Milliy hunarmandchilik va kulolchilik fakulteti


Download 66.88 Kb.
bet6/9
Sana14.12.2020
Hajmi66.88 Kb.
#166936
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Eshdavlatov Elbekr






TA’LIMIY O’YIN


Ishbilarmon va rol (holat)li o’yinlar muammoli topshiriqning bir turi. Faqat bunday holatda matnli material o’rniga, ta’lim oluvchilar tomonidan o’ynaladigan sahnalashtirilgan hayotiy holatlar ishlatiladi


O’qitish usuli sifatida u quyidagi vazifalarni bajaradi:




  • o’rgatuvchi: umumo’quv malakalarni shakllantirish; ijodiy qobiliyatni rivojlantirish, shu jumladan, tushunish, yangi holatlarni shakllantirish va tahlil qilish;


  • rivojlantiruvchi: mantiqiy fikrlash, nutq, atrof-muhit sharoitiga o’rganish qobiliyatini rivojlantirish;


  • motivatsiyali: ta’lim oluvchilarni o’quv faoliyatiga undamoq, mustaqil xulosa qabul qilishini rag’batlantirmoq;


  • tarbiyalovchi: mas’uliyatlilikni, fikr almashishlikni shakllantirish.


O’yin usullari va dars shaklidagi mashg’ulot holatlarini amalga oshirish quyidagi asosiy yo’nalishlarda sodir bo’ladi:



  • didaktik maqsad ta’lim oluvchilar oldiga vazifa ko’rinishida qo’yiladi;



  • o’quv faoliyat o’yin qoidalariga bo’ysunadi;



  • o’quv material o’yinning vositasi sifatida ishlatiladi;



  • o’quv faoliyatiga didaktik vazifani o’yinga aylantiradigan musobaqa bo’lagi kiritiladi;



  • didaktik vazifani muvaffaqiyatli bajarish o’yin natijalari bilan bog’lanadi.



Ishbilarmon o’yinni rolli o’yindan farqi nimada?

Ishbilarmon o’yin ishtirokchilariga hayotiy holatda qurilgan o’yinli syujet taklif qilinadi, bunda ishtirokchilar oldiga yagona umumiy maqsad: taklif etilayotgan muammoni yechish qo’yiladi.

SHu bilan bir vaqtda har bir ishtirokchi alohida rolli maqsadni bajarishi lozim. SHuning uchun yechimni ishlab chiqish jarayonni alohidali-guruhli xususiyatga ega: har bir ishtirokchi avval o’zining vazifali maqsadiga muvofiq qaror qabul qiladi, undan so’ng esa uni guruh bilan kelishadi. Alohida vazifali maqsad bajarilishi butun guruh qaror qabul qilish natijalariga bog’liq. Odatda, ishbilarmon o’yin davomidagi muaommoni yechish bir nechta bosqichda (2 dan 10 gacha va bir o’yin ko’p).

Ishtirokchilar harakatini baholash yakuniy va oraliq natijalar bo’yicha amalga oshiriladi: oraliq baholash belgilangan maqsadni amalga oshirishda ularning anglab yetishini oshirish maqsadida bizga o’yin davomida ishtirokchilar harakatiga ta’sir ko’rsatish imkonini beradi, yakuniy natijani baholashda ishtirokchilarning tashkiliy faoliyatlari va ular tomonidan vazifali rolli maqsadni bajarish hisobga olinadi.

Rolli o’yin, ishbilarmonlik kabi vaziyatda ko’rsatilgan, muammoni yechishda ishtirokchilarning faol birgalikdagi harakatlariga asoslanadi. Mavzu qatnashchilarining bitta majburiy maqsadlari bor - muammoni yechish. Lekin alohidali maqsadlar, ishbilarmon o’yindagi kabi kelishib olinmaydi. Rolli o’yinning har bir ishtirokchilar maqsadlari - g’alaba qozonish, o’zini ko’rsatish. Vaziyatli o’yin yakunlarini nafaqat umumiy maqsadga erishish natijalari bo’yicha emas va balki har bir ishtirokchining rolli maqsadlarini amalga oshirish bo’yicha baholanadi.

Siz tomondan ishlab chiqilgan o’yin haqiqiy hayotga mumkin qadar yaqin bo’lishi, lekin ishtirokchilar uchun juda murakkab va qiyin bo’lmasligi kerak.



Ishbilarmon o’yin usuli qo’llanilgan o’quv mashg’ulotining texnologik xaritasi


Ishlar bosqichi va mazmuni

F a o l i ya t



ta’lim beruvchi



ta’lim oluvchi


1-bosqich.

Tayyorgarlik



Mavzu tanlaydi, maqsad, vazifalar va natijalarni shakllantiradi; o’rganilayotgan muammoni bayon qiladi, qo’yilgan vazifani asoslaydi; o’yinning texnologik xaritasini ishlab chiqadi; o’yin tartibini, vaziyat mazmuni va qatnashuvchilar xususiyatlarini aniqlaydi






2-bosqich.

Kirish



Ishtirokchilar uchun yo’riqnomalar va o’yinning aniqlovchilarini tayyorlaydi; natijalarni baholash mezonlarini aniqlaydi. Ishtirokchi va ekspertlarni yo’llaydi. Ish tartibini aniqlaydi, mashg’ulotning bosh maqsadini shakllantiradi, muammoni qo’yish va vaziyatni tanlashni asoslaydi. Ishtirokchilarga materiallar solingan paketlarni: yo’riqnomalar, o’ynash lozim bo’lgan qahramonlarning xususiyatlari, shuningdek vaziyatli ko’rsatmalarni tarqatadi



Materiallarni birga-likda muhokama qiladilar, rollarni taqsimlaydilar.


3-bosqich.

Rollarni bajarishga tayyorgarlik



Kuzatadi, alohida maslahatlar beradi




Oldindan belgilangan vaqtda qo’yilgan vazifani anglab yetadilar va rolga kiradilar: har bir ishtirokchi, ssenariyda bayon qilingan o’zining rolli maqsadini amalga oshirishni rejalashtiradi. Kerak bo’lganda qo’shimcha axborotlar yig’adi, maslahat uchun olib boruvchi va ekspertlardan maslahat oladi


4-bosqich.

Asosiy qism


O’yin yo’nalishini o’zgartirish bevosita aralashish huquqisiz kuzatadi. O’yining oraliq natijalarini baholashni amalga oshiradi (ta’minlaydi), shu bilan birga ularning anglab yetishishlarini oshirish maqsadida ishtirokchilar harakatiga o’rtacha ta’sir ko’rsatadi




O’yin shartlarida yozilgan talab bo’yicha, rollarni o’ynaydilar, bir-birlari bilan faol hamkorlik qiladilar. SHu bilan birga bunda oshkora bo’lmagan o’yindan chiqishni, ta’qiqlovchi, o’yinga sust munosabatda bo’lish boshqalarning faolligini bostirish o’zini tutish etikasi va reglamentini buzmaslik qoidalariga amal qiladilar


5-bosqich.

Tahlil, muhokama, natijalar bo’yicha o’z-o’zini baholash



O’yin yakuni muhokamasiga yo’naltiradi. Tahlil avval e’lon qilingan ko’rsatkich va baholash mezonlari bilan chegaralanadi. Bunda ishtirokchilar tomonidan berilgan mavzuni qabul qilish, rolli maqsadlarga erishish darajasidan tashqari, ishtirokchilarning qo’l harakatlari, mimika, ularni o’qitish vositalari bilan ishlay olishlarini tanqidiy kuzatish bo’lishi mumkin



Ekspertlar chiqishini eshitadilar, fikrlar bilan almashinadilar, rolli maqsadlarga erishish bo’yicha o’z xulosalarini himoya qiladilar. O’z harakatlari va xulosa-larini o’yin qahramonlari harakatlari bilan taqqos-laydilar


6-bosqich.

YAkun yasash,

va baholash




Erishilgan natijalarni sharhlaydi, xatolarni ko’rsatadi, mashg’ulotning so’nggi yakunini chiqaradi, o’yinning o’quv fani mazmuni bilan bog’liqligini aniqlaydi



Tinglaydilar


Download 66.88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling