Milliy hunarmandchilik va amaliy sanʼat fakulteti, Texnalogik taʼlim yoʻnalishi 03/20-guruh talabasi
Sanoat mulki obyektlarini huquqiy jihatdan muhofaza qilish
Download 172.35 Kb.
|
Milliy hunarmandchilik va amaliy san at fakulteti, Texnalogik ta
Sanoat mulki obyektlarini huquqiy jihatdan muhofaza qilish.
Sanoat mulki obyektiga bo’lgan huquq muallifga (mualliflar) yoki uning (ulaming] huquqiy vorisiga (vorislarga) tegishli bo'ladi hamda ixtiro yoki sanoat namunasi patenti, dastlabki patenti va foydali model guvohnomasi [patent, dastlabki patent, guvohnoma deb yuritiladi) bilan tasdiqlanadi. Basharti, bir necha shaxs bir-biridan mustaqil ravishda sanoat mulki obyektini yaratgan bo'lsa, patent, dastlabki patent yoki guvohnomaga bo’lgan huquq Patent idorasiga birinchi bo'lib talabnoma topshirgan shaxsga beriladi. Obyekt muallifi, basharti o’zining obyektiga nisbatan g’ayrihuquqiy ravishdagi o’zlashtirish natijasida talabnoma topshirilgan, yohud patent dastlabki patent yoki guvohnoma olingan bo'lsa, sud tartibida patent, dastlabki patent yoki guvohnoma berilishiga norozilik bildirish yoki patent egasi yohud uning huquqiy egasi (matnda bundan keyin patent egasi deb yuritiladi) sifatida patent, dastlabki patent yoki guvohnoma o'ziga berilishini talab qilish huquqiga egadir. Dastlabki patent va guvohnoma dastlabki ekspertiza o'tkazilganidan keyin, patent esa, obyekt mohiyatan ekspertizadan o'tkaziigandan so’ng beriladi. Ixtiro patenti ixtironing yangiligini, ixtirochilik darajasini, patentining haqiqiyligini va patent egasining ixtiroga egalik qilish, uni tasarruf etish va undan foydalanishga doir mutlaq huquqini tasdiqlaydi. Sanoat namunasi patenti sanoat namunasining yangiligi va o’ziga xosligini, patentining haqiqiyligini va patent egasining sanoat namunasiga egalik qilish, uni tasarruf etish va undan foydalanishga doir mutlaq huquqini tasdiqlaydi. Patentning huquqiy muhofazasi butunlay yoki qisman haqiqiy emasligini isbotlash vazifasi haqiqiy emas deb dahvo qilayotgan tomon zimmasiga yuklanadi va sud tartibida amalga oshiriladi. Dastlabki patent va guvohnoma patent egasining sanoat mulki obyektiga egalik qilish, uni tasarruf etish va undan foydalanishga doir mutlaq huquqini tasdiqlaydi. Patent egasining mutlaq huquqi patent, dastlabki patent yoki guvohnoma haqidagi Ma'lumotlar Patent idorasining rasmiy axborotnomasida ehlon qilingan sanadan boshlab amalda deb hisoblanadi. Ustuvorlik (prioritetj sanasidan boshlab «Ixtirolar, foydali modellar va sanoat namunalari to'g’risida» qonun qoidalariga muvofiq belgilanadigan boshqa sanadan e’tiboran hisoblanganda, ixtiro patenti yigirma yil mobaynida, sanoat namunasi patenti esa o'n yil mobaynida amal qiladi. Dastlabki patent va guvohnoma ustuvorlik sanasidan boshlab hisoblanganda besh yil mobaynida amal qiladi. Sanoat namunasi patenti va foydali model guvohnomasining amal qilish muddati patent egasining iltimosiga ko'ra Patent idorasi tomonidan tegishlicha besh yilga va uch yilga uzaytirilishi mumkin. Dastlabki patent bilan muhofazalangan sanoat mulki obyekti patenti dastlabki patent egasining iltimosnomasiga ko'ra obyekt mohiyatan ekspertizadan o’tkazilgadan so'ngberilishi mumkin. Ixtiro patenti, dastlabki patenti va foydali model guvohnomasi bilan ta'minlanadigan huquqiy muhofaza hajmi ulaming formulasi bilan, sanoat namunasi patenti va dastlabki patenti bilan ta'minlanadigan huquqiy muhofaza hajmi esa buyum (maket, rasm)ning fotosuratiarida aks ettirilgan muhim alomatlari majmuiyoki ulaming kombinatsiyasi bilan belgilanadi. Davlat tomonidan maxfiy deb topilgan sanoat mulki obyektlarini huquqiy jihatdan muhofaza qilish alohida qonunlar bilan tartibga solib boriladi. Sanoat mulki subyektining muallifi. Sanoat mulki obyektini shaxsiy ijodiy mehnati bilan yaratgan jismoniy shaxs bu obyektning muallifi deb ehtirof etiladi. Basharti, sanoat mulkining obyekti bir necha jismoniy shaxsning birgalikda ijodiy mehnati asosida yaratilgan bo'lib, ular o'rtasida tuzilgan shartnomada o'zgacha qoida nazarda tutilmagan bo'lsa, ularning barchasi bu obyektning teng huquqli muallifi deb ehtirof etiladi. Mualliflik huquqi begonalashtirilmaydigan shaxsiy huquq bo'lib, qonun bilan muhofaza qilinadi. Patent egasi. Sanoat mulkining obyektiga patent va dastlabki patent yoki guvohnoma quyidagilarga beriladi: • sanoat mulki obyektining muallifiga yoki uning merosxo'riga: • muallif yoki uning huquqiy vorisi tomonidan patent, dastlabki patent yoki guvohnomaga oid talabnomada yoki sanoat mulki obyekti Patent idorasida ro’yxatdan o’tkazilgunga qadar topshirilgan arizada ko’rsatilgan jismoniy va yuridik shaxslarga (ular roziligi sharti bilan): • mazkur modda nazarda tutilgan hollarda ish beruvchiga. Xizmatchi o’z xizmat vazifasini, ish beruvchidan olgan aniq bir topshiriqni bajarish bilan bog'liq tarzda yoki korxonaning ixtisosiga doir texnik bilimlar yordamida yaratgan sanoat mulki huquqiga ish beruvchiga ega bo’ladi. Sanoat mulki obyektiga bo'lgan huquqni o’zgaga o'tkazash muallif va ish beruvchi o'rtasida tuzilgan shartnomaga asosan rasmiylashliriladi. Basharti, ish beruvchi sanoat mulki obyekti yaratilganligi haqida muallif ma'lum qilgan sanadan e'tiboran to'rt oy mobaynida Patent idorasiga talabnoma topshirmasa, talabnoma topshirish huquqini o'zga shaxsga o’tkazmasa, muallif talabnoma topshirish va patent, dastlabki patent yoki guvohnomani o'z nomiga olish huquqiga ega bo'ladi. Bunda ish beruvchi sanoat mulkining tegishli obyektidan o'z korxonasida patent egasiga shartnomada belgilanadigan tovon pulini to'lagan holda foydalanish huquqiga ega bo’ladi. Ish beruvchi tomonidan sanoat mulki obyekti maxfiy saqlanadigan bo’lsa, u muallifga mutanosib miqdorda haq to’lash shart, haq miqdori shartnoma asosida belgilanib, mutlaq litsenziyaning bozor narxidan kam bo’lmasligi lozim. Patent egasi patent, dastlabki patent yoki guvohnoma bilan muhofaza qilinadigan sanoat mulki obyektidan foydalanish huquqini har qanaay jismoniy yoki yuridik shaxsga berishi mumkin. Sanoat mulki obyektiga oid patent, dastlabki patent yoki guvohnoma, shuningdek, uni olish huquqi meros bo’yicha o’tadi. O’zbekiston Respublikasining Intellektual mulk davlat fondi. O'zbekiston Respublikasining Intelektual mulk davlat fondi patent egasining davlat mulkiga kiradigan yoki shartnoma asosida olinadigan intelektual mulk obyektlariga nisbatan huquq hamda majburiyatlarini amalga oshirilishiga ko’maklashadi. Intelektual mulk davlat fondi faoliyatini mablag’ bilan ta’minlash manbai sanoat mulki va intelektual mulkning boshqa turlari obyektlaridan foydalanish huquqiga oid litsenziya sotilishidan tushadigan mablag’larning bir qismidan, davlat byudjeti mablag'lari hamda boshqa tushumlardan iborat bo’ladi Intellektual mulk davlat fondi o’z faoliyatini «Ixtirolar, foydali modellar va sanoat namunalari to'g’risida»gi Qonun va Vazirlar Mahkamasi tasdiqlaydigan nizomga binoan amalga oshiradi. Ixtirochilik g'oyasini ishlab chiqishda bilimlar bankidan foydalanish. Bilimlar banki - ma’lum vazifani bajaruvchi obyekt sinfiga oid bo’lgan va ishlash mezonlari, amalga oshish, yuzaga kelish ketma-ketligiga ko'ra tizimlangan, uzluksiz ravishda boyitib boriladigan axborot va ma’lumotlar rnajmui sifatida ishlab chiqildi. Bunda beriladigan ma’lumotlar imkon darajasida qisqa va lo'nda ifodalanib, tegishli bo’limlarga joylashtirilganligi sababli axborot jamlanmalarining juda ixcham bo'lishiga erishiladi. Bilimlar bankining o’ziga xos xususiyatlaridan biri uning uzluksiz ravishda yangi Ma’lumotlar bilan boyib borishidir. Bu vazifani amalga oshirishda ikki usuldan foydalaniladi: birinchi holatda o'qituvchi o’z ustida qo’shimcha ishlashi natijasida olgan yangi bilimlarini doimiy ravishda bilimlar bankiga kiritib boradi. Ikkinchi holatda talaba tomonidan taklif qilingan axborot o’qituvchi tomonidan tahrir qilinadi va bilimlar bankiga kiritiladi. Texnik yechimlami ishlab chiqishning muayyan bosqichlarida bilimlar bankidan foydalanish samaradorligini oshirish maqsadida 2-rasmda keltirilgan bo’limlarga ajratildi. Ilmiy texnika ijodkorligi samaradorligi tobora ko'proq darajada axborotlar bilan ishlash tezligi va unumdorligiga bog’liq bo'lib borayotganligini hisobga olib bilimlar bankini ishlab chiqishda quyidagi mezonlarga amal qilinadi: 1. Axborotlarni jamlash. Katta hajmdagi axborotlar ichidan samarali texnika va texnologiyalarni ishlab chiqishning istiqbolli yo’nalishlari haqida xulosa chiqarish uchun eng yangi axborotlardan to’laroq foydalanish. 2. Axborotlarni saralash va eng ahamiyatlilarini ajratib olish. Saralangan axborotlar bilan ishlash texnik yechimni ishlab chiqish uchun sarflanadigan vaqtni tejaydi va uning yuqori texnik-texnologik saviyada bo’lishiga xizmat qiladi. 3. Ahamiyatli axborotlarni tasniflash - har bir ma’lum holat uchun tahlil qilinishi lozim bo’lgan axborotlar hajmini kamaytirish va qiyosiy tahlilni amalga oshirishda zarur axborotlarni topish tezligini oshirish uchun xizmat qiladi. 4. Axborotlarni tabaqalash. Axborotlami samarali texnika va texnologiyalarni ishlab chiqish nuqtai nazaridan tabaqalash, ulaming tahlilini tadqiqotning har bosqichida eng qimmatli Ma’lumotlardan boshlash imkonini beradi. 5. Tasniflangan axborotlarni tizimlash. Tarqoq holdagi, aralash dalillarni tahlil qilishdan ko'ra, muammoning umumlashgan ko’rinishi bilan ishlash texnika va texnologiyalarni ishlab chiqish va foydalanish samaradorligini oshirish imkonini beradi. Bilimlar banki Texnik yechimni ishlab Bilimlar banki bo'limlari bo'limlari chiqish bosqichlari Download 172.35 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling