Milliy iqtisodiyotda axborot tizimlar va texnologiyalar


-BOB. “MILLIY IQTISODIYOTDA AXBOROT TIZIMLAR VA


Download 3.28 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/168
Sana16.09.2023
Hajmi3.28 Mb.
#1679167
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   168
1-BOB. “MILLIY IQTISODIYOTDA AXBOROT TIZIMLAR VA 
TEXNOLOGIYALAR” FANIGA KIRISH 
1.1. “Milliy iqtisodiyotda axborot tizimlar va texnologiyalar” fanini 
ta’rifi, mohiyati va o‘qitish maqsadi va vazifalari 
Axborotlashtirishning milliy tizimini shakllantirishda, iqtisodiyot 
va jamiyat hayotining barcha sohalariga zamonaviy axborot-
kommunikatsiyalar texnologiyalarini (AKT), kompyuter texnikasi va 
telekommunikatsiya vositalarini ommaviy ravishda joriy etishda
fuqarolarning axborotlarga ortib borayotgan talablarini to‘la qondirishda, 
jahon axborot hamjamiyatiga kirishda va axborot resurslaridan 
bahramand bo‘lishni kengaytirishda «Milliy iqtisodiyotda axborot 
tizimlar va texnologiyalar» fani iqtisodiyot sohasida ta‘lim olayotgan 
talabalar uchun juda ham ahamiyatlidir. Ushbu kursdan talabalar ishlab 
chiqarish sohasida axborot texnologiyalarini sifatli tashkil etish va samarali 
foydalanish haqida zaruriy ma’lumotlarga ega bo‘ladilar. 
«Milliy iqtisodiyotda axborot tizimlar va texnologiyalar» fanini 
o‘qitishdan maqsad - talabalarni mamlakatimizning rivojlanishida 
axborot texnologiyalari xizmatlarini taklif qilish va ularni shakllantirish 
va ulardan samarali foydalanish bo‘yicha bilimlar berishdir.
«Milliy iqtisodiyotda axborot tizimlar va texnologiyalar» fanining 
o‘qitish jarayonida talabalar zamonaviy kompyuterlarga doir bilimlarni 
o‘zlashtirgan holda o‘z mutaxassisligi bo‘yicha yechiladigan masalalarga 
ularni tatbiq qilish ko‘nikmasini hosil qilishi kerak.
Ushbu maqsadlarni amalga oshirish uchun fanning oldida quyidagi
asosiy vazifalar belgilab qo‘yilgan: 
✓ Axborot tizimlari va texnoligiyalarining mazmun-mohiyatini 
tushuntirish; 
✓ Ixtisoslashtirilgan dasturiy ta’minotlar bilan ishlashni o‘rgatish; 
✓ Zamonaviy kompyuter texnologiyalari vositalaridan foydalana olish; 
✓ Iqtisodiyotda axborot tizimlarini tasniflashni o‘rgatish; 
✓ Axborot tizimlari va texnologiyalariga qo‘yilgan talablarni o‘rgatish; 
✓ Iqtisodiyot tarmoqlarida ishini tashkil etish hamda boshqarishda 
axborot tizimlari va texnologiyalaridan oqilona foydalanishni 
o‘rgatish; 
✓ Iqtisodiyot sohasidagi xizmatlarni taqdim etishda axborot 
texnologiyalaridan foydalanishni o‘rgatish; 
✓ Maxsus dasturiy ta’minotlar bilan ishlash ko‘nikmasiga ega bo‘lish; 
✓ Kompyuter tarmoqlarida qidirish usullarini o‘rgatish; 



✓ Biznesni tashkil etishda avtomatlashtirish jarayonini ishlab chiqishni 
va joriy etishni o‘rgatish; 

Download 3.28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   168




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling