“ Biologiya fanida isbot va dalillarga asoslangan topshiriqlar tuzish. ” mavzusidan ma’ruza matni


Download 289.27 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/6
Sana22.06.2023
Hajmi289.27 Kb.
#1650063
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
HYPpckV3N2Vjragqu9nYwA1JN8nqhON2hY3SyrVz



A.AVLONIY NOMIDAGI XALQ TA’LIMI MUAMMOLARINI 
O‘RGANISH VA ISTIQBOLLARINI BELGILASH ILMIY-TADQIQOT 
INSTITUTI 
 
 
 
 
“Uzluksiz kasbiy rivojlantirish – 2022” loyihasi 
 
 
 
Fandagi yangiliklar, fanni o‘qitishning dolzarb masalalari  
yoki
O‘quvchilar kompetensiyalarini baholash usullari va vositalari  
moduli bo‘yicha 
 
 
“ZAMONAVIY PEDAGOGIK YONDASHUVLAR VA O‘LCHOVLAR”
 
o‘quv kursining
“ Biologiya fanida isbot va dalillarga asoslangan topshiriqlar tuzish. ” 
mavzusidan ma’ruza matni 
 
 
 
 
 
 
 
Ma’ruzasi: Azimova Dilrabo ergashevna 
Toshkent 2021 
 


2-Mavzu: Biologiya fanida isbot va dalillarga asoslangan topshiriqlar 
tuzish. 
 
Reja: 
1. Pedagogik kvalimetriya. 
2. Pedagogik kvalimetriyaning fan sifatidagi asosiy vazifalari. 
3. Isbot va dalillarga asoslangan topshiriq namunalari. 
O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim 
tizimini mazmunan yangilash

axborotlar globallashgan bir davrda mazkur ta’lim tizimida pedagogik faoliyat 
yuritayotgan professor-o‘qituvchilarning ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etishni 
modernizastiyalash, mazkur jarayonga innovastion texnologiyalarni qo‘llashga 
oid 
metodik bilim
, ko‘nikma va malakalarini yangilash bugungi kunning dolzarb 
muammolaridan biri sanaladi. Oliy ta’lim muassasalarida pedagogik faoliyat 
yuritayotgan professor-o‘qituvchilarning ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etishni 
modernizastiyalash, maqsadga muvofiq tashkil etishga zamin tayyorlaydigan o‘quv-
metodik majmua, 
elektron darsliklar
, nostandart adaptiv testlar banki, o‘quv kurslari 
bo‘yicha silabus yaratish orqali talabalarning bilish 
faoliyatini faollashtirish
, ta’lim 
samaradorligiga erishish uchun zarur bo‘lgan metodik bilim, ko‘nikma va 
malakalarini 
rivojlantirish va yangilash
, ularni davlat talablari va jahon ta’lim 
standartlari darajasiga ko‘tarish islohotlar davrining asosiy masalalaridan biri 
hisoblanadi. Yuqoridagi vazifalarni e’tiborga olgan holda professor-o‘qituvchilar 
ta’lim- tarbiya jarayonida ta’lim mazmuniga bog‘liq innovastion ta’lim 
texnologiyalarini tanlash, mashg‘ulotlar ishlanmasi va texnologik 
xaritalarni 
loyihalash
, ularda belgilangan o‘quv maqsadlarni amalda qo‘llay olishi, 
talabalarning yosh, psixologik va ergonomik xususiyatlariga asosan talaba shaxsiga 
yo‘naltirilgan ta’limni tashkil eta olishi lozim. Pedagogik kvalimetriya fanlar 
bo‘yicha zamon talablariga javob beradigan innovastion texnologiyalarga 
asoslangan mashg‘ulotlar ishlanmasi va texnologik xaritalarni loyihalashga 
o‘rgatish dasturning asosiy maqsadini belgilab beradi. Pedagogik kvalimetriya 
bo‘lajak pedagogik kadrlarning pedagogikfaoliyatga tayyorgarlik darajasining 
malaka talablariga mosligi, uzluksizta’lim tizimida pedagogik faoliyat yuritayotgan 
o‘qituvchilarning kasbiymalakasi, mazkur bosqichda tashkil etiladigan ta’lim-
tarbiya jarayoniningsifati, talabalarning o‘zlashtirgan bilim, ko‘nika va malakalari, 
kasbiykompetensiyasi (layoqati)ning DTS bilan me’yorlangan bilim, ko‘nika 
vamalakalarga 
mosligi, 
oliy 
ta’lim 
muassasalari, 
shu 
jumladan 
mavjudkafedralarning pedagogik kadrlar tayyorlash sifati, o‘quv rejadan o‘rin 
olgankurslarning moddiy va didaktik ta’minoti sifatini belgilangan tartibgamuvofiq 
reyting asosida nazorat qiladi va baholaydi. 



Download 289.27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling