Milliy iqtisodiyotda axborot tizimlar va texnologiyalar
Download 3.28 Mb. Pdf ko'rish
|
Kriptografiyaning vazifasi xabarlarning maxfiyligini va haqiqiyligini
ta’minlashdan iboratdir. Kriptotahlilning vazifasi esa kriptograflar tomonidan ishlab chiqilgan himoya tizimini ochishdir. Hozirgi kunda kriptotizimni ikki sinfga ajratishadi: • simmetriyali bir kalitlik (maxfiy kalitli); • asimmetriyali ikki kalitlik (ochik kalitli). Simmetriyali tizimlarda quyidagi ikkita muammo mavjud: 1) Axborot almashuvida ishtirok etuvchilar qanday yo‘l bilan maxfiy kalitni bir-birlariga uzatishlari mumkin? 2) Jo‘natilgan xabarning haqiqiyligini qanday aniqlasa bo‘ladi? Ushbu muammolarning yechimi ochiq kalitli tizimlarda o‘z aksini topdi. Ochiq kalitli asimmetriyali tizimda ikkita kalit qo‘llaniladi. Biridan ikkinchisini hisoblash usullari bilan aniqlab bo‘lmaydi. Birinchi kalit axborot jo‘natuvchi tomonidan shifrlashda ishlatilsa, ikkinchisi axborotni qabul qiluvchi tomonidan axborotni tiklashda qo‘llaniladi va u sir saqlanishi lozim. 237 8.5.1. - rasm.Axborotni uzatishda shifrlash va deshifrlash Ushbu usul bilan axborotning maxfiyligini ta’minlash mumkin. Agar birinchi kalit sirli bo‘lsa, u holda uni elektron imzo sifatida qo‘llash mumkin va bu usul bilan axborotni autentifikatsiyalash, ya’ni axborotning yaxlitligini ta’minlash imkoni paydo bo‘ladi. Axborotni autentifikatsiyalashdan tashqari quyidagi masalalarni yechish mumkin: - foydalanuvchini autentifikatsiyalash, ya’ni kompyuter tizimi zaxiralariga kirmoqchi bo‘lgan foydalanuvchini aniqlash: - tarmoq abonentlari aloqasini o‘rnatish jarayonida ularni o‘zaro autentifikatsiyalash. Hozirgi kunda himoyalanishi zarur bo‘lgan yo‘nalishlardan biri bu elektron to‘lov tizimlari va Internet yordamida amalga oshiriladigan elektron savdolardir. Download 3.28 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling