Iste’molchi hulqi nazariyasining asosiy holati
Iste'molchilarning xatti-harakatlari nazariyasi - bu iste'molchilarning bozordagi xatti-harakatlarini ko'rib chiqadigan, ehtiyojlar va talablarning o'zaro ta'sir mexanizmini ochib beradigan nazariya. Bozor talabini shakllantirish individual iste'molchilarning qarorlariga asoslanadi. Ushbu qarorlar, xarajat yoki imkoniyatni hisobga olgan holda, eng katta foyda olish yoki qaytish yoki foydali ta'sirga erishish istagi bilan belgilanadi.
Birinchi marta ehtiyoj va talab nisbati tahlili marginalizm (frantsuzcha marginal - marginal, qo'shimcha) deb nomlangan nazariy oqim vakillari tomonidan ishlab chiqilgan. Bu ikkinchi jinsdan kelib chiqqan. XIX asr. Marginalizmning analitik apparati bozor mexanizmini o'rganishga, bozor muvozanati sharoitlarini, bozor narxlarining xususiyatlarini aniqlashga yordam berdi.
Jamg’arma va uning hajmiga ta’sir etuvchi omillar
Jamg‘arish iqtisodiyotdagi yalpi sarflarning tarkibiy qismlaridan biri hisoblanib, investitsion tavsifdagi tovarlarga talab darajasini belgilab beradi. Investitsiyalar jamg‘arishning amalda namoyon bo‘lish shakli bo‘lganligi sababli dastlab, tahlilni jamg‘arishning mohiyati, omillari va samaradorligini nazariy jihatdan asoslash bilan boshlaymiz.
Jamg‘arish – milliy daromadning bir qismining (jamg‘armaning) asosiy va aylanma kapitallarni, shuningdek, ehtiyot zaxiralarini ko‘paytirish uchun sarflanishidir.
Iqtisodiy o’sishning mohiyati,asosiy tavsifnomasi va modeli
Ekstensiv iqtisodiy o‘sishga ishlab chiqarishning avvalgi texnikaviy asosi saqlanib qolgan holda ishlab chiqarish omillari miqdorining ko‘payishi tufayli erishiladi. Aytaylik, mahsulot ishlab chiqarishni ikki hissa ko‘paytirish uchun ishlab chiqarish omillari miqdori ikki barobar ko‘paytirilishi lozim, sodda qilib aytganda mavjud korxonalar bilan bir qatorda o‘rnatilgan uskunalarning quvvati, miqdori va sifati, ishchi kuchining soni va malaka tarkibi bo‘yicha huddi o‘shanday yana korxonalar qurilishi lozim. Ekstensiv rivojlanishda, agar u sof holda amalga oshirilsa, ishlab chiqarish samaradorligi o‘zgarmay qoladi.
Iqtisodiy o‘sishning intensiv turi sharoitida mahsulot ishlab chiqarish miqyoslarini kengaytirishga ishlab chiqarish omillarini sifat jihatidan takomillashtirish, yanada ilg‘or ishlab chiqarish vositalarini va yangi texnikani qo‘llash, ishchi kuchi malakasini oshirish, shuningdek, mavjud ishlab chiqarish potensialidan yaxshiroq foydalanish yo‘li bilan erishiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |