Milliy iqtisodiyotda axborot tizimlar va texnologiyalar


-BOB. AXBOROTNI SAQLASH, ISHLOV BERISH VA


Download 3.28 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/168
Sana16.09.2023
Hajmi3.28 Mb.
#1679167
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   168
8-BOB. AXBOROTNI SAQLASH, ISHLOV BERISH VA 
HIMOYALASHNING ZAMONAVIY 
TEXNOLOGIYALARI ……………………………………….. 202 
8.1. Grid texnologyalari ………………………………………… 
202 
8.2. “Cloud” (bulutli) texnologiyalari. “Cloud” (bulutli) 
serverlari. “Cloud” (bulutli) hisoblashlar …………………..……. 203 
8.3. Katta ma’lumotlarga ishlov berish texnologiyalari …….…… 209 
8.4. Datatsentrlar ………………………………………………... 
222 
8.5. Iqtisodiy axborot tizimlarida axborotlarni himoyalash 
usullari ………………………………………………………….. 
223 
Foydalanilgan adabiyotlar ……………………………………. 
271 



KIRISH 
O‘zbekistonda AKT uchun dasturiy ta’minot ishlab chiqarishni 
xalqaro standartlarga muvofiq ravishda rivojlantirish, mahalliy ishlab 
chiqaruvchilarni qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, 2017-2021 yillarda 
O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi 
bo‘yicha Harakatlar strategiyasida ko‘zda tutilgan boshqa vazifalar 
ijrosini ta’minlash maqsadida davlat organlari va boshqa budjet 
tashkilotlarining axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini 
rivojlantirish, rivojlanishini yanada tezlashtirish, hamda barcha sohalar 
faoliyatiga tatbiq etib samaradorligini oshirish maqsadida 2018-yil 19-
fevraldagi №PF-5349-sonli "Axborot texnologiyalari va 
kommunikatsiyalari sohasini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari 
to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni qabul 
qilindi. Ushbu hujjatga binoan iqtisodiyotda biznesni rivojlantirish va 
zamonaviy ish o‘rinlarini yaratishda axborot texnologiyalarini asos qilish 
ta’kidlab o‘tilgan. Firmaning boshqaruvidagi axborot texnologiyalari – 
bu apparatli va dasturiy vositalar yordamida biznesda optimal natijalarga 
erishish maqsadida har xil shakllardagi boshlang‘ich ma’lumotlarning
qayta ishlash orqali ishonchli axborotga ega bo‘lish va ular asosida qaror 
qabul qilish majmuasidir.
Internet tizimining jadal rivojlanishi natijasida iqtisodiyotning 
barcha sohalaridagi kompaniyalar o‘z xizmatlarini vebda taqdim qilish 
hajmi 
kundan-kun 
oshib 
bormoqda, 
bunda 
mehmonxonalar, 
aviakompaniyalar, turoperatorlar bu borada juda katta imkoniyatlarga ega 
bo‘lishmoqdalar. Bundan tashqari ushbu kompaniyalarda hujjat yuritish 
tizimi ham tubdan o‘zgarmoqda. Mobil texnologiyalarining rivojlanishi 
esa ushbu sohada geoaxborot tizimlarini kirib kelishini jadallashtirib 
yubordi.
Taqdim etilayotgan o‘quv qo‘llanma iqtisodiyot va jamiyat uchun 
zarur bo‘lgan axborot texnologiyalari va axborotlashtirish bilan bog‘liq 
masalalar ko‘rib chiqilgan. Bunda quyidagi asosiy masalalar ko‘rib 
chiqilgan: 
- axborot madaniyati; 
- masofaviy ta’lim; 
- multimedia texnologiyalari; 
- interaktiv xizmatlar;
- bulutli texnologiyalar va b. 



O‘quv qo‘llanma 9 bobdan iborat bo‘lib keltirilgan materiallar 
mualliflar 
tomonidan 
yillar 
davomida 
informatika, 
axborot 
texnologiyalari, axborot tizimlari kabi fanlardan to‘plangan tajriba 
asosida shakllantirilgan.
Qo‘llanmani o‘zlashtirishni yengillashtirish maqsadida maxsus 
belgilar qo‘llanilgan va yozuvlar har xil shriftlarda amalga oshirilgan: 
- asosiy matn oddiy Times New Roman shrifti orqali 1,5 intervalda 
va 14 pt o‘lchamida berilgan; 
- jadvallarda esa 1,0 interval va 12 pt ham qo‘llanilgan; 
- bob nomi katta va qalin harflarda yozilgan; 
- bobdagi mavzular qalin harflarda yozilgan va ularning tartib raqami 
bob raqamiga bog‘langan; 
- tayanch va xorijiy tildagi so‘zlar qalin shriftda berilgan. 
O‘quv qo‘llanma iqtisodiyot, kadrlar mеnеjmеnti va marketing
ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha bilim oladigan talabalar uchun mustaqil 
ta’lim olishlariga ham imkon beradi.




Download 3.28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   168




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling