Milliy iqtisodiyotda internet texnologiyalaridan samarali foydalanish yo’llari


Download 114.26 Kb.
bet2/3
Sana02.02.2023
Hajmi114.26 Kb.
#1147765
1   2   3
Bog'liq
ALIKULOV SARDORBEK

2.Milliy iqtisodiyot tushunchasi.

Milliy iqtisodiyot - ijtimoiy iqtisodiyotning mavjudlik shakli; mamlakat, davlat
hududida yashovchi millatning tarixan shakllangan yoki tubdan yangilanayotgan,
oʻzgarayotgan va rivojlanayotgan mulkiy va boshqa ijtimoiyiqtisodiy
munosabatlari, ular bilan shartlangan, mahalliy xususiyatlarga ham ega boʻlgan
iqtisodiy faoliyat sohalari, tarmoqlari, tashkilotlari, korxonalari, hududlari va
mintaqalari sistemasi. Imkon darajasida tashqi bozor taʼsiridan xoli boʻlgan milliy
xoʻjalik sistemasi. Milliy iqtisodiyot kapitalizmning vujudga kelishi va qaror
topishi bilan bogʻliq boʻlib, eng avvalo, Angliyada shakllandi. Hozirgi paytda
Milliy iqtisodiyotning kapitalistik, sotsialistik, postsotsialistik va kam rivojlangan
mamlakatlardagi kapitalistik yoʻnalishli kabi turlari maʼlum. Shu bilan birga har
bir muayyan turdagi iqtisodiyotining oʻz milliy modellari va shakllari bor.
Masalan, kapitalistik Milliy iqtisodiyotning amerikacha, yevropacha va yaponcha
turlari, milliy modellari va ularning "aralash iqtisodiyot" deb atalayotgan
zamonaviy shakli bor. Rivojlangan mamlakatlardagi "aralash iqtisodiyot" xususiy
va davlat kapitallariga asoslangan hamda bozor va davlat tomonidan
tartiblanadigan, boshqariladigan, umum demokratik tamoyillar ham qaror topib
borayotgan kapitalistik Milliy iqtisodiyotdir.
3.Milliy iqtisodiyotda internet texnologiyalari.

Zamonaviy sotsialistik Milliy iqtisodiyot Xitoy, Vyetnam va Kubada mavjud


boʻlib, unga eng muhim tarmoqlarda sotsialistik davlat mulkini va korxonalarini
saqlab qolgan holda, xususiy mulkchilikka, tovarli-pulli xoʻjaliklarga va bozor
munosabatlariga keng yoʻl ochilmoqda.
Sharqiy Yevropa mamlakatlarida va SSSRda oʻta markazlashgan maʼmuriydavlat
sotsializmi inqirozga uchrab, parchalanishi natijasida vujudga kelgan yangi
mustaqil davlatlarda (Polsha, Rossiya va boshqalarda) postsotsialistik Milliy
iqtisodiyotga aylanmoqda. Boshqa baʼzi postsotsialistik mamlakatlarda, jumladan,
Oʻzbekistonda oʻziga xos demokratik, bozorga asoslangan umum demokratik
Milliy iqtisodiyot shakllantirilmoqda. Oʻzbekiston mustaqilligining dastlabki oʻn
yilida mamlakatda umummilliy va xususiy mulkchilikka asoslangan koʻp
tarmoqlari yuzga keldi. Milliy iqtisodiyot — xilma-xil xususiy va davlat
xoʻjaliklari sistemasi shakllandi. Unda xususiy sektor ustuvor oʻringa, asosiy
mavqega ega boʻldi. Xoʻjalik yurituvchi subʼyektlarning mutlaq koʻpchiligini
yakka shaxsiy, guruhiy, shirkat, jamoa, aksiyali korxonalar, fermer va dehqon
xoʻjaliklari tashkil etadi; ularning yalpi ichki mahsulotdagi ulushi uchdan ikki
qismdan oshib ketdi va tobora oʻsmoqda.
Milliy ehtiyojlarni yaxshiroq qondirish zarurati iqtisodiy resurslardan samarali
foydalanishni, tovarlar va xizmatlarning ijtimoiy zarur maksimal hajmlariga
erishishni taqozo etadi. Ayniqsa, ijtimoiy zarur mahsulot (tovar) ishlab chiqarish,
uni zarur miqdorlarda va sifatlarda, tabiatni asrab-avaylab, ekologiyani yaxshilab
ishlab chiqarish har qanday Milliy iqtisodiyotning asosiy vazifasidir.

Download 114.26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling