O'zbekiston tashqi savdo munosabatlari geografiyasining sifat jihatidan o'zgarib borishi
O‘zbekistonning transkontinental darajada amalga oshiriluvchi integratsion vazifasi – bu xalqaro transosiyo Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti (EKO) doirasidagi o‘zaro aloqalarni yanada kuchaytirishdan iborat. Bu tashkilot 1992 yilda tashkil etilgan bo‘lib, o‘z ichiga Osiyo qit’asining 10 ta davlati (Turkiya, Eron, Pokiston, Afg‘oniston, O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston va Ozarbayjon)ni oladi. Uning asosiy maqsadi – xo‘jalikning transport, kommunikatsiyalar, sanoat, qishloq xo‘jaligi, savdo, turizm, ishchi kuchi resurslarini rivojlantirish bo‘yicha mintaqaviy va xalqaro iqtisodiy hamkorlikni yo‘lga qo‘yishdan iborat.
O‘zbekiston mintaqalararo darajada yangi mustaqil davlatlar – MDH mamlakatlari bilan integratsiyaga kirishdi. O‘zbekiston birinchilar qatorida MDHni tashkil etish g‘oyasini qo‘llab-quvvatladi, uning tashkilotchilari tarkibiga kirdi, integratsion va kooperatsion aloqalarini mustahkamlash hamda uning Xalqaro iqtisodiy qo‘mita (MEK), Davlatlararo bank (MGB), MDH Statistika qo‘mitasi kabi institutsional tuzilmalarini shakllantirishda faol ishtirok etmoqda.
To’lov balansining mohiyati
To‘lov balansi - mamlakat rezidentlari (uy xo‘jaliklari, korxonalar va davlat) va chet elliklar o‘rtasida ma’lum vaqt (odatda bir yil) oralig‘ida amalga oshirilgan barcha iqtisodiy bitimlar natijasining tartiblashtirilgan yozuvi.
Iqtisodiy bitimlar – qiymatning har qanday ayirboshlanishi, ya’ni tovarlar, ko‘rsatilgan xizmatlar yoki aktivlarga mulkchilik huquqining bir davlat rezidentlaridan boshqa davlat rezidentlariga o‘tishi bo‘yicha kelishuvlardan iborat. Har qanday bitim ikki tomoniga ega bo‘ladi va shu sababli to‘lov balansida ikki tomonlama yozuv tartibiga rioya qilinadi. Har bir bitim to‘lov balansining debet va kredit qismlarida o‘z ifodasini topadi.
Kredit – qiymatning mamlakatdan chiqib ketishi bo‘lib, uning hisobiga mazkur mamlakat rezidentlari chet el valyutalarida qoplovchi to‘lovlar ekvivalentini oladi. Debet – qiymatning mazkur mamlakatga kirib kelishi bo‘lib,uning hisobiga rezidentlar chet el valyutalarning sarflaydi. To‘lov balansida kreditlar umumiy summasi debetlarning umumiy summasiga teng bo‘lishi zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: |