koʻrsatish sohalari ulushining jadal surʼatlar bilan ortib borishi, hukumatning maqsadli pul-kredit siyosatini oʻtkazish hisobiga pul qadrsizlanishining pasayishi, iqtisodiyotga xorijiy sarmoya jalb etish muhitining yaxshilanishi, kichik biznes va hususiy tadbirkorlikka keng yoʻl ochilishi, ishlab chiqarish quvvatlarining tez surʼatlar bilan yangilanishi, zamonaviy texnologiyalarning joriy etilishi, sanoat eksport bazasining kengayishi hamda iqtisodiyotni modernizatsiya va diversifikatsiyalash hisobiga erishilmoqda.
YAMD bu barcha rezidentlarning birlamchi daromadlari yigʻindisidir. U ishlab chiqaruvchi va xizmat koʻrsatuvchilarning barcha daromadlari koʻrinishida boʻladi.
MHT-2008 da jami pul daromadlari bir qator koʻrsatkichlar tizimini oʻz ichiga oladi. Bular: birlamchi daromadlar; joriy transfertlar; ixtiyoridagi daromad; natural shakldagi ijtimoiy transfertlar; milliy daromad; yalpi ixtiyoridagi daromad.
Hozirgi kunda MDH mamlakatlarining milliy hisobchilik amaliyotida yalpi milliy daromad tizimidagi koʻrsatkichlarning aksariyatidan foydalanilmayapti. Ularning koʻpchiligida aholi ixtiyoridagi real pul daromadi koʻrsatkichlari hisoblanadi. Bu yerda muammo shundaki, bunday tartibda daromadlarni hisoblash uslubiyati MHT-2008 talablariga zid keladi. Bu esa, oʻz navbatida, ushbu koʻrsatkichni boshqa makroiqtisodiy koʻrsatkichlar bilan (YAIM) bogʻlab hisob-kitob qilish imkoniyatini qiyinlashtiradi. MDH mamlakatlarida hozirgacha aholi ixtiyoridagi real pul daromadi koʻrsatkichlarini hisoblash aholi pul daromadlari balansi boʻyicha yigʻilgan maʼlumotlar asosida hisobkitob qilinadi. Bunday usul esa, XXB tizimining eng asosiy uslublaridan biridir. Natijada, aholining pul daromadlari tarkibida MHTda nazarda tutilmagan tushumlar ham hisobga olinadi. Bular mulk,
aksiya, obligatsiya va shu kabilarni sotishdan tushgan pul mablagʻlaridir. MHT-2008 da esa, bular daromad hisoblanmaydi.
Bizning fikrimizcha, aholi real pul daromadlarini toʻliq hisoblash uchun iqtisodiyotning barcha boʻgʻinlari, eng avvalo, uy xoʻjaligi sektori uchun alohida hisoblar tizimini ishlab chiqish va uni mamlakatimiz milliy hisobchiligiga joriy qilish maqsadga muvofiqdir.
MHTdagi YAIM harakatining keyingi bosqichida iqtisodiyotning yalpi foydasi shakllanadi. Yalpi foyda YAIMdan ishlab chiqarish jarayonida sarflangan barcha moddiy harajatlar, yollanma ishchilarning ish haqi, shuningdek, ishlab chiqarish va importga sof soliqlar summalarini ayirib tashlash yoʻli bilan aniqlanadi.



Download 217.52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling