“milliy istiqlol g’oyasi huquq va ma’naviyat asoslari” ta’lim yo’nalishi


Download 0.52 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/14
Sana07.03.2023
Hajmi0.52 Mb.
#1244057
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
yuridik shaxslarni soliqqa torti

 
 
2.Nazorat turlari va ularni yuritish shakllari.  
Soliq nazoratini tashkil etilishiga qarab uch guruhga bo'lish mumkin: 
1. Dastlabki nazorat (reja-prognozlar tuzish, ma'lumotlar yig'ish va 
boshqalar). 
2. Joriy nazorat (moliya, soliq hisobotlarini tekshirish, rejalar 
bajarishini tahlil qilish va boshqalar). 
3. So'nggi nazorat (joylarga borib tekshirishlar o'tkazish, audit, 
inventarizatsiya va har xil reviziyalar o'tkazish). 
Bajarish muddatlariga ko'ra nazorat tezkor (operativ) va davriy turlarga 
bo'linadi: 
Tezkor nazorat hisobot oyi ichida nazorat qilinadigan jarayon, operatsiya va 
xatti-harakat tugaganidan sqng uning sifat va miqdor tavsifiga muvofiq 
bajariladigan tekshirishdan iborat-dir. Rejadagi, tezkor-texnik, statistika va 
buxgalteriya axboroti tezkor nazorat uchun ma'lumot manbai bo'lib xizmat qiladi. 
Davriy nazorat muayyan hisobot davri uchun rejalar, me'yorlar, birlamchi 
hujjatlar, ishlab chiqarish, moddiy va boshqa hisobotlar ma'lumotlari, hisob 
registrlari, hisobotlar va boshqa manbalardagi yozuvlar bo'yicha tekshirishdir. 
Qonunchilik, shu jumladan, soliq qonunlari talablariga rioya etilayotganini, xo'jalik 
operatsiyalari va jarayonlari to'g'ri, o'z vaqtid a va maqsadga muvoflq olib 
borilayotganini aniqlash, tekshirilayotgan ob'ekt (yuridik, jismoniy, mansabdor 
shaxs) ishidagi qonunbuzarliklar va kamchiliklarni ochib tashlash va ularni 
bartaraf etish choralarini ko'rish mazkur tekshirishning vazifasidir. 
Ma'lumotlar manbalariga ko'ra nazorat hujjatli va faktli turlarga bo'linadi. 
-hujjatli nazorat tekshirishning shunday turiki, bunda tekshirilayotgan 
ob'ekt mazmuni hamda uning reglamentlangan qiymatga muvoflqligi hujjatlarda 
(birlamchi va yig'ma) ko'rsatilgan ma'lumotlar asosida tekshiriladi 
-ashyoviy dalillarga asoslangan nazorat shunday tekshirishki, bunda 
tekshirilayotgan ob'ektning miqdor va sifat holati ishlab chiqarishdagi xomashyo 
va materiallarni tekshirish, ko'zdan kechirish, o’lchash, qayta sanash, tarozida
tortish, laboratoriyada tekshirish, ekspertizalarni o'tkazish, nazorat tariqasida 
xarid qilish va shu kabi boshqa usullar yordamida tekshiriladi. 
Demak, nazorat vositasidan amalga oshirilayotgan faoliyatning qonuniyligi va 
maqsadga muvofiqligi, turli darajadagi byudjetlarga soliqlar, yig'imlar, bojlar va 
boshqa to'lovlar o'z vaqtida to'lanishi tekshiriladi, shuningdek, soliq qonunchiligi 
buzilishining sabablari hamda aybdorlari aniqlanadi. 
Shunday qilib, soliq faoliyatidagi nazorat davlat boshqaruvi vakolatli organining 
soliq to'lovchilar soliq qonunchiligi talablariga rioya qilishlari ustidan rahbarlik 
qilish usulidir. 
Soliq nazoratining asosiy usuli soliq to'lovchilarni hujjatli tekshirishdir. 
Yuridik shaxslarni hujjatli tekshirish inspektsiya ishining yillik rejalari va har bir 
ish uchastkasi bo'yicha tuziladigan tekshirishlarning choraklik grafiklariga 



muvofiq amalga oshiriladi. Ular, birinchi navbatda, yirik miqdorda foydaga ega 
bo'lgan yoki buxgalteriya hisobini yuritishda va soliq qonunchiligiga rioya qilishda 
qo’pol xatoga yo'l qo'yayotgan korxonalar, shuningdek, zarar ko'rish sabablarini 
aniqlash va ularni bankrot deb e'lon etish uchun zarar ko'rib ishlayotgan barcha 
korxonalar kiritiladi. 
Hujjatli tekshirish, odatda, 30 kundan oshmasligi lozim. Ushbu muddat favqulodda 
hollarda Davlat soliq boshqarmasi, inspektsiya rahbari yoki uning o'rinbosari ruxsati 
bilan uzaytirilishi mumkin. 
Soliq idoralari birlamchi hujjatlar va hisob registrlarini tekshirganda yalpi yoki 
tanlab olish usullarini qo'llaydilar. 

Download 0.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling