“milliy istiqlol g’oyasi huquq va ma’naviyat asoslari” ta’lim yo’nalishi


 Soliq tekshirishlari turlari va ularni tashkil qilish tartibi


Download 0.52 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/14
Sana07.03.2023
Hajmi0.52 Mb.
#1244057
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14
Bog'liq
yuridik shaxslarni soliqqa torti

3. Soliq tekshirishlari turlari va ularni tashkil qilish tartibi.  
«Xo'jalik sub'ektlari faoliyatining davlat nazorati to'g'risida»gi Qonunga 
asosan tekshirishlami o'tkazishning quyidagi shakllari mavjud: rejali 
tekshirish, kompleks tekshirish, taftish, muqobil tekshirish, nazorat sifatidagi 
tekshiruv, qisqa muddatli tekshiruv, rejadan tashqari tekshiruvlar. Ularning har bin 
to'g'risida qisqacha tqxtalib qtamiz: 
Tekshiruv - soliq nazoratining asosiy usuli bo'lib, xo'jalik sub'ektlari 
faoliyatini tartibga soluvchi soliq qonunlari va boshqa hujjatlarga rioya qilinishi 
nazorat organlari tomonidan nazorat qilinadi. 
Taftish o'tkazish - moliya va soliq masalalari bo'yicha qonunchilikka rioya 
etilishi yuritilayotgan hisobning va soliq organlariga, davlat statistika organlariga va 
banklarga taqdim etiladigan hisobotlarning ishonarliligi ustidan nazorat 
o'rnatish maqsadida xo'jalik sub'ektlarining buxgalteriya, moliyaviy va 
boshqa hujjatlarini tekshirish. 
Muqobil tekshiruv - tekshirilayotgan xo'jalik operatsiyalarining barcha o'zaro 
bog'liq tashkilotlar yoki xo'jalik sub'ektining bo'limlaridagi hujjatlarda, qayd 
yozuvlarida aks etishini nazorat qilish. 
Monitoring sifatidagi tekshiruv - nazorat organlari tomonidan Kengash bilan 
kelishilgan tartibda va muddatlarda amalga oshiriladi va soliq to'lovchilar tomonidan 
oldingi tekshirish-larda aniqlangan qonun buzilishlarni bartaraf qilinganligini nazorat 
qilishga qaratilgan. 
Qisqa muddatli tekshiruv - bir ish kuni davomida amalga oshiriladi va xo'jalik 
sub'ektining moliyaviy xo'jalik faoliyatini tekshirish bilan bog' lanmagan bo' ladi. 
Nazorat qiluvchi organlar faoliyatini tartibga solish maxsus tuzilgan organ - 
Nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi Respublika Kengashi 
tomonidan amalga oshiriladi. Kengash faoliyati, respublikamizda nazorat 
organlarining haddan tashqari ortiqcha vakolatlarga ega bo'lishi hamda vazifasi-
ni suiist'emol qilish yo'l qo'yilishi natijasida tadbirkorlik faoliyatining 
rivojlanishidagi to'sqinliklarga yo'l qo'yilishining oldini olishda katta ahamiyatga 
ega bo'ldi. Kengash tomonidan ishlab chiqilgan "Nazorat qiluvchi organlar 
tomonidan o'tkaziladigan, tadbirkorlik sub'ektlari yuridik shaxslar faoliyatini tek-
shirishlarni muvofiqlashtirish tartibi to'g'risida"gi Nizomda (2006 yil 16 may) 
rejali va rejadan tashqari tekshirishlar ko'rsatilgan. Har yil choragida bir marta 
respublika bo'yicha barcha tekshirish o'tkazilishi lozim bo'lgan, Kengash 
tasdiqlagan tashkilotlaming ro'yxati «Soliqlar va bojxona xabarlari» haftalik 
nashrida berib boriladi. Reja jadvallarga keyinchalik o'zgartirishlar kiritilishi 
mumkin. Tadbirkorlik sub'ektlari faoliyatini tekshirishning muvofiqlashtirilgan 
reja jadvallarini shakllantirishda maxsus tasdiqlangan tamoyillarga rioya etish 
talab etiladi.

Download 0.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling