Milliy iqtisodiyotda axborot tizimlar va texnologiyalar


Download 3.28 Mb.
Pdf ko'rish
bet144/168
Sana16.09.2023
Hajmi3.28 Mb.
#1679167
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   168
Kodlashtirish uchun tez-tez ishlatiladigan iboralar to‘plamlarini o‘z 
ichiga oluvchi kitob yoki jadvallar ishlatiladi. Bu iboralardan har biriga, ko‘p 
hollarda, raqamlar to‘plami bilan beriladigan ixtiyoriy tanlangan kodli so‘z 
to‘g‘ri keladi. Axborotni kodlash uchun xuddi shunday kitob yoki jadval 


236 
talab qilinadi. Kodlash-tiruvchi kitob yoki jadval ixtiyoriy kriptografik 
o‘zgartirishga misol bo‘ladi. Kod-lashtirishning axborot texnologiyasiga mos 
talablar - qatorli ma’lumotlarni sonli ma’lumotlarga aylantirish va aksincha 
o‘zgartirishlarni bajara bilish. Kodlashtirish kitobini tezkor hamda tashqi 
xotira qurilmalarida amalga oshirish mumkin, lekin bunday tez va ishonchli 
kriptografik tizimni muvaffaqiyatli deb bo‘lmaydi. Agar bu kitobdan biror 
marta ruxsatsiz foydalanishsa, kodlarning yangi kitobini yaratish va uni 
hamma foydalanuvchilarga tarqatish zaruriyati paydo bo‘ladi.
Kriptografik o‘zgartirishning ikkinchi turi - shifrlash - boshlang‘ich 
matn belgilarini anglab olish mumkin bo‘lmagan shaklga o‘zgartirish
algoritmlarini o‘z ichiga oladi. O‘zgartirishlarning bu turi axborot 
texnologiyalariga mos keladi. Bu yerda algoritmni himoyalash muhim 
ahamiyat kasb etadi. Kriptografik kalitni qo‘llab, shifrlash algoritmining 
o‘zida himoyalashga bo‘lgan talablarni kamaytirish mumkin. Endi 
himoyalash obyekti sifatida faqat kalit xizmat qiladi. Agar kalitdan nusxa 
olingan bo‘lsa, uni almashtirish mumkin va bu kodlashtiruvchi kitob yoki 
jadvalni almashtirishdan yengildir. Shuning uchun kodlashtirish emas, balki 
shifrlash axborot texnologiyalarida keng ko‘lamda qo‘llanilmoqda. 
Sirli (maxfiy) aloqalar sohasi kriptologiya deb aytiladi. Ushbu so‘z 
yunoncha “kriptos” – sirli va ”logus” – xabar ma’nosini bildiruvchi 
so‘zlardan iborat.
Kriptologiya ikki yo‘nalish, ya’ni kriptografiya va kriptotahlildan 
iborat. 

Download 3.28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   168




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling