Keys ishlab chiqish va uni amalga oshirish qoidasi
Amaliy vaziyatni tahlil qilishning yo’naltiruvchi chizmasi
3. HAMKORLIKDA O’ZARO O’QISH
3.1. Hamkorlikdagi o’qish: tamoyil va qoidalari
Hamkorlikdagi o’qish: tamoyil va qoidalari
1) guruhga bitta topshiriq;
2) bitta rag’bat: guruh barcha ishtirokchilari hamkorlikdagi ish bahosi (umumiy natijaga erishish uchun barcha guruh a’zolari sarflaydigan kuchi baholanadi) va akademik natijalari yig’indisidan tashkil topgan bitta baho oladi, ya’ni guruh (komanda) muvaffaqiyati har bir ishtirokchining hissasiga bog’liq;
3) har birining o’z muvaffaqiyati va guruhning boshqa a’zolari muvaffaqiyati uchun shaxsiy mas’uliyatligi;
4) hamkorlikdagi faoliyat: guruhiy muzokara, hamkorlik, o’zaro yordam berish kabi o’zaro harakat usullari asosida tashkil topadi;
5) muvaffaqiyatga erishishda teng imkoniyatlar: har bir o’qiyotgan o’z shahsiy yutug’ini takomillashtirishga, shaxsiy imkoniyatlari, qobiliyatlaridan kelib chiqqan holda o’qishga berilgan bo’lishi zarur, chunki u boshqalar bilan teng baholanadi.
Hamkorlikda o’qiyotganlar uchun asosiy qoidalar:
topshiriqni birgalikda oddiy bajarish emas, balki birgalikda o’qish;
musobaqalashish emas, balki hamkorlashish;
birgalikda ishlashga o’rganish, o’qish va ijod;
har doim bir-biriga yordam qilishga, muvaffaqiyat quvonchi yoki muvaffaqiyatsizlik achchig’ini birga tortishga tayyor bo’lish
“Ilon izi” “Arra” texnikasi
“ Ilon izi” (“Arra”) texnikasining texnologik xaritasi
Ish bosqichlari
| F a o l i ya t |
ta’lim beruvchi
|
ta’lim oluvchi
|
1
|
Lavhalarning murakkab-ligi va hajmi bo’yicha teng bo’lingan o’quv materiali stida ishlash uchun 4-6 kishidan iborat bo’lgan guruhlarni shakllantiradi.
|
|
2
|
Oldinda turgan ish xususiyatini tushunturadi, ekspert varaqlarini tarqatadi - har bir guruh a’zosi umumiy ishning alohida qismini oladi va o’zining o’quv materiali sohasining eksperti bo’ladi.
|
Har bir guruh a’zosi ekspert varag’iga mos ravishda o’quv materialidan kerakli ma’lumotni topadi.
Mutaxissislar uchrashuvi-har xil guruhlarda faqat bir materialni o’rganayotganlar bilan uchrashadilar va ekspertlar sifatida axborotlar bilan almashiladilar, o’zlarining savollarini ishlaydilar, dastlabki o’zlarining guruh a’zolariga ushbu axborotni samaraliroq bayon etishni birgalikda rejalashtiradilar.
Mutaxissislar o’zlarining dastlabki guruhlariga qaytadilar, har biri o’zining topshirig’ining qismi to’g’risida ma’ruza qiladi (xuddi arraning bir tishiday).
Umumiy mavzu bo’yicha bir-birlariga savollar beradilar va bilimlarni baholaydilar yoki ta’lim beruvchi tomonidan barcha mavzular bo’yicha testlarni bajaradilar
|
3
|
Ish yakunidan so’ng guruh-lardagi hohlagan ta’lim oluvchiga mavzu bo’yicha hohlagan savolga javob berishishi taklif etadi.
|
Savollarga javob beradilar
|
XULOSA
Talabalar tomonidan turli fanlardan bilim olish ham ularning axborotga bo‘lgan talabini qondirishning bir shakli hisoblanadi. Axborotlarning kun sayin ortib borishi, ularni jamiyatimiz taraqqiyotida qo‘llanish sohasining kenggayishi turli fanlarni paydo bo‘lishiga olib keldi. Jumladan, kibernetika, informatika va axborot texnologiyalari fanlarini shular qatoriga kiritsa bo‘ladi. Bugungi kunda o‘quv jarayoniga kompyuter va axborot texnologiyalarini joriy etish va zamonaviy dasturiy ta’minotlar yaratish masalasi dolzarb masalalardan biri hisoblanadi. Umumta’lim maktablari,kollejlarda,oliy ta’lim dargohlarida informatika darslarini yangi pedagogik texnologiyalar asosida o‘tishda elektron o‘quv qo‘llanmadan foydalanib, multimedia asosida dars o‘tish noan’anaviy dars turlaridan biri hisoblanadi.
Informatika darslarida axborot texnologiyalaridan foydalanish talabalarda fazoviy tasavvurni rivojlantirish, mantiqiy fikrlash, geometrik o‘lchash va yasashning amaliy usullarini o‘rganish imkoniyatlarini beradi. Asosiysi, axborot texnologiyalari - chizma, diagramma, jadval ko‘rinishidagi ma’lumotlarni o‘qish qobiliyatini rivojlantiradi, mustaqil o‘qish va o‘rganishga imkoniyat yaratadi.
Yuqoridagi fikrlar asosida kollej informatika darsligi asosida ushbu elektron o‘quv qo‘llanmani yaratdik. Uni qo‘llab ko‘rib, tajriba-sinov ishlarini olib bordik. Ushbu informatikadan elektron o‘quv qo‘llanmaning imkoniyatlari, xususiyatlari kollej darslarida sinab ko‘rilgach quyidagi xulosalarga kelindi:
elektron o‘quv qo‘llanma imkoniyatlaridan foydalanib, talabalarga mavzu to‘liq tushuntirish imkoniyati oshadi;
ularning bilim, ko‘nikma va malakalari oshadi;
harakatli tasvirlar va animatsiyalar talabalarning tasavvurlarini kengaytirish uchun muhim rol o‘ynadi;
amaliy ishlarga, ya’ni misol va masalalar yechishga, hayotiy misollar keltirishga, talabalar o‘rtasida savol-javob o‘tkazishga ko‘proq vaqt ajratiladi;
talabalarning ijodiy fikrlash qobiliyati shakllanadi;
talabalar darsdan ijobiy saboq oladilar, dars nisbatan qiziqish oshadi;
talabalarda fazoviy tasavvurni rivojlantirish, mantiqiy fikrlash, geometrik o‘lchash va yasashning amaliy usullarini o‘rganish imkoniyatlarini beradi.
Demak, informatika kursi bo‘yicha yaratilgan elektron o‘quv qo‘llanma o‘zidagi matn, grafika, animatsiya, o‘quv materialini o‘z ichiga olgan bo‘limlar, bilimlarni nazorat qilish tizimi bilan boshqa darsliklardan farq qiladi. Shu jihatdan informatika kursi mavzularini o‘qitishda axborot texnologiyalaridan, zamonaviy usul va uslublardan foydalanish talabalarning fanlarni o‘zlashtirishlari va ko‘proq bilim olishlari uchun katta ahamiyat kasb etadi.
Ta’lim sohasidagi islohotlar zaminidagi g’oyani amalga oshirish bir qator muhim omillarga bog’liq. Ular orasida shunday murakkab muammolar borkim, bu muammolarni muvaffaqiyatli xal etmay turib tub o’zgarishlar samarasi haqida gap bo’lishi xam mumkin emas. Mana shunday muammolar qatorida «Informatika» yo’nalishini tashkil etuvchi «Informatika va AT asoslari», «Informatika», «Informatika va axborot texnologiyalari» kabi predmetlarni o’qitish muammosi ham kiradi.
Xulosa o’rnida shuni aytish mumkinki, biz ushbu mustaqil ishlarni bajarish barobarida informatikaning bir qancha ya’ni MS Wordda ishlash Ms Excelda ishlash va dasturlash tillarininm o`rganish muammolarini o`rganib chiqdik. Yuqorida o`rganganimiz Ms Wordda olib boriladigan ishlar ya’ni Ms Word matn muharriri nimaligini, unda qanday ishlar qilinnishini va uning funksiyalari haqida turlicha ma’lumotlarga ega bo`ldik. Ularni o`rganib ham chiqdik. Ms Excel dasturida esa elektrpon jadvallar bilan ishlash, unda tuli xil diagrammalar tuzish va bir qancha iqtisodiy masalalarni yechishda excel elektron dasturi yordamiga tayanish va undan tashqari excel dasturi bilan Ms Word dasturini ham birga bog`lash, ularni bir-biriga bog`lagan holda bir qancha funksiyalarni amalga oshirish kabi ishlarni o`rganib chiqdik. Bu dasturlardagi bir qancha muammolarni yechib chiqishga harakat qildik. Dasturlashn tillarini o`rganish jarayonida bu tilning ahamiyati haqida ma’limotlarga ega bo`ldik. Bu tilda dasturlar tuzish, qiziqarli funksiyalarni yechishni o`rganish va bu funksiyalarni fanga tadbiq qilishni o`rganib chiqdik. Olingan nazariy bilimlarni chuqurlashtirish va mustahkamlash maqsadida amaliy mashg'ulotlar va laboratoriya ishlarida kompyuter imkoniyatlaridan foydalanish maqsadga muvofiq.
Ushbu bitiruv malakaviy ishi Informatika fanidan mustaqil ta’lim mashg`ulotlarni tashkil qilish metodikasiga bag`ishlangan bo`lib unda bitiruvchi bunday mashg`ulotlarni qanday o`tkazish haqida qayd etib o`tgan va kerakli tavsiyalar bergan.
O’zbekiston Resbublikasi mustaqillikga erishgach, axborot kommunikasiya texnologiyalarini rivojlantirish va bu sohada faoliyat yurituvchi mutaxasisliklarni tayyorlash muasasalariga alohida etibor qaratildi.
Respublikamiz Prezidenti I.A.Karimovning 2002-yil 30-maydagi “Kompyuterlashtirishni yanada rivojlantirish va axborot–kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish chora tadbirlari to’g’risida” gi farmonlari e’lon qilindi. Ularda belgilangan vazifalarni hayotga joriy etish yuzasidan hukumat qarorlari qabul qilindi. Mazkur qarorlar sohani jadallik bilan rivojlantirishning maqsad va vazifalarini aniq belgilab berdi. O’zbekistonda axborot–kommunikasiya texnologiyalari (AKT) sohasini jadallik bilan rivojlantirishga umummilliy davlat dasturlari sifatida yondashilmoqda.
Germaniya texnikaviy hamkorlik tashkiloti hamda Germaniya taraqqiyoti banki bilan O’zbekistonda axborot-kommunikasiya texnologiyalari sohasida o’rta –maxsus kasb-hunar ta’limini rivojlantirishga ko’maklashish borasida amalga oshirilayotgan loyiha katta ishlarni amalga oshirmoqda.
Kasb-hunar kollejlarida saboq olayotgan bo’lajak xodimlarning axborot texnologiyalari bo’yicha tayyorgarligini oshirish dolzarb pedagogik vazifa hisob-lanadi. Bo’lajak xodimlarning zamonaviy axborot texnologiyalari bo’yicha tayyorgarligini oshirishning pedagogik omillari quyidagilardan iborat:
bo’lajak xodimlarning zamonaviy axborot texnologiyalari bo’yicha tayyorgarligini oshirish tizimi modelini ishlab chiqish va uni amaliyotga joriy etish;
intellektual – axborotlashtirilgan ta’lim muhitini yaratish;
bo’lajak mutaxassislarning axborot texnologiyalari bo’yicha tayyorgarligini oshirish jarayonining o’quv- uslubiy ta’limotini yaratish;
o’qituvchilarning axborot madaniyatini yuksaltirish, xususan, ularda axborot texnologiyalaridan foydalanish ko’nikmalarini rivojlantirish.
Kasb hunar kollejlarida ta’lim olayotgan bo’lajak xodimlarning axborot texnologiyalari bo’yicha tayyorgarligini oshirish tizimi modelini ishlab chiqish va uni amaliyotga joriy etish muhim muammo bo’lib, o’z ichiga quyidagilarni qamrab oladi: ta’lim maqsadi va vazifalari, pedagogik amaliyotning asosiy yo’nalishlari, tashkiliy shakllari, uslublar, o’qitish vositalari va natija.
Zamonaviy didaktikada ta’lim berish bir-biri bilan o’zaro bog’liq bo’lgan o’qitish va o’qish jarayonlaridan iborat ekani takidlanadi. Ammo bu ta’rifda o’qitish jarayonida yuzaga keladigan ayrim holatlar e’tiborga olinmagan. Shu bois tadqiqotchilar pedagogikaga “ta’lim muhiti” tushunchasini kiritishdi. Bugungi kunda ilmiy–uslubiy jurnallarda “axborot muhiti” atamasini ko’p uchratamiz. “Axborot muhiti“ ga berilgan barcha ta’riflarni o’rganib va tahlil etib, biz uni quyidagicha ifodaladik. Axborot muhiti foydalanuvchilar tomonidan turli maqsadlarda qo’llaniladigan dasturli–apparatli vositalar, axborotli aloqa tarmoq-lari, ta’lim muassasasining tashkiliy-uslubiy elementlari va predmet sohalari haqidagi amaliy axborotlar majmuasini ifodalaydi.
Tadqiqotlar shuni ko’rsatadiki, kasbiy ta’lim yo’nalishlarida intellektual-axborotlashtirilgan ta’lim muhitini yaratish pedagog va talabaning axborot bilan ishlash faoliyati samaradorligini ta’minlashga hamda kompyuter vositasida o’qitishda zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalanishga imkon yaratadi.
Ta’lim muassasalarida o’quv ishlarini tashkil etishda axborot va telekommunikatsiya vositalaridan foydalanib, o’qituvchi va ta’lim oluvchining tez-kor muloqotini tashkil etish muhimdir.
Kasbiy ta’limning aniq yo’nalishlari bo’yich ma’lumotlar bazasini va avtomatlashtirilgan o’rgatuvchi tizimni yaratish, kasbiy ta’lim amaliyotiga ma’lumotlar bazasini qo’llash kasbiy talimni kompyuterlashning ikkinchi yo’nalishi hisoblanadi.
Bo’lajak kadrlarning axborot texnologiyalari bo’yicha tayyorgarligini oshirish tizimi modelini yaratish va uning samaradorligini oshirish uchun kasbiy ta’lim jarayonida axborot texnologiyalaridan foydalanishning pedagogik shart-sharoitlarini aniqlash muhimdir.
“Kasb–hunar kollejlarida kasbiy fanlarni o’qitishda axborot texnologiyalardan foydalanishning pedagogik asoslari” mavzusidagi ilmiy-tadqiqot magistrlik ishida yuqorida ta’kidlab o’tilgan fikrlarning amaliyotga tatbiqi o’z yechimini topgan.
Ilmiy tadqiqot magistrlik ishida ilg’or pedagogik texnologiyalar asosida dars o’tish uslublari, kasbiy fanlarni o’qitishda axborot texnologiyalaridan oqilona foydalanish uslublari va amaliyotga tatbiqi, elektron darsliklarning yaratilishi va ularning qo’llanilishi, axborot-kommunikasion texnologiyalari asosida mutaxa-sislar tayyorlash zarurati va shart-sharoitlari, aniq fanlarni o’qitishda axborot tex-nologiyalaridan foydalanish uslublari, talabalarda mustaqil ta’lim olish ko’nikma va malakalarini shakllantirish, programmalashtirilgan ta’limni yo’lga qo’yish istiqbollari va mohiyati, axborotlashtirilgan ta’lim muhitini shakllantirish, yangi pedagogik texnologiyalarni kasbiy va umumta’lim fanlarida mavzular bo’yicha qo’llanilishi o’z aksini topgan.
Adabiyotlar ro’yxati
1. Бекмуродов А.Ш. , Голиш Л.В., Пулатов М.Э., Хажиева К.Н. Проектная технология обучения в вузе: Методическое пособие. - Т.: ТГЭУ, 2009.
2. Голиш Л.В. Технологии обучения на лекциях и семинарах: Учебное пособие. //Под общ. ред. акад. С.С.Гулямова. - Т.: ТГЭУ, 2005.
3. Дженни Стил, Керт Мередис, Чарльз Темпл. Обучение сообща: чтение и письмо для развития критического мышления. Учебная программа.- Бишкек: Фонд Сороса, 1999.
4. Йўлдошев Ж., Усмонов С. Педагогик технология асослари. -Т.: Ўқитувчи, 2004.
5. Методы эффективного обучения взрослых //Учебно-методическое пособие. -М.: ИПК госслужащих, 1998.
6. Новые педагогические информационные технологии в системе образования: Учебное пособие. – М.: Академия, 2000.
7. Подласый М.Л. Педагогика. Новый курс. Учебник для студентов пед. вузов: В 2 кн. к.1: Общие основы процесса обучения.- М.: ВЛАДОС, 1999.
8.Saidaxmedov N.S. Pedagogik amaliyotda yangi pedagogik texnologiyalarni qo’llash namunalari. - T.: RTM, 2000.
9. Фарберман Б.Л., Мусина Р.Г. и др. Инструменты развития критического мышления. - Т.: Минвуз, 2002.
10. Харламов И.Д. Педагогика: Учебное пособие. 2-е изд.- М.: Высшая школа, 1990.
11. Xodiyev B.YU., Golish L.V., Rixsimboyev O.K. Keys-stadi – iqtisodiy oliy o’quv yurtidagi zamonaviy ta’lim texnologiyalari: Ilmiy-uslubiy qo’llanma. – T.: TDIU, 2009.
12.Xojiyeva K.N., Iqtisodiy oliy o’quv yurtidagi ta’limning loyihali texnologiyasi.: Ilmiy-uslubiy qo’llanma. – T.: TDIU, 2009.
13. Шадмонов Ш.Ш., Баубекова Г.Д. Педагогическое мастерство и инновации в преподавании экономической теории: Методическое пособие. - Т.: Центр “Янги аср авлоди”, 2004.
14. Шадмонов Ш.Ш., Баубекова Г.Д., Халикова Г.М. Инновационные методы обучения в экономическом образовании. - Т.: ФАН, 2002.
34.Yo’ldoshova Sh “Ishlab chiqarish jihozlari va texnologiyalari” kasb-hunar kollejlari uchun qo’llanma .”Daqvr press” –T,2007 y
35.Narimov Sh,Najmuddinova M “Kompyuter bilan muloqotni o’rganamiz” akademik litsey va kasb-hunar kollejlari va bisnes maktablari uchun metodik qo’llanma . "Moliya "-T,2002y
36.“Elekrton darslik nima va elektron darslik nima?” “Fizika,matematika va informatika” N5/2005,21-24 betlar.
37.Zokirova S.A,Payozov M.M. “Kompyuter multimediyasi” kasb-hunar kollej-lari uchun o’quv qo’llanma Davlat ilmiy nashriyoti.T-2007 y
38.Abduqodirov A.A,Hayitov A.G,Shodiyev R.R “Axborot texnologiyalari” aka-demik litstey va kasb –hunar kollejlari uchun darslik.”O’qituvchi”-T,2002y.
39.Nosirov M,Bozorov O,Aliyeva J “Fizika masalalarini kompyuterda yechishda taqribiy usullardan foydalanish” “Fizika,matematika va informatika 2/2008 Andijon davlat Universiteti,T-2008 y
40. www.edu.uz - O’liy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi portali.
41. www.macromedia.com – Macromedia firmasi maxsus sayti.
42.U.M.Yarlaqabov,”Talabada mustaqul ta’lim olish ko’nikma va lamakalarini shakllanishi”Kasb-Hunar ta’limi 2007 N4
|