“milliy istiqlol g’oyasi huquq va ma’naviyat asoslari” ta’lim yo’nalishi


Download 0.52 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/14
Sana07.03.2023
Hajmi0.52 Mb.
#1244057
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
yuridik shaxslarni soliqqa torti

Yalpi usul barcha hujjatlarni, jumladan, buxgalteriya hisobi registridagi 
yozuvlarni tekshirish bilan xarakterlanadi. Odatda, kassa va bank operatsiyalari yalpi 
tekshirishdan o'tkaziladi. Mahsulot etkazib beruvchilar, xaridorlar, buyurtmachilar, 
debitorlar va boshqa kreditorlar bilan hisob-kitoblar, shuningdek, korxona 
faoliyatining boshqa uchastkalari dasturda ko'rsatilgan hollarda yalpi usul bilan 
tekshiriladi. 
Tanlab olish usulida tekshirilayotgan davrning har bir oyidagi yoki bir necha oy 
uchun birlamchi hujjatlarning bir qismi tekshiriladi. Tanlab tekshirilganda soliq 
qonunchiligida jiddiy buzilishlar yoki suiiste'molliklar aniqlangan hollarda 
korxona faoliyatining mazkur uchastkasida tekshirish yalpi usul vositasida o'tkazilib, 
foyda (daromad) yashirilgani yoki boshqa ob'ektlar soliq solishdan yashirilgani va 
suiiste'molliklar to'g'risida guvohlik beruvchi hujjatlar majburan olib qo'yiladi. 
Respublikamizda soliq nazorati quyidagi shakllarda olib boriladi: 
- soliq to'lovchini ro'yxatdan o'tish hisobini yuritish; 
- soliq ob'ektlari va soliqqa tortish bilan bog'liq boshqa ob'ektlarni 
hisobini yuritish; 
- pul tushumlarini xronometraj qilish; 
- soliq tushumlari hisobini yuritish; 
- soliq tekshiruvlari o'tkazish; 
- kameral nazorat, dastlabki nazorat (xo'jalik sub'ektlarining buxgalteriya 
va boshqa hisobotiarni joylarga bormasdan tekshirish); 
- soliq to'lovchilarning moliyaviy xo'jalik faoliyatini monitoring qilish; 
- fiskal xotiraga ega bo'lgan nazorat kassa mashinalarining qo'llanilish 
qoidalarini belgilash; 
- ayrim aktsizosti tovarlarini markalash va aktsiz postiarini o'rnatish; 
- davlatga tegishli bo'lgan mulklarni hisobini yuritish, baholash (narxlash) 
va sotish tartibiga rioya qilinishini nazorat qilish; 
-soliq organlarini yuqori organlar tomonidan nazorat qilinishi. Quyidagi chizmada 
soliq nazorati shakllarini ko'rishimiz mumkin: 





10 
Soliq nazoratini o'tkazishning dastiabki holati soliq ob'ektlari va soliqqa tortish 
bilan bog'liq boshqa ob'ektlarni hisobini yuritishdan boshlanadi. Bu ish soliq 
xizmati organlari tomonidan har bir soliq to'lovchi va har bir soliq turlari bo'yicha soliqqa 
tor-tish ob'ektlarining ma'lumotlar bazasmi, shu jumladan, elektron shaklda olib borish 
bilan amalga oshiriladi. 
Soliq to'lovchilarni Davlat ro 'yxatdan о 'tkazish - bu soliq to'lovchi to'g'risidagi 
ma'lumotlarni O'zbekiston Respublikasi kor-xonalari, tashkilotlari va yakka 
tartibdagi tadbirkorlari Davlat reestriga kiritishdir. Soliq to'lovchilarni ro'yxatdan 
o'tkazish tartibi Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 20-avgustdagi «Tadbirkorlik 
faoliyatini tashkil qilish uchun ro'yxatdan o'tkazish tartibotlari tizimini tubdan 
takomillashtirish to'g'risida»gi qaroriga asosan amalga oshiriladi. Bu qarorga 
asosan 2003 yil 1-oktyabrdan ro'yxatdan o'tkazishning «bitta tuynukka» 
qaratilgan yangi tizimi ishga tushishi va bir vaqtning o'zida boshqa ruxsat-
nomalarni ham berishi o'zining ijobiy natijalarini ko'rsatdi. Tadbirkor ariza bergan 
kundan boshlab Rqyxatdan qtish jarayonining muddati o'rtacha 31 kundan 16 
ish kuniga qisqardi. Norasmiy to'lovlami amalga oshirish 8%gacha qisqardi.
12
Ammo bu holat viloyatlarda yuqoriligicha qolmoqda. 
Kameral nazorat ahamiyatini oshirish hozirgi tadbirkorlik faoliyatini 
rivojlantirish maqsadida soliq nazoratini erkinlashtirish paytida dolzarb ahamiyatga 
ega. 
Kameral nazorat soliq to'lovchi yoki soliq agenti tomonidan belgilangan tartibda 
soliq organiga topshiriladigan soliq hisobotlari va boshqa soliq to'lovchi faoliyati 
to'g'risidagi hujjatlarni o’rganish va tahlil qilish orqali amalga oshiriladigan 
nazoratdir. Kameral nazorat soliq to'lovchi qatnashuvisiz amalga oshiriladi. 
Kameral nazorat uchun soliq organi boshlig'ining maxsus qarori talab qilinmaydi. 
Kameral nazorat paytida soliq hisobotlarida xatolar yoki ma'lumotlarda bir biriga zid 
holatlar mavjud bo'lsa, bu haqda soliq to'lovchiga uni tuzatish uchun xabar 
yetkaziladi. Soliq to'lovchi yoki soliq agenti talabnomani olganidan keyin
10 kun muddat ichida tuzatilgan hisobotni taqdim etishi yoki mavjud 
hisoblardagi farqlanishlarni asoslab berishi kerak. 
Pul tushumlari xronometrajini o'tkazish ham soliq nazoratining usullaridan biri 
hisoblanadi va haqiqatdagi pul tushumlarini aniqlash uchun foydalaniladi. 
Xronometraj soliq organi tomonidan naqd pulga tovar sotadigan va xizmat 
ko'rsatadigan soliq to'lovchining bevosita tovarlar sotiladigan va xizmatlar ko'r-
satiladigan joyda amalga oshriladi. 
12
Delovaya sreda v Uzbekistane glazami predstaviteley malogo i srednego biznesa, po itogam 2003 goda. Proekt 
razvitiya malogo i chastnogo predprinimatelstva v Uzbekistane. Mejdunarodnaya finansovaya korporatsiya. Tashkent, 
2004. 61b.


11 

Download 0.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling