Milliy iqtisodiyotda axborot tizimlar va texnologiyalar
autentifikatsiyalash tizimi
Download 3.28 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Simmetriyali kriptotizim asoslari
autentifikatsiyalash tizimi
II. Disk ma’lumotlarini shifrlash tizimi III. Tarmoq bo‘yicha uzatiladigan ma’lumotlarni shifrlash tizimi IV. Elektron ma’lumotlarni autentifikatsiyalash tizimi V. Tayanch axborotlarni boshqarish vositalari 240 II. Ushbu tizimning asosiy maqsadi diskdagi ma’lumotlarni himoyalashdir. Bu holda mantiqiy va fizikaviy bosqichlarni ajratishadi. Mantiqiy bosqichda fayl asosiy obyekt sifatida bo‘lib, faqatgina ba’zi-bir fayllar himoyalanadi. Bunga misol qilib, arxivator dasturlarini keltirish mumkin. Fizikaviy bosqichda disk to‘laligicha himoyalanadi. Bunga misol sifatida Norton Utilities tarkibidagi Diskreet shifrlovchi dasturni keltirish mumkin. III. Ushbu tizimda ikki yo‘nalishni ajratish mumkin: • kanal bo‘yicha shifrlash, ya’ni aloqa kanallari bo‘yicha jo‘natiladigan barcha ma’lumotlarni shifrlash; • abonentlar bo‘yicha shifrlash, ya’ni aloqa kanallari bo‘yicha jo‘natiladigan ma’lumotlarning faqatgina mazmuniy qismi shifrlanib, qolgan xizmatchi ma’lumotlarni ochiq qoldirish. IV. Ushbu tizimda tarmoq bo‘yicha bajariladigan elektron ma’lumotlar almashuvida hujjatni va uning muallifini autentifikatsiyalash muammosi paydo bo‘ladi. V. Ushbu tizimda tayanch axborotlar sifatida kompyuter tizimi va tarmog‘ida qo‘llaniladigan barcha kriptografik kalitlar tushuniladi. Bu holda kalitlarni generatsiyalash, saqlash va taqsimlash kabi boshqaruv funksiyalarini ajratishadi. Simmetriyali kriptotizim asoslari. Kriptografiya nuqtayi nazaridan shifr – bu kalit demakdir va ochiq ma’lumotlar to‘plamini yopiq (shifrlangan) ma’lumotlarga o‘zgartirish kriptografiya o‘zgartirishlar algoritmlari majmuasidir. Kalit – kriptografiya o‘zgartirishlar algoritmining ba’zi-bir parametrlarining maxfiy holati bo‘lib, barcha algoritmlardan yagona variantni tanlaydi. Kalitlarga nisbatan ishlatiladigan asosiy ko‘rsatgich bo‘lib kriptomustahkamlik hisoblanadi. Kriptografiya himoyasida shifrlarga nisbatan quyidagi talablar qo‘yiladi: • yetarli darajada kriptomustahkamlik; • shifrlash va qaytarish jarayonining oddiyligi; • axborotlarni shifrlash oqibatida ularning hajmining ortib ketmasligi; • shifrlashdagi kichik xatolarga ta’sirchan bo‘lmasligi. Ushbu talablarga quyidagi tizimlar javob beradi: • o‘rinlarini almashtirish; • almashtirish; • gammalashtirish; |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling