Milliy iqtisodiyot va uning makroiqtisodiyot ko'rsatgichlari Reja


Download 47.94 Kb.
bet6/8
Sana19.06.2023
Hajmi47.94 Kb.
#1610607
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Milliy iqtisodiyot va uning makroiqtisodiyot ko\'rsatgichlari

Davlatning ijtimoiy siyosati
Ijtimoiy to‘lovlar – kam ta’minlanganlarga pul yoki natural yordam ko‘rsatishga qaratilgan tadbirlar tizimi bo‘lib, bu ularning iqtisodiy faoliyatda qatnashishi bilan bog‘liq bo‘lmaydi. Ijtimoiy to‘lovlarning maqsadi jamiyatdagi munosabatlarni insonparvarlashtirish hamda ichki talabni ushlab turish hisoblanadi.
Aholi real daromadlari darajasiga inflyatsiya sezilarli ta’sir ko‘rsatishi sababli daromadlarni davlat tomonidan tartibga solishning muhim vazifasi iste’mol tovarlari narxlarining o‘sishini hisobga olish va daromadlarni indeksatsiyalash, ya’ni nominal daromadlarni narxlar o‘sishiga bog‘liqlikda oshirib borish hisoblanadi.
Shaxsiy daromadni himoya qilishda ijtimoiy siyosatning muhim yo‘nalishi aholi kambag‘al qatlamini qo‘llab-quvvatlash hisoblanadi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida daromadlarning tengsizligi
Dunyodagi barcha mamlakatlar aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan o‘rtacha daromadlar darajasi bilan bir-biridan keskin farqlanadi. Bu turli mamlakatlar aholisining daromadlari darajasi o‘rtasida tengsizlik mavjudligini bildiradi. Shu bilan birga alohida olingan mamlakatlar aholisining turli qatlam va guruhlari o‘rtacha daromadlari darajasida ham farq mavjud bo‘ladi. Mamlakatning iqtisodiy rivojlanishi darajasi ham daromadlaridagi farqlarni bartaraf eta olmaydi.
O‘z-o‘zidan aniqki, iqtisodiy o‘sish daromadlarning ko‘payishiga olib keladi. Bunda butun aholi daromadlari mutlaq miqdorda asta-sekin o‘sib boradi. Daromadlarning mutlaq miqdori ko‘payib borsa-da, har doim ham daromadlar tengsizligi darajasiga ta’sir ko‘rsatmasligi mumkin. Daromadlar tengsizligi darajasini miqdoriy aniqlash uchun jahon amaliyotida Lorens egri chizig‘idan foydalaniladi .


Jahon xo’jaligining shakllanishi va rivojlanishi
Jahon xo‘jaligining rivojlanishini 5 bosqich deb, ayrimlarida esa 4 bosqich deb beriladi. Masalan, E.F.Borisov jahon xo‘jaligi shakllanishining to‘rtta bosqichini ajratib ko‘rsatadi. Biz misol tariqasida ushbu bosqichlarni bayon qilamiz.
Birinchi bosqich ishlab chiqarishning sanoatlashuvidan oldingi davrda vujudga kelib, dastlab o‘sha davrdagi kishilar jamoalari yoki qabilalari o‘rtasida paydo bo‘lgan savdo ayirboshlashuvi keyinchalik tovar ishlab chiqarishning rivojlanishi bilan turli mamlakatlar o‘rtasidagi doimiy tovar almashuvi – xalqaro savdoning paydo bo‘lishi va rivojlanishiga olib keldi.
Ikkinchi bosqich ishlab chiqarishning sanoatlashuv davriga to‘g‘ri kelib, yirik mashinalashgan ishlab chiqarishning vujudga kelishi va tadbirkorlarning ko‘proq foyda olishga intilishi tashqi savdoni deyarli barcha milliy xo‘jaliklarning tarkibiy qismiga aylantirib qo‘yishi natijasida XVIII-XIX asrlarda rivojlangan jahon bozori paydo bo‘ldi.
Uchinchi bosqich XIX-XX asrlarga to‘g‘ri kelib, bu davrda jahon xo‘jaligi tizimi shakllandi.
To‘rtinchi bosqich XX asrning 60-yillaridan boshlab, ya’ni ko‘plab mustamlaka mamlakatlarning siyosiy qaramlikdan ozod bo‘lishi natijasida zamonaviy jahon iqtisodiyotida ijobiy o‘zgarishlarning yangi tendensiyalari paydo bo‘lishi bilan bog‘liq. Bu tendensiyalar quyidagilardan iborat:
- iqtisodiy manfaatdorlik asosidagi xalqaro hamkorlik;
- ishlab chiqarishning baynalminallashuvi;
- jahon miqyosidagi bozor makonlarining kengayishi;
- jahon xo‘jaligi aloqalari majmuining rivojlanishi1.

Download 47.94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling