Milliy iqtisodiyotda axborot tizimlar va texnologiyalar


Download 3.28 Mb.
Pdf ko'rish
bet149/168
Sana16.09.2023
Hajmi3.28 Mb.
#1679167
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   168
O‘rinlarini almashtirish shifrlash usuli bo‘yicha boshlang‘ich matn 
belgilarining matnning ma’lum bir qismi doirasida maxsus qoidalar 
yordamida o‘rinlari almashtiriladi. 
Almashtirish shifrlash usuli bo‘yicha boshlang‘ich matn belgilari 
foydalanilayotgan yoki boshqa bir alifbo belgilariga almashtiriladi. 
Gammalashtirish usuli bo‘yicha boshlang‘ich matn belgilari 
shifrlash gammasi belgilari, ya’ni tasodifiy belgilar ketma-ketligi bilan 
birlashtiriladi. 
Analitik o‘zgartirish usuli bo‘yicha boshlangich matn belgilari 
analitik formulalar yordamida o‘zgartiriladi, masalan, vektorni matritsaga 
ko‘paytirish yordamida. Bu yerda vektor matndagi belgilar ketma-ketligi 
bo‘lsa, matritsa esa kalit sifatida xizmat qiladi. 
Ma’lumki, kompyuter tarmog‘ining asosiy komponentlari — texnik 
vositalari, dasturiy - matematik ta’minot va ma’lumotlardir. 
Nazariy tomondan bu komponentlarga nisbatan to‘rt turdagi xavflar 
mavjud, ya’ni uzilish, tutib qolish, ozgartirish va soxtalashtirish: 
uzilish – qandaydir tashqi harakatlarni (ishlar, jarayonlar) bajarish 
uchun hozirgi ishlarni vaqtincha markaziy prosessor qurilmasi 
yordamida to‘xtatishdir, ularni bajargandan so‘ng prosessor oldingi 
holatga qaytadi va to‘xtatib qo‘yilgan ishni davom ettiradi. Har bir 
uzilish tartib raqamiga ega, unga asosan markaziy prosessor 
qurilmasi qayta ishlash uchun qism – dasturni qidirib topadi. 
Protsessorlar ikki turdagi uzilishlar bilan ishlashni vujudga 
keltirishi mumkin: dasturiy va texnik. Biror qurilma navbatan 
tashqari xizmat ko‘rsatilishiga muhtoj bo‘lsa, unda texnik uzilishlar 
paydo bo‘ladi. Odatda bunday uzilish markaziy prosessor uchun 
kutilmagan hodisadir. Dasturiy uzilishlar asosiy dasturlar ichida 
prosessorning maxsus buyruqlari yordamida bajariladi. Dasturiy 
uzilishda dastur o‘z – o‘zini vaqtincha to‘xtatib, uzilishga taalluqli 
jarayonni bajaradi. 
tutib olish – jarayoni oqibatida g‘arazli shaxslar dasturiy vositalar 
va axborotlarning turli magnitli tashuvchilariga kirishni qo‘lga 
kiritadi. Dastur va ma’lumotlardan noqonuniy nusxa olish, 
kompyuter tarmoqlari aloqa kanallaridan nomualliflik o‘qishlar va 
hokazo harakatlar tutib olish jarayonlariga misol bo‘la oladi. 
ozgartirish – ushbu jarayon yovuz niyatli shaxs nafaqat kompyuter 
tizimi komponentlariga (ma’lumotlar to‘plamlari, dasturlar, texnik 
elementlari) kirishni qo‘lga kiritadi, balki ular bilan manipulyatsiya 


242 
(o‘zgartirish, ko‘rinishini o‘zgartirish) ham qiladi. Masalan, 
o‘zgartirish sifatida g‘arazli shaxsning ma’lumotlar to‘plamidagi 
ma’lumotlarni o‘zgartirishi, yoki umuman kompyuter tizimi 
fayllarini o‘zgartirishi, yoki qandaydir qo‘shimcha noqonuniy qayta 
ishlashni amalga oshirish maqsadida foydalanilayotgan dasturning 
kodini o‘zgartirishi tushuniladi; 
soxtalashtirish – ham jarayon sanalib, uning yordamida g‘arazli 
shaxslar tizimda hisobga olinmagan vaziyatlarni o‘rganib, undagi 
kamchiliklarni aniqlab, keyinchalik o‘ziga kerakli harakatlarni 
bajarish maqsadida tizimga qandaydir soxta jarayonni yoki tizim va 
boshqa foydalanuvchilarga soxta yozuvlarni yuboradi. 
Login va parolni buzish – bu buzg‘unchining biror bir maqsad yo‘lida 
axborot-kommunikatsiya tizimi obyektlaridan foydalanish uchun 
qonuniy tarzda foydalanuvchilarga tegishli login va parollarini buzishdir. 
Bunda maxsus dastur yordamida login va parollar generasiya qilib 
topiladi. Login va parollarning uzunligi bu jarayonning uzoq vaqt davom 
etishiga yoki generasiya qilaolmasiligiga ishora bo‘ladi. 
Login va parolni ogirlash – bu foydalanuvchilarning maxfiy 
ma’lumotlari bo‘lgan login va parollarga ega bo‘lish maqsadida amalga 
oshiriladigan internet firibgarligining bir turidir. Bu mashhur brendlar, 
masalan, ijtimoiy tarmoqlar, banklar va boshqa servislar nomidan 
elektron xatlarni ommaviy jo‘natish yo‘li orqali amalga oshiriladi. Xatda 
odatda tashqi ko‘rinishi asl saytdan farq qilmaydigan saytga to‘g‘ri 
ishorat mavjud bo‘ladi. Bunday saytga tashrif buyurgan foydalanuvchi 
firibgarga akkauntlar va bank hisob raqamlariga kira olishga ega 
bo‘lishga imkon beruvchi muhim ma’lumotlarni bildirishi mumkin.
Fishing 
– 
ijtimoiy 
injeneriyaning 
bir 
turi 
bo‘lib, 
foydalanuvchilarning 
tarmoq 
xavfsizligi 
asoslarini 
bilmasligiga 
asoslangan. Jumladan, ko‘pchilik oddiy faktni bilishmaydi: servislar qayd 
yozuvingiz ma’lumotlari, parol va shu kabi ma’lumotlarni yuborishni 
so‘rab hech qachon xat yubormaydi. 
Resurslardan ruxsatsiz foydalanish va uning oqibatlari. Axborot-
kommunikatsiya tizimining ixtiyoriy tarkibiy qismlaridan biri bo‘lgan 
hamda axborot tizimi taqdim etadigan imkoniyat mavjud bo‘lgan 
resurslardan belgilangan qoidalarga muvofiq bo‘lmagan holda 
foydalanishni cheklash qoidalariga rioya qilmasdan foydalanish – bu 
resurslardan ruxsatsiz foydalanish toifasiga kiradi.
Bunday foydalanish natijasida quyidagi oqibatlar yuzaga kelishi 
mumkin: 


243 
• axborotning o‘g‘irlanishi; 
• axborotni o‘zgartirish; 
• axborotning yo‘qotilishi; 
• yolg‘on axborotni kiritish; 
• axborotni qalbakilashtirish va h.k. 

Download 3.28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   168




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling