“milliy istiqlol g’oyasi huquq va ma’naviyat asoslari” ta’lim yo’nalishi
Download 0.52 Mb. Pdf ko'rish
|
yuridik shaxslarni soliqqa torti
Soliq va yig'imlarni hisoblab chiqarish va to'lash uchun zarur bo'lgan
deklaratsiyalar, hisob-kitoblar va hisobotlarni taqdim etmaganlik, yoki belgilanmagan shaklda taqdim etganlik uchun soliq to'lovchidan soliq to'lovchidan to'lov muddati o'tkazib yuborilgan har bir kun uchun tegishli summaning 1% miqdorida tegishli hisobot davri uchun ilgari hisoblab chiqarilgan to'lovlar chegirib tashlangan holda belgilangan to'lov muddatiga tegishli to'lov summasining 10%dan ko'p bo'lmagan miqdorda jarima undiriladi; Buxgalteriya hisobining yqo'ligi yoki uni belgilangan tartibda soliqlar va yig'imlar bo'yicha hisob-kitoblarning buzilishiga olib keladigan tarzda buzgan holda yuritganlik uchun soliq to'lovchidan qo'shimcha hisoblab chiqarilgan summaning 10% miqdorida jarima undiriladi; Agar bu huquqbuzarlik soliq summasini aniqlashga imkon bermasa eng kam ish haqining 50 baravari miqdorida jarima qo'llaniladi. Faoliyat turlari bilan litsenziyasiz shug'ullanganlik uchun shu faoliyatdan olingan butun daromad (foyda) va yana shuncha miqdorda jarima undiriladi; Tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirayotgan jismoniy shaxslar hisob- kitobda aks ettirmagan holda tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilish operatsiyalarini о 'tkazganligi uchun ulardan ana shu tovarlar (ishlar xizmatlar) qiymati miqdorida jarima undiriladi; Soliqlar va yig'imlar bo'yicha to'lov muddati o'tkazib yuborilgan xar bir kun uchun 0,05 % miqdorida penya undiriladi, to'lov kuni ham shunga kiradi. Tqlovlarni undirish soliq majburiyatlarini bajarishdan ozod qilmaydi. Davlat soliq qo'mitasi, QR Prokuraturasi qoshidagi soliq va valyuta jinoyatlariga qarshi kurashish Departamentiga yuridik shaxslar va tadbirkorlik faoliyati bilan shug'ullanuvchi jismoniy shaxslar tomonidan belgilangan 23 savdo qoidalariga rioya qilishni ta'minlash ustidan qattiq nazorat o'rnatish, ayniqsa, tovarlarni naqd pulga ulgurji sotishga yo'l qo'ymaslikka, nazorat kassa mashinalarining mavjudligiga, naqd pullarni o'z vaqtida inkassatsiya qilishiga e'tibor qaratish topshirildi. Aybdor shaxslarga nisbatan qonunchilikda belgilangan, jinoiy javobgarlikkacha bo'lgan javobgarlik choralari qo'llanilishi ta'kidlandi. Vazirlar Maxkamasining 2002 yil 28-noyabrdagi 414-sonli qaroriga ko'ra Monopollashtirishdan qaytish va raqobatni rivojlantirish Davlat qo'mitasi Koordinatsiya Kengashining ruxsatisiz tadbirkorlar huquqlarini himoya qilish qonunchiligining buzilishi hollarida ishlab chiqaruvchi, bajaruvchi va sotuvchi bo'lgan jismoniy shaxsga nisbatan 100 karra EKIX miqdorida jarima solish huquqiga ega bo'ldi. Bu jarima foydalanish muddati qtib ketgan yoki ko'rsatilmagan tovarlar sotilganda, kassa cheki bermasdan savdo qilinganda, iste'molchilarning mavjud huquqlarini bajarishdan bosh tortilgan hollarda qo'llaniladi. Qqmita bu jarimalarni o'zlari o'tkazgan tekshirish y akunlari, shuningdek, iste'molchilarning arizalari asosida, monitoring natijalariga ko'ra qo'llashlari mumkin. Qasddan daromadlarni yashirish va yuridik va jismoniy shaxslarning soliqlarni to'lashdan bo'yin tovlash belgilari Vazirlar Maxkamasining 1997-yil 23-oktyabrdagi 483-sonli qarori bilan o'rnatilgan ular quyidagilardir: 1) hujjatlarni o'zgartirish (qchirish, noqonuniy to'g'rilash); 2) soxtalashtirilgan birlamchi buxgalteriya hujjatlaridan foydalanish; 3) ishlab chiqarishda foydalanilmagan moddiy xarajatlarni hisobdan chiqarish; 4) korxonada ishlamaydigan lekin shtatlar soniga kiritilgan shaxslarga ish haqi hisoblash orqali mehnatga haq to'lash xarajatlarini ko'paytirish; 5) sotishdan tushumni hisobot davridan keyingi davrga o'tkazish (sotish xajmi va daromadni qasddan kamaytirib ko'rsatish); 6) moddiy, yoqilg'i-energetik resurslar, amortizatsiyani hisoblash me'yorlarini (limitlarini) sun'iy ko'tarish yoki noto'g'ri qo'llash; 7) hujjatlarni yo'q qilish yoki uni ko'rsatishdan bosh tortish: 8) sotish joylarida tegishli ravishda buxgalteriya va boshqa hujjatlar bilan rasmiylashtirilmagan mahsulot (tovarlar)ning mavjudligi; 9) davlat ro'yxatidan qtmasdan va soliq organiga hisobga turmasdan xo'jalik (tadbirkorlik) faoliyatini yuritish; 10) davlat soliq organlarining yozma tashrif qog'ozi bo'la turib, ikki va undan ortiq manbadan daromad oluvchi jismoniy shaxslar tomonidan daromadlar to'g'risidagi deklaratsiyaning taqdim etilmasligi. Ushbu qarorning 9-qismiga ko'ra yashirilgan yoki pasaytirilgan daromadning barcha summasini undirish ko'rinishidagi moliyaviy jazo va xuddi shu miqdordagi jarima faqat davlat soliq organlari tomonidan faqat hujjatli tekshirish natijalariga ko'ra va soliq to'lashdan bosh tortish yoki qasddan daromad (foyda)larni yashirish (pasaytirish) belgilari mavjud bo'lgan hollardagina qo'llaniladi. Soliq bazasini hisoblashdagi soliq qonunchiligining buzilishi soliq hisoblarining 24 noto'g'ri tuzilishi deb qaraladi hamda moliyaviy jazo va penyalar qo'shimcha hisoblangan summaga nisbatan qo'llaniladi. Shuni ta'kidlab o'tish joizki, agar soliq to'lovchi soliq qonunchiligining bir necha qoidalarini buzgan bo'lsa, moliyaviy jarimalar har bir qonunbuzarlikka nisbatan alohida qo'llaniladi. Agar moliyaviy jazoga tortilgan shaxs moliyaviy to'lovni amalga oshirganidan so'ng bir yil ichida qaytadan soliq qonunchiligini buzmagan holda u qonuni buzgan hisoblanmaydi. Xulosa. Soliq sohasida ishlarni yuritishda davlat soliq organlari maqsadi va vazifalari O’zbеkiston Rеspublikasi DSKning nazorat tortish Bosh Boshkarmasi ularning funktsional vazifalari va ularning rеjim va ishlari bo’yicha Bosh Boshqarmasi va soliq solish sohasida O’zbеkiston Rеspublikasi davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining vakolatlari haqida ma'lumot bеrilgandir. Mazkur kurs ishida respublikamizda yuridik shaxslarni soliqqa tortishda soliq nazoratini tashkil etish holati, huquqiy asoslari, soliq nazoratini amalga oshirish usullari, shakllari, mavjud muammolar optimallashtirish yo'nalishlari ko'rib chiqilgan. Kurs ishidan oliy o’quv yurtlari talabalari, magistrlari, professor- o'qituvchilar o’z ilmiy ishlarida keng foydalanishlari mumkin. Olimlar, professorlar, pedagoglar va talabalar ushbu kurs ishi orqali quyidagi ma’lumotlarga, yani soliq nazoratining tashkiliy va huquqiy asoslari, nazorat turlari va ularni yuritish shakllari, soliq tekshirishlari turlari va ularni tashkil qilish tartibi, soliq tckshirishlarini o'tkazish tartibi, soliq nazoratini tezkor shaklda yuritish tartibi, soliq tizimidagi qonunbuzarliklar va ularning kelib chiqish sabablari, soliq qonunchiligini buzganlik uchun moliyaviy, ma'muriy va jinoiy javobgarlik choralari haqidagi o’zlari qiziqqan ma’lumaotlarni olishlari mumkin. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling