Milliy iqtisodiyotning nisbatlari va muvozanati
Download 41.08 Kb.
|
17. Milliy iqtisodiyotning nisbatlari va muvozanati
- Bu sahifa navigatsiya:
- Iqtisodiy mutanosiblik va uning turlari
- Umumiqtisodiy xarakterdagi mutanosibliklar.
Real SMMdagi o'zgarish
Mulbtiplikator samarasi = Investitsion sarflardagi o'zgarish SMM dagi o'zgarish = mulbtiplikator x Investitsiyalardagi o'zgarish. Agar investitsion sarflarning 5 mlrd. so'mga ko'payishi, sof milliy mahsulotning 20 mlrd. so'mga ortishiga olib kelsa mulbtiplikator samarasi 4 ga (20:5), SMMdagi o'zgarish 20 mlrd. so'mga (4x5) teng bo'ladi. Investitsion sarflardagi o'zgarishdan tashqari iste’mol, davlat xaridi yoki eksportdagi o'zgarishlar ham mulbtiplikator samarasiga ta’sir ko'rsatadi. Mulbtiplikator samarasi ikkita holatga asoslanadi. Birinchidan, iqtisodiyotda bir sub’ekt tamonidan qilingan sarf, boshqasi tomonidan daromad shaklida olinadi. Ikkinchidan, daromaddagi har qanday o'zgarish iste’mol va jamg'arishda xuddi shunday yo'nalishda o'zgarish bo'lishiga olib keladi. Iqtisodiy muvozanatlik darajasini aniqlashda yuqoridagi usullardan tashqari balans usulidan va «xarajat va natija» larni taqqoslash usulidan ham foydalaniladi. Balans usulida tarmoqlararo balans, moddiy, moliyaviy va ishchi kuchi balanslaridan foydalanilib iqtisodiyotdagi muvozanatlik darajasiga baho beriladi. «Xarajat va natija»larni taqqoslash usulida ishlab chiqarishga qilingan iqtisodiy resurs xarajatlari miqdori olingan mahsulot hajmi bilan taqqoslanib muvozanatlik darajasi tahlil qilinadi. Iqtisodiy mutanosiblik va uning turlari Milliy iqtisodiyotdagi muvozanatlik uning turli tomonlari va sohalari o'rtasida mutanosiblik bo'lishini taqozo qiladi. Iqtisodiy mutanosiblik - iqtisodiyotning turli tomonlari va sohalari o'rtasida miqdor va sifat jihatdan ma’lum moslik bo'lishidir. Bunda tenglik bo'lishi shart emas. Ular mos keluvchi (2:3, 5:3, 3:1) nisbatlarida bo'lishi mumkin. Makroiqtisodiy jarayon g'oyat murakkab va ko'p qirrali bo'lishi sababli mutanosiblik turlari ham ko'p va xilma-xil. Ularning barchasini umumlashtirib mutanosiblikning quyidagi guruhlari tarkibiga kiritish mumkin. Umumiqtisodiy xarakterdagi mutanosibliklar. Bunga milliy daromaddagi tarkibiy qismlar: iste’mol fondi va jamg'arish fondi o'rtasidagi: iqtisodiyotdagi tovar va xizmatlar massasi bilan pul massasi o'rtasidagi: aholining daromadlari bilan xarajatlar o'rtasidagi mutanosibliklarni misol qilib ko'rsatish mumkin. Download 41.08 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling