“milliy istiqlol g’oyasi huquq va ma’naviyat asoslari” ta’lim yo’nalishi
Download 0.52 Mb. Pdf ko'rish
|
yuridik shaxslarni soliqqa torti
- Bu sahifa navigatsiya:
- Rejadan tashqari tekshiruvlar
Rejali tekshirishlar yiliga ко'pi bilan bir marta odatda kompleks tekshiruvlar
ko'rinishida amalga oshiriladi. Moliya xo'jalik faoliyatini tekshirishlar bundan mustasno. 12 Qonun hujjatlarida belgilangan talablarga to'liq rioya etadigan tadbirkorlik sub'ektlari faoliyatini rejali tekshirishlar, nazorat qiluvchi organlar tomonidan ко'pi bilan ikki yilda bir marta amalga oshiriladi. Rejadan tashqari tekshiruvlar ham mavjud bo'lib, ular quyidagi hollarda amalga oshirilishi mumkin: • O'zbekiston Respublikasi Prezidenti yoki Hukumatning qarorlaridan kelib chiqib tekshiruvlar o'tkazish zarurati tug'ilganda (Bunda tekshiriladigan sub'ekt nomi aniq ko'rsatilgan bo'lsa, Kengash yoki uning viloyat komissiyasi roziligini olish talab qilinmaydi); • nazorat qiluvchi organga xo'jalik sub'ekti tomonidan qo- nunlarning va boshqa qonunchilik hujjatlarining buzilish hollari haqidagi qo'shimcha ma'lumotlari kelib tushganida (korxonalar tashkilotlar muassasalar va fuqarolardan kelib tushgan, aniq dalillangan va hujjatlar bilan tasdiqlangan huquqbuzarlik holatlari ko'rsatilgan axborot qo'shimcha ma'lumot bo'lib xizmat qilishi mumkin); • favqulodda vaziyatlar yuzaga kelishini oldini olish uchun; • sanitariya-epidemiologiya holatining murakkablashuvi, • shuningdek, qo’shni davlatlardan yuqumli kasalliklar keltirilishi va tarqatilishi xavfi tug'ilganda. Rejadan tashqari tekshiruvlar yana DSQ Bosh nazorat-taftish boshqarmasi tomonidan hamda O'zbekiston Respublikasi Prokuraturasi qoshidagi soliq va valyuta jinoyatchiligiga qarshi kurash Departamenti tomonidan Kengash ruxsatisiz quyidagilarni aniqlash maqsadlarda amalga oshiriladi: • mahsulot import qiluvchi jismoniy shaxslarda tijorat maqsadida tovar olib kirganligini va bojxona to'lovlarini (shu jumladan bojxonada to'lanadigan soliqlarni) to'laganligini tasdiqlovchi hujjatlarning mavjudligi. Bu hujjatlar mavjud bo'1magan holada tovarlar musodara qilinadi (lekin bunday muso- daraning sud orqali amalga oshirilishi maqsadga muvofiq); • chakana va ulgurji savdo hamda umumiy ovqatlanish tashkilotlari tomonidan spirtli ichimliklar va tamaki mahsulotlarining belgilangan tartibda sotishi. Shuningdek, yuqoridagi tashkilotlar ulgurji va chakana savdo, umumiy ovqatlanish va pulli xizmatlar ko'rsatish sohasida savdo qoidalariga rioya qilish va naqd pulni topshirish bo'yicha rejadan tashqari tezkor o'tkazishlari mumkin. Oxirgi vaqtda bunday tekshirishlar ko'payganligini ta'kidlash mumkin. Tekshirishlarni o'tkazishda mutaxassislar, auditorlar yoki auditorlik firmalari jalb qilinganda ekspert o'tkazish harajatlarini to'lash tekshirishni belgilagan nazorat organlari hisobiga amalga oshirish kerakligini e'tiborga olish zarur. 13 |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling