Milliy innovatsion tizimlarning taqqoslama tahlili va tasniflanishi Reja: Kirish
Milliy innovatsion tizimning jahon davlatlari va Oʻzbekistondagi taqqoslama tahlili
Download 115.5 Kb.
|
Milliy innovatsion tizimlarning taqqoslama tahlili va tasniflanishi
3.Milliy innovatsion tizimning jahon davlatlari va Oʻzbekistondagi taqqoslama tahlili.
Hozirgi kunda ko’plab korxonalar ―Web of Science bazasiga ulandi. Bular jumlasiga ilmiy muassasalar, oliy o’quv yurtlari, markaziy kutubxonalar (O’zbekiston Milliy kutubxonasi, Fanlar akademiyasi, Qishloq xo’jaligi, Ilmiy ishlab chiqarish markazi kutubxonasi va boshqalar), tajriba konstruktorlik byurolari, ilmiy ishlab chiqarish hamda fanlar akademiyasi boshqaruv hay‘ati, Oliy va o’rta maxsus ta‘lim vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, Oliy attestatsiya komissiyasi, qishloq xo’jaligi ilmiy ishlab chiqarish markazi, elektron ta‘lim markazlari ―Web of Science bazasiga login parolsiz to’g’ridan-to’g’ri ulandi. Bugungi kunda jamiyat shu darajada taraqqiy etib ketdiki, unda o’z o’rniga ega bo’lishni istagan har qanday mamlakat yoki kompaniya raqobatga kirishmog’i shart bo’lib qoldi. Rivojlangan mamlakatlarda yohud dunyo sahnida aynan mana shunday raqobatbardosh kompaniyalargina o’z hayotlari davomiyligini saqlab qolishi mumkin. Zamonaviy innovatsion muhit holati ayrim ob‘ektiv sabablarga ko’ra qisqa muddat ichida mahalliy biznesning innovatsion darajasi yuqori bo’lishiga imkon bera olmaydi va shu sababdan uning rivojlanishi davlatning ko’plab yo’nalishlari bo’yicha kuch sarflashini talab qiladi. Bunda quyidagi muammolarga e‘tibor qaratish zarur: - biznesning ilmiy-texnik axborotlarga ega bo’lishi uchun transaksiya xarajatlari juda katta; - yangi texnologiyalarning qiymat va bozor risklari kichik korxonalar uchun yuqori; - innovatsion loyihalarni ishlab chiqish va amalga oshirish uchun o’z resurslarini taklif etuvchi moliyaviy va investitsion institutlarning keng qamrovli va diversifikatsiyalangan bozori mavjud emas; - xususiy sektordagi ko’plab korxonalarda innovatsion boshqaruv qarorlari tizimi shakllantirilmagan; - fanni ishlab chiqarish bilan bog’lab turishi mumkin bo’lgan innovatsion vositachilar instituti rivojlangan tarmog’i yaratilmagan; - raqobatli muhit mahalliy korxonalarni innovatsiyalarni jalb qilishga etarli darajada rag’batlantirmaydi; - iqtisodiy rivojlanishning hozirgi bosqichida biznes texnologiyalarining asosiy massasida biznesni tashkil qilishning mablag’larni namunaviy tovarlar ishlab chiqarish yoki ular bilan savdo qilishga kiritishni nazarda tutuvchi an‘anaviy yondashuvlar ustunlik qiladi. Jamiyat va tabiat rivojlanishi qonuniyatlarini yaxlit holda, tizimlar rang barangligida anglash oldindan ko’ra bilish uchun zarur asos va zamin hisoblanadi. Istalgan bir fanning asosiy funksiyasi shundan iborat. Biroq bu har qanday yirik xo’jalik, ijtimoiy va ekologik qarorlar qabul qilishda ham amaliy zarurat hisoblanadi. Boshlag’ich holatni baholash va undan foydalanishda ikki narsani inobatga olish zarur. Birinchidan, tabiiy qonunlardan farqli o’laroq ijtimoiy rivojlanish qonuniyatlari jamiyatning o’zidagi tub o’zgarishlar bilan birgalikda o’zgarishi mumkin. Industrial jamiyatdan postindustrial jamiyatga o’tish bulardan keyingisiga xos bo’lgan qonuniyatlar tizimini yangidan o’rganib chiqish zarurligini ko’rsatadi. Ikkinchidan, ijtimoiy qonun va qonuniyatlar tarkibi bir turda emas, ular ierarxik bo’lib, bilishning turli darajalarini aks ettiradi. Statistika qonunlari evolyusion rivojlanish davrida nisbatan muvozanatli holatda ijtimoiy-iqtisodiy tizimlar faoliyat ko’rsatuvchi struktura va shartsharoitlarni aks ettiradi. Siklik dinamika qonuniyatlari tizim dinamikasidagi notekislikni, sikllar bosqichlarining almashish qonuniyatlari va tizimlar rivojlanish sikllarining o’zini, jamiyatning innovatsion yangilanish jarayonini to’lqinsimonligini ochib beradi. Bu davriy o’zgarayotgan voqelikni anglashning ikkinchi bosqichidir. Bilishning oliy bosqichi sotsiogenetika qonuniyatlari bo’lib, unda ijtimoiyiqtisodiy tizimlar dinamikasida nasliylik, o’zgaruvchanlik va tanlov yig’indisi (birikuvi) hisoblanadi. Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan quyidagi ishlar amalga oshirildi: 1. Innovatsion gʻoyalar va texnologiyalarni ishlab chiqish va joriy etish, ularning yanada rivojlanishini taʼminlovchi normativ-huquqiy bazani yaratish doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 3 ta farmoni, 11 ta qarori, Vazirlar Mahkamasining 8 ta qarori va 4 ta idoraviy normativ-huquqiy hujjatlari (jami 26 ta) tasdiqlandi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 22 yanvardagi PF-5308-son Farmoni 3-bandi ijrosi taʼminlash maqsadida Vazirlik tomonidan Oʻzbekiston Respublikasining “Fan toʻgʻrisida”gi hamda “Innovatsion faoliyat toʻgʻrisida”gi Qonunlari loyihalari ishlab chiqildi. Mazkur qonunlar Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga taqdim etildi. Oʻzbekiston Respublikasining “Fan toʻgʻrisida”gi Qonun loyihasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasida birinchi oʻqishdan soʻng qabul qilindi. Ayni paytda ushbu Qonun loyihasini ikkinchi oʻqishga tayyorlash ishlari amalga oshirilmoqda. 2018 yilning mart oyi boshida “Fan toʻgʻrisida”gi Qonun loyihasiga Interaktiv davlat xizmatlari yagona portalidagi “Oʻzbekiston Respublikasining normativ-huquqiy hujjatlarini muhokama qilish” (regulation.gov.uz) veb-sahifasiga joylashtirildi va u fuqarolarning juda keng muhokama mavzusiga aylandi. Ushbu Qonun loyihasi 2210 ta izoh qoldirilgan normativ-huquqiy hujjat loyihasi sifatida yetakchi oʻrinni egalladi. 2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 21 sentyabrdagi PF-5544-son Farmoni bilan 2019 - 2021 yillarda Oʻzbekiston Respublikasini innovatsion rivojlantirish strategiyasi, uni amalga oshirish boʻyicha “Yoʻl xaritasi”, Oʻzbekiston Respublikasini 2030 yilgacha innovatsion rivojlantirishning maqsadli koʻrsatkichlari tasdiqlandi. Strategiyaning bosh maqsadi etib mamlakatning xalqaro maydondagi raqobatbardoshliligi darajasini va innovatsion jihatdan taraqqiy etganini belgilovchi asosiy omil sifatida inson kapitalini rivojlantirish belgilangan. Strategiyada belgilangan asosiy vazifalardan biri sifatida Oʻzbekiston Respublikasining 2030 yilgacha Global innovatsion indeks reytingi boʻyicha jahonning 50 ta ilgʻor mamlakati qatoriga kirishiga erishishdir. Download 115.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling