Milliy iqtisodiyotning nisbatlari va muvozanati
Download 41.08 Kb.
|
17. Milliy iqtisodiyotning nisbatlari va muvozanati
- Bu sahifa navigatsiya:
- Birinchi yonalish
MILLIY IQTISODIYOTNING NISBATLARI VA MUVOZANATI Milliy iqtisodiy ot darajasida to'liq bandlikka erishish, inflyatsiyani eng kam darajaga keltirish va barqaror iqtisodiy o'sishga erishish, makroiqtisodiy muvozanatlikni taqozo etadi. Ijtimoiy ishlab chiqarish va umuman takror ishlab chiqarish ham iqtisodiyotning barcha darajasida, ya’ni mikro va makroiqtisodiyot darajasida iqtisodiy muvozanatlikni ta’minlanib turilishini zarur qilib qo'yadi. Shunday ekan, iqtisodiy muvozanatlik, iqtisodiy o'sish va takror ishlab chiqarish jarayonining eng muhim va asosiy shart-sharoiti bo'lib yuzaga chiqadi. Iqtisodiy muvozanatlikga ta’rif berishdan oldin iqtisodiy fan tarixida bu muammo bo'yicha ancha keng tarqalgan yondashuvlarga aloh.ida e’tiborni qaratamiz. Iqtisodiyot fan tarixida iqtisodiy muvozanatlik tushun-chasiga turlicha qarashlar mavjud bo'lib, ularni umumlashtirilgan holda ikkita yo'nalishga ajratish mumkin. Birinchi yo'nalish bevosita «iqtisodiy muvozanatlik» tushunchasining vujudga kelish va rivojlantirilishining tarixiy bosqichlari bilan bog'liq bo'lib, bunda mazkur tushuncha «umumiy bozor muvozanati» sifatida talqin qilinishi darajasigacha yetib keladi. Bu yo'nalishda iqtisodiy muvozanatlikning ko'plab modellari mavjud bo'lib ular turli davrlarda bu muammoga har xil qarashlarni aks ettirgan: 1. Oddiy takror ishlab chiqarish modeli. (F. Kene tomonidan XVIII asrda Frantsiya misolida tushuntirilib berilgan.) 2. Oddiy va kengaytirilgan kapitalistik ijtimoiy takror ishlab chiqarish sxemasi. ( XIX asrda klassik iqtisodchilar tomonidan asoslab berilgan.) 3. Erkin raqobat qonuni amal qilgan sharoitda umumiy iqtisodiy muvozanatlik modeli. (L. Valbras tomonidan asoslagan.) 4. «Xarajatlar - mahsulot ishlab chiqarish» modeli. (V. Lbontbev asos solgan.) 5. Qisqa davrli iqtisodiy muvozanatlik modeli. (D.Keyns tsiklik rivojlanishni tahlil qilish orqali ko'rsatib bergan.) Iqtisodiy muvozanat nazariyasiga ilk fikrlar klassik siyosiy iqtisod asoschilaridan biri A. Smitning «Xalqlar boyligining tabiati va sabablari to'g'risida tadqiqot» nomli asarida berilgan bo'lib, unda iqtisodiy munosabatlarning barchasi bozor mexanizmi yordamida tartibga solinishi, talab va taklif o'rtasidagi muvozanat faqat bozor mexanizmi yoki «ko'rinmas qo'l» yordamida ta’minlanishi ta’kidlab o'tilgan. Uning mashhur «Alohida olingan har bir odam faqat o'zini o'ylagan holda, o'zining shaxsiy manfaatlari yo'lida qilgan harakatlari ko'rinmas qo'l orqali uning qiziqishi doirasiga mutlaqo kirmagan boshqa maqsadlarga yo'naltiriladi va bu harakat ongli ravishda jamiyat manfaatlariga xizmat qilgandagiga qaraganda ko'proq samara beradi» - degan fikri hozirgi kunda ham o'z dolzarbligini yo'qotmagan1. Ammo, u iqtisodiy muvozanatlikni ta’minlash jarayonlariga davlat ishtirokini mutlaqo inkor etgan. Iqtisodiy muvozanat nazariyasini rivojlantirishga o'z hissasini qo'shgan namoyondalardan biri bu - J.S.Milldir. U o'z asarida «Jamiyat ortiqcha puldan o'z kuchi bilan qutula olmaydi, shu sababli yagona yo'l narxning o'sishi bo'lib, faqat shu yo'l bilan talab va taklif o'rtasidagi muvozanatlikni ta’minlash mumkin»- deb ko'rsatadi. Uning fikricha, narx o'sishini talab va taklif o'rtasidagi mutanosiblik ta’minlanmagunga qadar davom ettirish zarur. XX asr boshlaridayoq iqtisodiy muvozanatlik nazariyasi iqtisodiyot fanida uning boshqa har qanday muammolariga qaraganda ancha aniq va yaqqol bayon qilingan. Bu tushunchaning mazmunini yoritib berish uchun bir qator ilmiy urinishlar bo'lganligiga qaramasdan, faqat shveytsariyalik Nobelb mukofoti sovrindori L. Valbras birinchilardan bo'lib yaxlit olingan umumiy bozor muvozanati modelini yaratishga hamda mazkur tushunchaning mazmunini ancha to' liq ilmiy yoritib berishga erishdi. Lekin L. Valbras umumiy bozor muvozanati modeliga matematik usulli tengliklar orqali juda oddiy yondashgan. Uning tadqiqot doirasida umumiy bozor muvozanatining ishlab chiqarish hajmi va narxlar o'zgarishining hamda boshqa bir qator omillarning ta’siri u ko'rsatgan matritsadagi birgina omillarning o'zgarishi orqali butun bir matematik tengliklar matritsasining (umumiy bozor muvozanatini xarakterlovchi talab va taklifning) buzilishiga olib kelinishi uning tadqiqot doirasida atroflicha hisobga olinmagan . Shunday qilib, o'tgan asrning boshlaridayoq umumiy bozor muvozanatining bazaviy modeli ilmiy tarzda shakllantirilgan bo'lib, asosan ko'pchilik iqtisodchi- olimlar tomonidan tan olingan edi. XX asrning 20 - yillari oxirlari va 30 - yillar boshlarida §arbdagi bozor iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlar iqtisodiyotida «Buyuk depressiya» nomi bilan mashhur bo'lgan barqaror va uzoq davom etgan, makroiqtisodiy beqarorlikka duchor bo'ldi. Bundan yuz yil oldin shakllantirilgan klassik nazariya ta’limoti ro'y bergan krizis jarayonlarning barcha jihatlari bo'yicha tushuntirib berishga layoqatsiz bo'lib qoldi. D.J. Keyns klassik iqtisodchilar nazariyasini tanqid qilib, iqtisodiyot nazariyasida haqiqiy to'ntarish qilishga olib kelgan nazariyasini yaratdi. Bu barcha iqtisodchilarning iqtisodiy muvozanatlik to'g'risidagi g'oyalari o'zlari yashagan muhit sharoitidan kelib chiqqan holda, bir muncha cheklangan xarakterga egadir. Avvalo, ularning iqtisodiy g'oyalari umumiy bozor muvozanatini tahlil qilish bilangina cheklanadi, xolos. Shu sababli ularning g'oyalari iqtisodiyotning umumiy muvozanatligi yoki iqtisodiy muvozanatlik tushunchasini to'liq yoritib berish darajasiga yetmagan, bu o'z navbatida iqtisodiy muvozanatning umumiy shart-sharoitlari va namoyon bo'lish shakllarini ham ko'rsatib berolmagan. Buning sababi oddiy bo'lib, tsiklik rivojlanish natijasida vujudga keladigan ishlab chiqarish sohalarini qamrab olgan va «ortiqcha ishlab chiqarish krizislari» deb nomlangan. Hozirgi zamon bozor iqtisodiyoti doimiy inflyatsiya va ishsizlik sharoitida rivojlanib, makroiqtisodiy beqarorlik xarakteri kuchayib borishi natijasida iqtisodiy muvozanatlikni ta’minlash ham ancha murakkab kechib, davlatning samarali makroiqtisodiy siyosat (moliya va pul kredit) olib borishini taqozo etadi. Hozirgi zamon iqtisodiy fanida iqtisodiy muvozanatlik tushunchasi o'quv adabiyotlari darajasida bo'lsada, barcha jihatlari (sabablari, oqibatlari, natijalari) bilan birgalikda ancha keng tadqiq qilinadi. Jumladan, iqtisodiy muvozanatlikning mohiyati, uni ta’minlash muammolari K.Makkonell, S.Bryular tomonidan yopiq va ochiq iqtisodiyot uchun yalpi talab va yalpi taklifning muvozanatligi orqali tushuntirilib beriladi. Ular ko'plab alohida olingan bozorlardagi muvozanatli narx va ishlab chiqarish hajmini o'rganish orqali xususiy muvozanatlikning tahlili bilan shug'ullangan bo'lsa, barcha turli xil bozorlardagi umumiy taklif hajmi va ulardagi narxlarning o'rtacha darajasi o'rtasidagi o'zaro bog'liqlikni keng miqyosda o'rganib chiqish orqali umumiy bozor muvozanatini ko'rsatib berishga harakat qiladilar. Yuqorida ko'rsatib o'tilgan mualliflar va boshqa ko'pchilik g'arb iqtisodchilari tomonidan iqtisodiy muvozanat tushunchasi bo'yicha zikr etilgan barcha iqtisodiy g'oyalar ham «umumiy bozor muvozanati» ya’ni yalpi talab va yalpi taklif muvozanati doirasi bilan cheklanadi. Bundan tashqari bu tushunchalar ancha mavhumlashtirilib, murakkab matematik tenglashtirishlar va grafikli tahlil usullari orqali bayon qilinadi. Bu esa iqtisodiy hodisa va jarayonlarning iqtisodiy mazmunini ilg'ab olishni ancha qiyinlashtiradi. Dunyodagi iqtisodiy jihatdan taraqqiy etgan mamlakatlar iqtisodiy tizimi yuzlab yillar davomida shakllanib, o'zining rivojlanishida nisbatan barqarorlikni saqlab qolishi (tsiklli rivojlanish natijasida kelib chiqadigan iqtisodiy beqarorliklarni hisobga olmaganda) o z-o zidan «umumiy iqtisodiy muvozanatlik» tushunchasini nazariy tadqiq qilishni «kun tartibi»dan chiqarib qo'yadi. Sobiq sotsialistik tizim amal qilib turgan davrda uning tarkibiga kirgan mamlakatlarda jamiyat ehtiyojlari va ishlab chiqarish hajmi bir markazdan turib muvofiqlashtirilib borilganligi tufayli iqtisodiy muvozanatlik muammosi o'quv adabiyotlarida, ilmiy tadqiqot ishlarida qayd qilinmagan va organilmagan. Ishlab chiqaruvchi kuchlarning rivojlanish darajasiga ishlab chiqarish munosabatlarining to'liq mos kelishi hamda «Planli va proportsional rivojlanish qonuni» ning amal qilishi, go'yoki o'z o'zicha iqtisodiy muvozanatlikni va takror ishlab chiqarishning to'xtovsiz kengayib borishini ta’minlaydi, degan aqidaning mavjud bo'lishi har qanday muvozanatlikni ilmiy-nazariy tadqiq qilishni ham inkor etgan. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti shu muommo bo'yicha fikr bildirib ta’kidlab o'tganidek, «Dono» Davlat Plan qo'mitasi, undan yuqoriroqda esa partiya Markazqo'mi qat’iy idoralarni ishga solib, ma’muriy yo'l bilan, reja-direktiv qarorlar tizimi orqali ishlab chiqaruvchi kuchlarning rivojlanish darajasi bilan ishlab chiqarish munosabatlarining xususiyati o'rtasida sun’iy muvozanat tiklanardi» \ Iqtisodiy muvozanatlik nazariyasidagi ikkinchi yo'nalish sobiq sotsialistik lager mamlakatlari iqtisodiy tizimining inqirozga uchrashi oqibatida vujudga keldi. Bu mamlakatlarda shiddatli tarzda ro'y bergan ijtimoiy-iqtisodiy beqarorliklar, ya’ni iqtisodiy o'sish sur’atlari va bandlik darajasining surunkali pasayib borishi, inflyatsion jarayonlarning noxush oqibatlari hamda takror ishlab chiqarishdagi doimiy ravishda vujudga kelib turgan boshqa nomutanosibliklar, makroiqtisodiy muvozanatlikka erishish orqali iqtisodiy o'sishni zarur qilib qo'ydi. Bu nazariya iqtisodiy fanlar oldiga «iqtisodiy muvozanatlik» tushunchasining iqtisodiy mazmunini, uni ta’minlashning shart-sharoitlarini va namoyon bo'lish shakllarini ilmiy nazariy tadqiq qilish vazifasini ham qo'yadi. Shu sababli sobiq SSSR hududida vujudga kelgan Mustaqil Xamdo'stlik Davlatlari iqtisodchi olimlari tomonidan mazkur muammoning nazariy va amaliy tomonlarini o'rganishga alohida e’tibor qaratila boshlandi. Bunda albatta rossiyalik iqtisod-chilar tomonidan bildirilgan fikr va qarashlar ustuvorlikka ega. Biroq, «iqtisodiy muvozanatlik tushunchasi» turli iqtisodchilar tomonidan turlicha talqin qilinadi. Ayrimlar, iqtisodiy muvozanatlikni cheklangan ishlab chiqarish resurslaridan foydalanish usullari va ularni jamiyat a’zolari ortasidagi taqsimlashning o'zaro mos kelishi sifatida tavsiflaydi1. Iqtisodiy muvozanat tushunchasiga berilgan bu ta’rif quyidagi sabablarga kora cheklangandir. Birinchidan, unda jamiyat ehtiyojlari bilan milliy ishlab chiqarish imkoniyatlari ya’ni mavjud iqtisodiy resurslar darajasi ortasidagi bog'liqlik tushuntirib berilmaydi. Ikkinchidan, muvozanatlik resurslardan foydalanish usullari bilan ularning taqsimlanishi ortasidagi bogliqlik sifatida bir tomonlama talqin qilinadi. Boshqalari iqtisodiy muvozanatlik milliy iqtisodiyotning shunday bir holatiki, bunda tovarlar va xiz-matlarni yaratishda foydalaniladigan cheklangan ishlab chiqarish resurslari va ularni jamiyatning turli a’zolari o'rtasida taqsimlanish jarayoni mos kelishi lozim, ya’ni resurslar va ulardan foydalanish natijalari, ishlab chiqarish va iste’mol, talab va taklif, moddiy buyumlashgan va moliyaviy oqimlar ortasida yalpi mutanosiblik mavjud bo'ladi degan fikrni ilgari suradi. Bunda iqtisodiy muvozanatlik tushunchasining mazmuni uning tarkibiy qismlari bilan birgalikda ancha to'liq ta’riflangan bo'lsada, ishlab chiqarishning natijalari uning pirovard maqsadi «jamiyat ehtiyojlari» bilan bog'lanmagan . Ko'pchilik hollarda makroiqtisodiy muvozanatlikka yuzaki yondashib, umumiy (abstrakt) ta’rif berilsa ayrim adabiyotlarda unga milliy mahsulot va milliy daromad alohida qismlari ortasidagi mahsulotlar va daromadlar ortasidagi ma’lum bir nisbat (makroiqtisodiy nisbat) sifatida qaraladi. Ko'pincha iqtisodiy muvozanatlik bozor muvozanatini xarakterlovchi yalpi talab va yalpi taklif ortasidagi nisbat sifatida ham talqin qilinadi. Yuqoridagi barcha qarashlarni umumlashtirib, iqtisodiy muvozanat tushunchasiga quyidagicha ta’rif berish mumkin. Iqtisodiy muvozanatlik - bu makroiqtisodiyot darajasida jamiyat ehtiyojlariga mavjud iqtisodiy resurslar miqdorining va ijtimoiy ishlab chiqarish natijalari hajmi hamda tarkibining o'zaro mos kelishligini xarakterlaydi. Iqtisodiy muvozanatlik milliy iqtisodiyotning turli darajasidagi (mikro va makro) har xil muvozanatliklarni qamrab oladi. Bu barcha muvozanatliklarni shartli ravishda umumiy va xususiy muvozanatliklarni ajratib ko'rsatish mumkin (5-chizma). Umumiy muvozanatlik makroiqtisodiy muvozanatlikni ancha to'liq darajada ifodalaydi. Download 41.08 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling