Milliy hunarmandchilik va kulolchilik fakulteti


Download 66.88 Kb.
bet4/9
Sana14.12.2020
Hajmi66.88 Kb.
#166936
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Eshdavlatov Elbekr





Мунозара иштирокчиси учун эслатма:


  • Мунозара муносабатларни аниқлаш эмас, муаммонинг ечиш усули бўлади.



  • Бошқаларга ҳам гапириш имконини бериш учун жуда узоқ гапирманг.



  • Сенинг ақлли фикрларинг мақсадга эришиш учун, сўзларни ўлчаб кўр, уларни



ўйлаб гапир, ҳис-ҳаяжонларни назорат қил.



  • Эътирозчи йўлини тушунишга ҳаракат қил, унга ҳурмат билан ёндаш.



  • Фақат мунозара бўйича гапир, ўзингни ўқимишлилигинг ва умумий



билимидонлигинг билан ғурурланма.



  • Эътирозчи айтган фикрларни бузмасдан ва ажабланмасдан рад эт.



Кимнингдир кўнглини олиш ёки ўзининг чиқиши билан ўтказиб қўймоқ васвасаси билан кураш.


Seminar - munozaraning vazifali vositasi

Olib boruvchi - ta’lim beruvchining barcha majburiyatlarini oladi, muhokama borishiga rahbarlik qiladi, isbotlarni sharhlashi yoki tushuncha va atamlarni aniq ishlatishni, muomalani to’g’rilashni qaytaradi.

E’tirozchi/ Taqrizchi tadqiqotchilar muhitida qabul qilingan olqishlash muolajasini keltirib chiqaradi.

Mantiqchi - ma’ruzachi yoki e’tirozchi fikrlashidagi qarama-qarshilik va mantiqiy xatolarni ajratadi, tushunchalardagi ma’nolarni aniqlaydi, isbot yoki qaytarish yo’lini, farazni harakatlanish ravonligini tahlil qiladi.

Ruhshunos - natijaviy muomalani tashkillashtirishga va o’zaro harakatga javob beradi, hamkorlikdagi harakatlarning kelishganligiga harakat qiladi, munozarani ziddiyatlarga aylanishiga yo’l qo’ymaydi.

Ekspert - barcha munozaraning natijaviyligini, ilgari surgan faraz va takliflarning to’g’riligini, qilingan xulosalarni baholaydi, munozaraga hissa qo’shgan aniq ishtirokchilar to’g’risida fikrlarni gapiradi




A Q L I Y H U J U M USULI

Aqliy hujum (breynstroming-aqllar to’zoni) - amaliy yoki ilmiy muammolar yechish g’oyasini jamoaviy yuzaga keltirish.



Ishtirokchilar aqliy hujum vaqtida murakkab muammoni hal etishga harakat qiladilar: ularni tanqid qilishga yo’l qo’ymay uni hal etishning ko’proq shaxsiy g’oyalarini yuzaga keltiradilar, so’ngra ko’proq oqilona/samarali/maqbul va boshqa g’oyalarni ajratadilar, ularni muhokama qiladilar va rivojlantiradilar, ularni isbotlash yoki qaytarish imkoniyatlarini baholaydilar.



Bu usul hamma vazifalarni bajaradi, lekin uning asosiy vazifasi - ta’lim oluvchilarni o’quv-bilish faoliyatini faollashtirish, ularni muammoni mustaqil tushunish va yechishga qiziqtirish va ularda muomala madaniyati, fikr almashinish malakalarini rivojlantirishi, tashqi ta’sir ostida fikrlashdan ozod bo’lish va ijodiy topshiriqni yechishda birlamchi yo’l fikrlarini yengib o’tishni tarbiyalaydi.

An’anaviy ta’limda vazifani yechish vaqtida ko’pgina ta’lim oluvchilar o’z g’oyalarini aytishga botina olmaydilar. O’z takliflarining xatoligi va ta’lim beruvchining salbiy munosabatidan, boshqa ishtirokchilarning yo’q qilib yuboruvchi tanqidi va kulgisidan asosli qo’rqadilar.


Aqliy hujum qoidasi:



Hech qanday birga baholash va tanqidga yo’l qo’yilmaydi!

Taklif etilayotgan g’oyani baholashga shoshma, agarda u hattoki ajoyib va g’aroyib bo’lsa ham hamma narsa mumkin.



Tanqid qilma, hamma aytilgan g’oyalar qimmatli teng kuchlidir.

O’rtaga chiquvchini bo’lma!

Turtki berishdan o’zingni ushla!

Maqsad miqdor hisoblanadi!

Qancha ko’p g’oyalar aytilsa, undan ham yaxshi: yangi va qimmatli g’oyalarni paydo bo’lishi uchun ko’p imkoniyatdir.



Agarda g’oyalar qaytarilsa, xafa bo’lma va hijolat chekma.

Tasavvuringni “jo’sh urishiga” ruxsat ber!


I N S E R T

Insert – samarali o’qish va fikrlash uchun matnda belgilashning interfaol tizimi.

Insert – avvalgi bilimlarni faollashtirish va matnda belgilash uchun savollarning qo’yilish muolajasi. SHundan so’ng matnda uchraydigan, har turdagi axborotlarning belgilanishi.

Insert - matn bilan ishlash jarayonida ta’lim oluvchiga o’zining mustaqil bilim olishini faol kuzatish imkonini ta’minlovchi kuchli asbob.

Insert - o’zlashtirishning majmuali vazifalarini yechish va o’quv materialini mustahkamlash, kitob bilan ishlashning o’quv malakalarini rivojlantirish uchun foydalaniladigan o’qitish usulidir.

Matnda belgilash tizimi



() - men bilaman deganni tasdiqlovchi belgi;

() - yangi axborot belgisi;

() - mening bilganlarimga, zid belgisi;

() - meni o’ylantirib qo’ydi. Bu bo’yicha menga qo’shimcha axborot kerak belgisi.


Insert usuli qo’llanilgan o’quv mashg’ulotining texnologik xaritasi

Ishlar bosqichi va mazmuni


F a o l i ya t m a z m u n i



ta’lim beruvchi



ta’lim oluvchilar


1-bosqich. Tayyorgarlik


O’quv mashg’ulot maqsadini aniqlaydi, uning natijalari, ta’lim oluvchilar faoliyatini baholash mezonlarini shakllantiradi, kerakli o’quv materiallarini tayyorlaydi





2-bosqich.


Kirish

O’quv mashg’ulotining maqsadi, vazifalari uning natijalari, ta’lim oluvchilar faoliyatini baholash mezonlari bilan tanishtiradi.


YOzib oladilar



3-bosqich

Asosiy qism

Mavzu bo’yicha mavjud axborotlarni faollashtiradi: “aqliy hujum” usuli yordamida quyidagi savolga javob berishlarini taklif etadi: “Siz... shu to’g’risida nimalarini bilasiz?”

YOzuv taxtasida alohida so’z yoki so’z bog’lovchilari ko’rinishida yozishni tashkillashtiradi. Olingan axborotlarni toifalar bo’yicha tizimlashtirishni taklif etadi. Buning uchun:

  • toifali jadval tuzilmasini jamoaviy muhokamasini tashkillashtiradi;


  • yozuv taxtasida jadval chizishni va unga (jamoaviy/alohida) olingan axborotlarni kiritishni taklif etadi.


Hosil qilingan bilimlarni umumlashtiradi: quyidagi savolga javob berishlarini taklif qiladi: “Siz qanday yangiliklarni bilishni xohlar edingiz?”, “Sizga...shu to’g’risidagi bilimlar nima uchun kerak?”

Matnni tarqatadi, uni o’qib chiqishni va insert usulidan foydalanib matn chetida belgilar qo’yishni taklif etadi.

Ishning borishini kuzatadi. Ishning o’zaro tekshiruvini o’tkazish va o’qish paytida paydo bo’lgan savollarga javob berishni taklif etadi.

Ixtiyoriy belgi bo’yicha guruhlarga bo’ladi va guruhli Insert jadvallarini tuzishni va ularga olingan axborotlarni kiritishni taklif etadi.

Natijalar taqdimoti boshlanishini e’lon qiladi


Savollarga javob beradilar

Jadvalning tuzilmaviy tarkibiy qismlarini yechishda ishtirok etadilar.

Unga axborotlar “kiritadilar”.

Savollarga javob beradilar

Juftlikda ishlaydilar; o’rganilgan material bo’yicha fikr almashadilar.

Muhokama vaqtida tanlab olingan axborotlarga asoslanib, guruhli jadvallar tuzadilar .

Guruh sardorlari natijalar taqdimotini o’tkazadilar. Bunda ular e’tiborni asosiy axborotga qaratadilar, o’qish davomida paydo bo’lgan savollarni aytadilar


4-bosqich.

YAkun yasash

Olingan axborotni umumlashtiradi va sharhlaydi. Paydo bo’lgan savollarga javob beradi, muhim qo’shimcha axborotni beradi. Maqsadga erishish muvaffaqiyatini tahlil qiladi va baholaydi. Keyingi ish istiqbollarini aniqlaydi





Download 66.88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling