Umumiy muvozanatlik - bu jamiyatning barcha ehtiyojlari (aholi, davlat, korxona) va milliy ishlab chiqarish real hajmining o'zaro mos kelishlik darajasini bildiradi. Qiymat ifodasida bu muvozanatlik yalpi talab va yalpi taklifning nisbati orqali namoyon bo'ladi. Milliy iqtisodiyotda ro'y beradigan barcha ozgarishlar pirovard natijada yalpi talab va yalpi taklifdagi ozgarishlar orqali ifodalanadi.
Yalpi talab tovarlar bozorida taqdim qilingan pirovard tovarlar va xizmatlarga bo'lgan barcha alohida talablar yig'indisidan iborat. Iqtisodiy muvozanatlik yalpi talab va yalpi taklifning tengligini taqozo etsa ham, amaliyotda ularning nisbati o'rtasidagi o'zgarishining mumkin bo lgan har xil variantlari mavjud bo'ladi. Jumladan:
• Yalpi talabning ortishi. Ishlab chiqarish hajmi, milliy daromad va baholarning o'sishi bilan birga boradi;
• Yalpi talabning tushishi. Ishlab chiqarish hajmi, milliy daromad va baholarning pasayishi bilan;
• Yalpi taklifning ortishi. Ishlab chiqarish hajmining o'sishi bilan birga boradi va baholarning tushishini keltirib chiqaradi;
• Yalpi taklifning kamayishi va shunga mos ravishda ishlab chiqarishning qisqarishi, baholarning o'sishiga olib keladi.
Bu barcha shart-sharoitlar ideal holda potentsial imkoniyat darajada vujudga keladi. Real hayotda esa umumiy muvozanatlik tarkibiy nomutanosibliklar, resurslardan samarasiz foydalanish, baholarning beqarorligi, iqtisodiy tsikl fazalarining o'zgarishi, bozor konbyukturasi, bozor sub’ektlari daromadlari va talabi tarkibidagi ozgarishlar ta’sirida ta’minlanib boriladi.
Bunday sharoitda umumiy muvozanatlik holatini (yalpi talab va yalpi taklif mos kelishi), turg'un iqtisodiy otdagi shartli umumiy muvozanatlik sifatida qarab chiqishni taqozo etadi. Bu barcha aytilganlardan xulosa chiqaradigan bo'lsak, umumiy muvozanatlik butun ijtimoiy ishlab chiqarishning, mamlakat milliy iqtisodiyotining mutanosibligidir.
Bu barcha tarmoqlar, sohalar va iqtisodiyot birlamchi bo'g'inlarining bir me’yorda rivojlanishini ta’minlagan, iqtisodiy faoliyatning barcha qatnashchilari, barcha bozorlar va iqtisodiy jarayon munosabatlarining ayrim tomonlari ortasidagi barqarorlik xarakteridagi bir qator muvozanatliklar tizimini o'z ichiga oladi.
Makroiqtisodiy muvozanatlik va uning turlari.
Do'stlaringiz bilan baham: |