Milliy iqtisodiyotda axborot tizimlar va texnologiyalar
“Milliy iqtisodiyotda axborot tizimlar va texnologiyalar”
Download 3.28 Mb. Pdf ko'rish
|
1.2. “Milliy iqtisodiyotda axborot tizimlar va texnologiyalar”
fanining mantiqiy-tuzilmaviy sxemasi Insonning axborot ishlab chiqishi bo‘yicha imkoniyatlarini kuchaytiruvchi zamonaviy texnologiyalar bilan qurollantirish – axborotlashtirish sanoatini jadal rivojlantirishni talab etuvchi eng muhim texnik iqtisodiy vazifadir . Bunda yangi, ham ilmiy adabiyotlarda mustahkam joylashib ulgurmagan tushunchalar – “axborotlashgan iqtisodiyot”, “axborotlashgan resurslar”, “axborotlar tizimini boshqarish”, “bulutli texnologiyalar” va hokazo yuzaga keldi. Iqtisodiyotning hozirgi zamon rivojlanishi boshqaruv sohasiga hisoblash texnikasi vositalarini keng tatbiq etish bilan ta’riflanadi. Bu jarayon shaxsiy kompyuterlarni paydo bo‘lishi munosabati bilan shiddatli o‘tmoqda. Zamonaviy shaxsiy kompyuterlar inson faoliyatining turli- tuman sohalaridagi kasbiy bilimlarni tartibga solish va shakllantirish uchun borgan sari keng qo‘llanilmoqda. «Milliy iqtisodiyotda axborot tizimlar va texnologiyalar» fani bevosita informatika fanining paydo bo‘lishi bilan bog‘liq. Ushbu fan 1960-yillarda Fransiyada elektron hisoblash mashinalari yordamida axborotni qayta ishlash bilan shug‘ullanuvchi sohani ifodalovchi atama sifatida yuzaga keldi. Informatika atamasi lotincha informatic so‘zidan kelib chiqqan bo‘lib, tushuntirish, xabar qilish, bayon etish ma’nolarini anglatadi. Fransuzcha informatique (infomatika) so‘zi axborot avtomatikasi yoki axborotni avtomatik qayta ishlash ma’nosini anglatadi. Ingliz tilida bu atamaga Computer science (kompyuter texnikasi haqidagi fan) sinonimi mos keladi. Informatikaning inson faoliyatini mustaqil sohasi sifatida ajralib chiqishi birinchi navbatda kompyuter texnikasining rivojlanishi bilan bog‘liq. Bunda asosiy xizmat mikroprotsessor texnikasiga to‘g‘ri keladi, uning paydo bo‘lishi 1970-yillar o‘rtalarida ikkinchi elektron inqilobini boshlab berdi. Ikkinchi navbatda axborot hajmining keskin oshishi sabab bo‘ldi. Informatika axborotni qayta ishlash, ularni qo‘llash va ijtimoiy amaliyotning turli sohalariga ta’sirini EHM tizimlariga asoslangan holda ishlab chiqish, loyihalash, yaratish, baholash, ishlashning turli jihatlarini o‘rganuvchi kompleks ilmiy va muhandis fani sohasidir. 10 Informatika bu jihatdan axborot modellarini qurishning umumiy metodologik tamoyillarini ishlab chiqishga yo‘naltirilgan. Shu bois axborot uslublari obyekt, hodisa, jarayon va hokazolarni axborot modellari yordamida bayon etish imkoniyatiga egadir. Informatikaning vazifalari, imkoniyatlari, vosita va uslublari ko‘p qirrali bo‘lib, uning ko‘plab tushunchalari mavjud. Ularni umumlashtirib quyidagicha talqinni tavsiya etamiz. Informatika - kompyuterlar yordami va ularni qo‘llash muhiti vositasida axborotni yangilash jarayonlari bilan bog‘liq inson faoliyati sohasidir. Informatika keng ma’noda insoniyat faoliyatining barcha sohalarida asosan kompyuterlar va telekommunikatsiya aloqa vositalari yordamida axborotni qayta ishlashi bilan bog‘liq fan, texnika va ishlab chiqarishning xilma-xil tarmoqlari birligini o‘zida namoyon etadi. Informatika tor ma’noda o‘zaro aloqador uch qism - texnik vositalar, dasturiy vositalar va algoritmik vositalar sifatida tasavvur etish mumkin. O‘z navbatida informatikani ham umuman, ham qismlari bo‘yicha turli jihatlardan: xalq xo‘jaligi tarmog‘i, fundamental fan, amaliy fan sohasi sifatida ko‘rib chiqish mumkin. Informatika xalq xo‘jaligi tarmog‘i sifatida kompyuter texnikasi, dasturiy mahsulotlarni ishlab chiqarish va axborotni qayta ishlash zamonaviy texnologiyasini ishlab chiqish bilan shug‘ullanadigan xo‘jalik yuritishning turli shakllaridagi korxonalarning bir turda jamlanishidan iborat bo‘ladi. Informatika fundamental fan sifatida kompyuter axborot tizimlari negizida istalgan obyektlar bilan boshqaruv jarayonlarini axborot jihatidan ta’minlashni barpo etish metodologiyasini ishlab chiqish bilan shug‘ullanadi. Informatika amaliy fan sohasi sifatida quyidagilar bilan shug‘ullanadi: 1. axborot jarayonlaridagi qonuniyatlarni o‘rganish (axborotlarni yig‘ish, qayta ishlash, tarqatish); 2. inson faoliyatining turli sohalarida kommunikatsiya - axborot modellarini yaratish; 3. aniq bir sohalarda axborot tizimi va texnologiyalarini ishlab chiqish va ularning hayotiy bosqichini, ularni ishlab chiqarish, 11 ishlashni va hokazolarni loyihalash, ishlab chiqish bosqichlari uchun tavsiyalar tayyorlash. Informatikaning bosh vazifasi axborotni yangilash, uslub va vositalarni ishlab chiqish va axborotni qayta ishlashning texnologik jarayonlarini tashkil etish, ulardan foydalanishni ishlab chiqishdir. Informatikaning asosiy vazifalari quyidagilarni o‘z ichiga oladi: • istalgan xususiyatdagi axborot jarayonlarini tadqiq etish; • axborot jarayonlarini tadqiq etishdan olingan natijalar negizida axborotni qayta ishlaydigan axborot tizimini ishlab chiqish va yangi texnologiyani yaratish • jamiyat holatining barcha sohalarida kompyuter texnikasi va texnologiyasidan samarali foydalanishning ilmiy va muhandislik muammolarini yaratish, tatbiq etish va ta’minlashni hal etish. Download 3.28 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling