Milliy iqtisodiyotni modernizatsiya Reja


Iqtisodiyotni diversifikatsiyalash jarayonlarini jadallashtirishni moliyalashtirish manbalari


Download 483.05 Kb.
bet2/4
Sana21.04.2023
Hajmi483.05 Kb.
#1374166
1   2   3   4
Iqtisodiyotni diversifikatsiyalash jarayonlarini jadallashtirishni moliyalashtirish manbalari

So‘nggi yillarda respublikada ishbilarmonlik va investitsion muhitni tubdan yaxshilash, tadbirkorlikka keng imtiyoz va preferensiyalar yo‘lini ochib berish hamda xorijiy investitsiyalarni jalb qilishga muhim ahamiyat berilayotganligi va bu borada amalga oshirilayotgan tizimli ishlar iqtisodiyotga yo‘naltirilgan investitsiyalar hajmining oshishida muhim omil bo‘lmoqda. 2015 – 2019 yillarda mamlakatimiz sanoat tarmoqlarini tarkibiy o‘zgartirish, modernizatsiyalash va diversifikatsiyalashni chuqurlashtirish, zamonaviy infratuzilmani shakllantirishga qaratilgan qator dasturlarda 2015 yil uchun mo‘ljallangan vazifa va chora-tadbirlarning samarali amalga oshirilishi iqtisodiyotga yo‘naltirilgan kapital qo‘yilmalar hajmining yuqori o‘sish sur’atlarini ta’minlashga xizmat qildi. 2018 yilda iqtisodiyotda barcha moliyalashtirish manbalari hisobidan o‘zlashtirilgan investitsiyalar miqdori 15,8 mlrd. AQSH dollarini tashkil qilib, ushbu ko‘rsatkich 2018 yilga nisbatan 9,5 foizga oshdi. Bunda o‘zlashtirilgan investitsiyalarning asosiy qismi, ya’ni qariyb 80 foizi korxonalar, aholining mablag‘lari, to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar va kreditlar hisobidan moliyalashtirildi. Jumladan, jami kapital qo‘yilmalarining 3,3 mrld. AQSH dollaridan ko‘prog‘i yoki 21 foizdan ortig‘i xorijiy investitsiyalar hissasiga to‘g‘ri kelib, shuning 73 foizi to‘g‘ridan-to‘g‘ri chet el investitsiyalaridir. 2018 yilning o‘zida 494 ta chet el kapitali ishtirokidagi yangi korxonalar tashkil etildi. Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan investitsiya siyosatining o‘ziga xos xususiyati mahalliy xomashyo resurslarini chuqur qayta ishlashga hamda energiya tejamkor va yuqori texnologiyalarga asoslangan yangi ishlab chiqarishlarni tashkil etishga yo‘naltirilgan investitsiya loyihalarini amalga oshirishga ustuvor ahamiyat berilayotganida namoyon bo‘lmoqda. Xususan, 2018 yilda iqtisodiyotga yo‘naltirilgan investitsiyalarning 67,1 foizi yangi ishlab chiqarish quvvatlarini barpo etishga yo‘naltirildi. Jumladan, ushbu davrda umumiy qiymati 7,4 mlrd. AQSH dollariga teng bo‘lgan 158 ta yirik ishlab chiqarish ob’ekti qurilishi yakunlanib, foydalanishga topshirildi. 2015 yilda ish o‘rinlarini tashkil etish va aholi bandligini ta’minlash Iqtisodiyotni isloh qilishni chuqurlashtirish, tarkibiy o‘zgartirishlarning o‘rta muddatli dasturlari izchil amalga oshirilishi 2018 yilda makroiqtisodiy barqarorlikni saqlab qolish va iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida ishlab chiqarish hajmlarining yuqori o‘sish sur’atlarini ta’minladi. Xususan, 2015 yilda sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish umumiy hajmi 2015 yilga nisbatan 8,0 foizga oshdi va 91,7 trln. so‘mni tashkil etdi. Sanoatda yuqori o‘sish sur’atlari asosan engil sanoat (16,6 foiz), qurilish materiallari ishlab chiqarish (14,1 foiz) hamda oziq-ovqat sanoati (14,4 foiz) tarmoqlarida kuzatildi. Bunda engil sanoat tarkibiga kiruvchi to‘qimachilik sanoatida o‘sish sur’ati 12,1 foizni, charm va poyabzal sanoatida 22,0 foizni hamda tikuvchilik sohasida
«Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlarining eksportini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi» tomonidan faoliyati davomida 153 ta tadbirkorlik sub’ektiga umumiy qiymati 56 mln. dollardan ziyod bo‘lgan eksport shartnomalarini tuzishda amaliy yordam ko‘rsatildi.Jumladan, 2013 yilda jamg‘arma yordamida «Zartola tekstil» MCHJ QK va Dae Yong Licoris MCHJ QK 66,1 ming AQSH doll. miqdorida eksport shartnomalari tuzdilar. Bundan tashqari, Jamg‘arma tomonidan «Asklepiy-svift» MCHJ QKga 150 mln. so‘m miqdoridagi moliyaviy yordam hamda xorijiy hamkorlarni topishda yordam ko‘rsatildi. Ushbu yordam asosida korxona umumiy qiymati 1 mln. doll. ortiq bo‘lgan ikkita eksport shartnomasi tuzishga muvaffaq bo‘ldi.
Mamlakatimizda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarni eksport qilish uchun tashqi bozorlarda chuqur marketing tadqiqotlarini o‘tkazish hamda potensial imkoniyatlarni aniqlash borasida ijobiy natijalar qo‘lga kiritildi. Tahlilning ko‘rsatishicha, bugungi kunda o‘zbek tadbirkorlari taqdim etishi mumkin bo‘lgan 16 turdagi tovarlar va 15 turdagi xizmatlar bo‘yicha 173 dan ortiq mamlakatlarda ehtiyojlar mavjud ekan.
O‘tgan davrda jamg‘arma 14,3 mingdan ortiq kichik biznes va xususiy tadbirkorlik korxonalari tomonidan ishlab chiqarilayotgan tovarlar assortimenti va nomenklaturasini tizimli tahlil qilib chiqdi, ularning tashqi bozorlardagi raqobatbardoshlik darajasini aniqladi, ma’lumotlar bazasini shakllantirdi, ishlab chiqarilayotgan mahsulotning jahon va mintaqaviy bozorlardagi talabga muvofiqligini ta’minlash bo‘yicha takliflar ishlab chiqdi. Olingan natijalardan kelib chiqqan holda 2014 yilda 1,6 mingdan ortiq korxonalar o‘z mahsulotlarini eksportga jo‘natish imkoniga ega bo‘lishgan. Mamlakatda yirik infratuzilma loyihalarini amalga oshirish, zamonaviy yuqori texnologiyali ishlab chiqarish ob’ektlarini barpo etish maqsadida iqtisodiyotni jadal rivojlantirish, chet el investitsiyalarini faol jalb qilish borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. SHu bilan birga, mazkur sohadagi faoliyatning samaradorligiga, eng avvalo, mavjud resurslardan nooqilona foydalanish, investitsiya dasturiga kiritilgan loyihalarning iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiqligi va rentabelligi yuzaki o‘rganilganligi bilan bog‘liq qator kamchiliklar salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Amaldagi resurslarni, shuningdek, investitsiyalar, eng avvalo, xorijiy investitsiyalarni jalb etishning real imkoniyatlarini inobatga olgan holda iqtisodiyot tarmoqlari va hududlarni uzoq muddatli rivojlantirish konsepsiyasi mavjud emas. Buning oqibatida iqtisodiy jihatdan istiqbolli bo‘lmagan loyihalarni tashabbus qilish, moliyaviy mablag‘larni samarasiz sarflash holatlari mavjud bo‘lib, bu oxir-oqibatda, umuman, mamlakatning investitsiyaviy jozibadorligini pasaytirishga olib keladi.
Mazkur holatlar investitsiya dasturlarini shakllantirish tartibi, uni moliyalashtirish mexanizmlarini tubdan qayta ko‘rib chiqishni, amalga oshirishga taklif etilgan loyihalarni tanlab olishning shaffofligi va samaradorligini oshirishni talab qiladi. Rivojlanish davlat dasturlarini shakllantirish tartibini yanada takomillashtirish, loyihalarni moliyalashtirish va tanlab olishning samaradorligi va shaffofligini ta’minlash, shuningdek, 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida belgilangan vazifalarga muvofiq: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligining: markazlashtirilgan manbalar mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladigan, shu jumladan, hududlar va iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirish bo‘yicha loyihalarni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadigan O‘zbekiston Respublikasining rivojlanish davlat dasturlari (keyingi o‘rinlarda rivojlanish davlat dasturlari deb yuritiladi) asosida amalga oshirish tartibini joriy etish;
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbekiston Respublikasining rivojlanish davlat dasturlarini moliyalashtirish jamg‘armasini tashkil etish haqidagi takliflari qabul qilindi rivojlanish davlat dasturlariga kiritilgan, moliyalashtirishning markazlashtirilgan manbalari belgilangan loyihalarni moliyalashtirish faqat Jamg‘arma orqali amalga oshiriladi;
Jamg‘arma mablag‘lari O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankidagi hisobvaraqlardajamlanadi;Jamg‘armaning ijro etuvchi organi va mablag‘larining tasarruf etuvchisi Jamg‘armaning ijro etuvchi direksiyasi hisoblanadi; O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari – Investitsiyalar, innovatsion rivojlantirish, erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalari faoliyatini muvofiqlashtirish, turizm masalalari kompleksi rahbari Jamg‘armaning ijro etuvchi direktori hisoblanadi;
Jamg‘armaning ijro etuvchi direktori va uning xodimlari mehnatiga haq to‘lash shartlari Jamg‘arma Kuzatuv kengashi tomonidan belgilanadi.
 va quyidagilar Jamg‘arma mablag‘larini shakllantirish manbalari etib belgilandi: O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti va davlat byudjetdan tashqari jamg‘armalarning rivojlanish davlat dasturlariga kiritilgan loyihalarni moliyalashtirish uchun mo‘ljallangan mablag‘lari;
O‘zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasining rivojlanish davlat dasturlarini amalga oshirish uchun ajratilgan mablag‘lari; rivojlanish davlat dasturlari tegishli rivojlanish konsepsiyasini hisobga olgan holda tasdiqlanadigan, uzoq muddatli istiqbolda, qoida tariqasida, 10-15 yilda O‘zbekiston Respublikasining tarmoq, hududiy va maqsadli ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining ustuvor yo‘nalishlarini amalga oshirish bo‘yicha kompleks ko‘rinishni va strategik vazifalarni jamlagan tarmoq, hududiy va maqsadli loyihalar portfeli asosida shakllantiriladi; rivojlanish davlat dasturlarini ishlab chiqish va realizatsiya qilish bo‘yicha ishlarni muvofiqlashtirish Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi tomonidan Iqtisodiyot vazirligi bilan birgalikda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari – Investitsiyalar, innovatsion rivojlantirish, erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalari faoliyatini muvofiqlashtirish, turizm masalalari kompleksi rahbarining boshchiligida amalga oshiriladi;rivojlanish davlat dasturlarini moliyalashtirish uchun mo‘ljallangan nomarkazlashtirilgan investitsiyalar Jamg‘armada hisobga olinadi;rivojlanish davlat dasturlarini tasdiqlash O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligining ular bo‘yicha ijobiy xulosasi bo‘lgan hollardagina amalga oshiriladi; markazlashtirilgan manbalar hisobidan moliyalashtiriladigan loyihalarni rivojlanish davlat dasturlariga kiritish Jamg‘arma Kuzatuv kengashining ijobiy qarori bo‘lgan hollardagina amalga oshiriladi;
rivojlanish davlat dasturlarini moliyalashtirish uchun tijorat banklarining kreditlari loyihalarning loyiha-smeta hujjatlari va biznes-rejalari puxta va har tomonlama o‘rganilgandan so‘ng, shuningdek, tijorat banki kredit qo‘mitasining ijobiy qarori mavjud bo‘lgan hollarda taqdim etiladi.

Download 483.05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling