“milliy istiqlol g’oyasi huquq va ma’naviyat asoslari” ta’lim yo’nalishi
Download 0.52 Mb. Pdf ko'rish
|
yuridik shaxslarni soliqqa torti
- Bu sahifa navigatsiya:
- Muammoning o’rganilish darajasi.
Kirish.
Mavzuning dolzarbligi. So'nggi yillarda respublikamizda davlat soliq xizmati organlari uchun kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish, yuqori malakali kadrlar tayyorlash yuzasidan kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Soliq organlari inspektorlarining asosiy faoliyati byudjetga undiriladigan soliqlar, yig'imlar va davlatning maqsadli fondlariga to'lovlarning o'z vaqtida va to'liq undirilishi ustidan nazorat o'rnatishidir. Bundan tashqari soliq nazorati avvalo, soliq to'lovchilarning qonunga bo'ysinish ko'nikmasini tarbiyalashi, hamda soliq to'lovchilarda soliq ob'ektlarini yashirishdan ko'ra uni vaqtida va to'liq to'lash to'g'riroq ekanligini anglatishi kerak. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti ta'kidlab o'tganidek "Ularning bosh vazifasi nafaqat byudjetga soliqlarning o'z vaqtida va to'liq undirilishini ta'minlash, balki soliq huquqbuzarliklarining oldini olish maqsadida soliq to'lovchilarga doimiy yordam berishlari va ularni o'qitishlari muhimdir" 1 Kurs ishining dolzarbligi shundaki ta'lim jarayonini Davlat ta'lim standartlari va o'quv metodik adabiyotlarning yangi avlodi bilan ta'minlash talablari talaba va magistrlar uchun yangi adabiyotlarni yaratishni taqozo qilmoqda. Shu jihatdan mazkur kurs ishi muhim ahamiyatga ega. Hozirgi paytda soliq nazorati yuritish tartibini, uni samarali tashkil etishni, korxonalarda ichki soliq nazoratini o'rnatish tartibini bilish va takomillashtirish nafaqat soliq inspektorlari balki tadbirkorlik sub'ektlari, buxgalterlar, auditorlar uchun ham muhimdir. Mazkur kurs ishi soliq nazoratini tashkil etish yuzasidan qabul qilingan qonunlar, nizomlar, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining soliq nazoratini erkinlashtirish yuzasidan farmonlari, qarorlari va boshqa me'yoriy xuquqiy hujjatlarni o'z ichiga olgan. Muammoning o’rganilish darajasi. Soliq huquqi fanidan ”Yuridik shaxslarni soliqqa tortishda soliq idoralari nazorati” mavzusining o’qitilishidan kelib chiqqan holda “Soliq huquqi, soliq nazorati tushunchalari, xususiyatlari va umumiy soliq huquqi tizimida tutgan o’rni, soliq huquqi fanining rivojlanish tarixi, soliq huquqining asosiy yo’nalishlari va prеdmеti, soliq huquqining tamoyillari, manbalari, usullari va tizimi” masalalari yuzasidan mavjud ilmiy adabiyotlar, nashrlar va darsliklar tahlili shuni ko’rsatdaki, soliq huquqining ushbu yo’nalishlari bo’yicha ko’plab olimlar, mutaxassislar, huquqshunoslar va 1 I.A.Karimov. Bosh maqsadimiz - jamiyatni demokratlashtirish va yangilash, mamlakatni modernizatsiya va isloh qilishdir. - T.:O'zbekiston 2005. 4 pedagoglar tomonidan ilmiy izlanishlar olib borilgan va samarali natijalarga erishilgan. Masalan, Aliev S 2 , Isroilov В 3 , Isroilov I. Muradov F 4 , Juraev A 5 , Toshmurodova B.E 6 , Anoshkina V., Minibaev T 7 , Tixonov D.N 8 , Porollo E.V 9 , Porshnev A.G 10 va boshqa ko’plab mutaxassislarning ilmiy izlanishlarida, kitoblarida hamda o’quv va uslubiyqo’llanmalarida soliq va soliq huquqiga oid masalalar o’rganilgan. Biroq “Soliq huquqi”ning ”Yuridik shaxslarni soliqqa tortishda soliq idoralari nazorati” yo’nalishi bo’yicha aniq ilmiy izlanishlar olib borilmagan. Download 0.52 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling