“milliy istiqlol g’oyasi huquq va ma’naviyat asoslari” ta’lim yo’nalishi
Download 0.52 Mb. Pdf ko'rish
|
yuridik shaxslarni soliqqa torti
- Bu sahifa navigatsiya:
- Songgi nazorat
- Davriy nazorat
- -hujjatli nazorat
2.Nazorat turlari va ularni yuritish shakllari. Soliq nazoratini tashkil etilishiga qarab uch guruhga bo'lish mumkin: 1. Dastlabki nazorat (reja-prognozlar tuzish, ma'lumotlar yig'ish va boshqalar). 2. Joriy nazorat (moliya, soliq hisobotlarini tekshirish, rejalar bajarishini tahlil qilish va boshqalar). 3. So'nggi nazorat (joylarga borib tekshirishlar o'tkazish, audit, inventarizatsiya va har xil reviziyalar o'tkazish). Bajarish muddatlariga ko'ra nazorat tezkor (operativ) va davriy turlarga bo'linadi: Tezkor nazorat hisobot oyi ichida nazorat qilinadigan jarayon, operatsiya va xatti-harakat tugaganidan sqng uning sifat va miqdor tavsifiga muvofiq bajariladigan tekshirishdan iborat-dir. Rejadagi, tezkor-texnik, statistika va buxgalteriya axboroti tezkor nazorat uchun ma'lumot manbai bo'lib xizmat qiladi. Davriy nazorat muayyan hisobot davri uchun rejalar, me'yorlar, birlamchi hujjatlar, ishlab chiqarish, moddiy va boshqa hisobotlar ma'lumotlari, hisob registrlari, hisobotlar va boshqa manbalardagi yozuvlar bo'yicha tekshirishdir. Qonunchilik, shu jumladan, soliq qonunlari talablariga rioya etilayotganini, xo'jalik operatsiyalari va jarayonlari to'g'ri, o'z vaqtid a va maqsadga muvoflq olib borilayotganini aniqlash, tekshirilayotgan ob'ekt (yuridik, jismoniy, mansabdor shaxs) ishidagi qonunbuzarliklar va kamchiliklarni ochib tashlash va ularni bartaraf etish choralarini ko'rish mazkur tekshirishning vazifasidir. Ma'lumotlar manbalariga ko'ra nazorat hujjatli va faktli turlarga bo'linadi. -hujjatli nazorat tekshirishning shunday turiki, bunda tekshirilayotgan ob'ekt mazmuni hamda uning reglamentlangan qiymatga muvoflqligi hujjatlarda (birlamchi va yig'ma) ko'rsatilgan ma'lumotlar asosida tekshiriladi -ashyoviy dalillarga asoslangan nazorat shunday tekshirishki, bunda tekshirilayotgan ob'ektning miqdor va sifat holati ishlab chiqarishdagi xomashyo va materiallarni tekshirish, ko'zdan kechirish, o’lchash, qayta sanash, tarozida tortish, laboratoriyada tekshirish, ekspertizalarni o'tkazish, nazorat tariqasida xarid qilish va shu kabi boshqa usullar yordamida tekshiriladi. Demak, nazorat vositasidan amalga oshirilayotgan faoliyatning qonuniyligi va maqsadga muvofiqligi, turli darajadagi byudjetlarga soliqlar, yig'imlar, bojlar va boshqa to'lovlar o'z vaqtida to'lanishi tekshiriladi, shuningdek, soliq qonunchiligi buzilishining sabablari hamda aybdorlari aniqlanadi. Shunday qilib, soliq faoliyatidagi nazorat davlat boshqaruvi vakolatli organining soliq to'lovchilar soliq qonunchiligi talablariga rioya qilishlari ustidan rahbarlik qilish usulidir. Soliq nazoratining asosiy usuli soliq to'lovchilarni hujjatli tekshirishdir. Yuridik shaxslarni hujjatli tekshirish inspektsiya ishining yillik rejalari va har bir ish uchastkasi bo'yicha tuziladigan tekshirishlarning choraklik grafiklariga 8 muvofiq amalga oshiriladi. Ular, birinchi navbatda, yirik miqdorda foydaga ega bo'lgan yoki buxgalteriya hisobini yuritishda va soliq qonunchiligiga rioya qilishda qo’pol xatoga yo'l qo'yayotgan korxonalar, shuningdek, zarar ko'rish sabablarini aniqlash va ularni bankrot deb e'lon etish uchun zarar ko'rib ishlayotgan barcha korxonalar kiritiladi. Hujjatli tekshirish, odatda, 30 kundan oshmasligi lozim. Ushbu muddat favqulodda hollarda Davlat soliq boshqarmasi, inspektsiya rahbari yoki uning o'rinbosari ruxsati bilan uzaytirilishi mumkin. Soliq idoralari birlamchi hujjatlar va hisob registrlarini tekshirganda yalpi yoki tanlab olish usullarini qo'llaydilar. Download 0.52 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling