“milliy istiqlol g’oyasi huquq va ma’naviyat asoslari” ta’lim yo’nalishi


 Soliq tekshirishlarini o'tkazish tartibi


Download 0.52 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/14
Sana07.03.2023
Hajmi0.52 Mb.
#1244057
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
yuridik shaxslarni soliqqa torti

4. Soliq tekshirishlarini o'tkazish tartibi. 
Soliq tekshirishlarini o'tkazishning birinchi bosqichi DSXO mansabdor 
shaxslarining soliq tekshirishlarini o'tkazadigan joylarga kirish tartib-qoidalarini 
belgilashdan boshlanadi. 
Soliq tekshirishlarini boshlashdan oldin, naqd pul tushumi va foy dalanishiga 
oid qisqa muddatli tekshiruvlarda esa soliq tekshirishi tugagunga qadar davlat soliq 
xizmati organlari mansabdor shaxslari quyidagilarni amalga oshirishi lozim: 
1) soliq to'lovchini, soliq agentini yoki ularning vakillarini soliq 
tekshirishining maqsadi va shartlari bilan tanishtirishi; 
2) soliq to'lovchiga, soliq agentiga yoki ularning vakillariga xo'jalik 
sub'ektlarini tekshirish muvofiqlashtiruvchi rejasidan ko'chirmani yoki 
nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi Kengash vakolatli 
organi (hududiy bo'linmasi)ning rejadan tashqari, qisqa muddatli yoki
muqobil tekshirish o'tkazish haqidagi qaroridan ko'chirmani; tegishli soliq
tekshirishi o'tkazish haqidagi davlat soliq xizmati organi buyrug'i nusxasini va 
tekshirish o'tkazish rejasini taqdim etadi. Bularni olganligi haqida soliq 
to'lovchi imzo chekib tasdiqlaydi. 
3) mansabdor shaxsga soliq tekshirilishi ruxsat etilishi haqidagi maxsus 
guvohnomani taqdim etishi; 
4) qonunchilikda belgilangan tartibda tekshirishlarni ro'yxatdan o'tkazish 
kitobida yozuvni amalga oshiradi. 
Soliq 
to'lovchiga 
yuqoridagi 
hujjatlarning 
taqdim 
etilishi 
soliq 
tekshirilishining boshlanishini bildiradi. Bu hujjatlarni soliq to'lovchining olishdan 
bosh tortishi soliq tekshirishini bekor qilishga asos bo'la olmaydi. 
Soliq to'lovchi yoki soliq agenti davlat soliq organi mansabdor shaxslarini 
quyidagi hollarda tekshirish hududiga kiritmaslikka haqlari bor: 
yuqorida ko'rsatilgan hujjatlar taqdim etilmasa yoki belgilangan tartibda 
rasmiylashtirilmagan bo'lsa; 
tekshiruvchi shaxs teshirishni o'tkazish haqidagi buyruqda ko'rsatilgan bo'lmasa 
yoki tekshirish o'tkazishga maxsus guvohnomasi bo'lsa; 
buyruqda ko'rsatilgan tekshirish muddati hali kelmagan yoki qtib ketgan bo'lsa; 
tekshiruvchi shaxs tekshirishlarni qayd qilish kitobiga imzo chekishdan bosh 
tortsa. 
Davlat soliq xizmati organi mansabdor shaxslarini tekshirish hududiga yoki 
binosiga kiritishga tqsqinlik qilinganda dalolatnoma tuziladi. 
Davlat soliq xizmati organi mansabdor shaxslarini tekshirish hududiga yoki 
binosiga (istiqomat joylardan tashqari) kiritishga noqonuniy tqsqinlik qilinganda, 
shuningdek, mansabdor shaxslarning o'z xizmat vazifalarini bajarishlariga 
tqsqinlik qilish qonunchilikda belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladi. 
Ularning bunday to'sqinlik qilishlari uchun javobgarlikka tortilishi soliq tekshi-
rishlarini bekor qilish uchun asos bo'la olmaydi. 
Soliq organi mansabdor shaxslarining uy joylarga unda istiqomat qiluvchi 
jismoniy shaxslarning ruxsatisiz kirishiga yo'l qo'yilmaydi. Qonunchilik bilan 


15 
belgilangan yoki sud qarori asosida amalga oshirilgan hollardan tashqari. 
Soliq tekshirish o'tkazishning keyingi bosqichi hudud va inshootlarni kuzatish va 
mulklarni inventarizatsiyalashdir. 
Tekshirish o'tkazuvchi mansabdor shaxslar tekshirish to'liqligini ta'minlashda 
ahamiyati bo'lgan holatlarni aniqlash maqsadida ishlab chiqarish, ombor, savdo va 
boshqa inshootlar va yuridik va jismoniy shaxslar daromad olish uchun 
foydalanadigan yoki soliq ob'ekti mazmuni bilan bog'dangan joylarni ular 
joylashgan joydan qat'i nazar kuzatish huquqiga ega. 
Hudud va inshootlarni kuzatish soliq to'lovchi yoki soliq agenti vakili ishtirokida 
amalga oshiriladi. 
Kuzatish natijalari bo'yicha talablarga rioya qilingan holda bayonnoma tuziladi. 
Kuzatuv jarayonida foto va kinotasvir, videoyozuv soliq to'lovchiga bildirilgan 
holda amalga oshirilishi mumkin va bu haqda bayonnomada ko'rsatiladi. 
Soliq to'lovchiga tegishli bo'lgan mulklarni inventarizatsiya qilish haqiqatda 
mavjud bo'lgan mulklarni buxgalteriya hisobidagi ma'lumotlar bilan solishtirish 
uchun, barcha mulkdor hisobi to'g'ri aks ettirilganligiga shubha uyg'ongan holatlarda 
amalga oshiriladi. 
Inventarizatsiya natijalari bo'yicha inventarizatsiya dalolatnomasi tuziladi. 
Soliq tekshirishlarida inventarizatsiya o'tkazish tartibi DSQ tomonidan Moliya 
vazirligi bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi. 
Tekshirish o'tkazayotgan DSXO mansabdor shaxslarida inventarizatsiya 
qilinayotgan mulklar yoki pul mablag'lari ishlatib yuborilganligi to'g'risida 
etarlicha asos bo'lgan taqdirda, ular g'aznani va tovar-moddiy boyliklar saqlash 
joylarini o'rnatilgan tartibda muhrlab qo'yish huquqiga ega. 
Muhrlab qo'yish bu haqda bayonnoma tuzish va soliq to'lovchi vakili ishtirokida 
bo'ladi, hamda faqat soliq tekshirilishi o'tkazilayotgan davrda va ikki kundan ortiq 
bo'lmagan muddatga ruxsat beriladi. 
Tekshiruvchi mansabdor shaxslar tekshirilayotgan soliq to'lovchilardan soliqlar 
va majburiy to'lovlarni hisoblash va to'lash bilan bog'liq hujjatlarni talab qilish 
huquqiga ega. 
Soliq to'lovchi yoki soliq agenti talab qilingan hujjatlarni yozma talabnoma 
berilgandan keyin ikki ish kunidan kechiktirmasdan berishi kerak. 
Hujjatlar nusxa ko'rinishida, soliq to'lovchining imzosi va muhri bilan 
ishonchliligi ko'rsatilgan holda taqdim etiladi. 


Download 0.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling