qismi sifatida odamzotning yuksak idåallari, haq va haqiqat,
insof va adolat to‘g‘risidagi orzu-armonlarini o‘zida mu-
jassam etgan, ularni barqaror qoidalar shaklida mustahkam-
lab kålayotgan g‘oya va qarashlarning yaxlit bir tizimidir»
1
.
Dunyodagi barcha dinlar ezgulik g‘oyalariga asoslanadi. Ular
odamlarni to‘g‘rilik, shafqat va bag‘rikånglikka, birovga ozor
bårmaslik, yomon ishlardan tiyilishga, nafs ko‘yiga tushib,
adashmaslikka chaqiradi. Diniy bag‘rikånglik g‘oyasi hamma
dinlarga xos ana shu umumiy tamoyillarni anglagan holda, ular
o‘rtasida hamkorlik o‘rnatishga xizmat qiladi. Barcha din
vakillarini, ular bajo kåltiradigan diniy rasm-rusum va amallarni
hurmat qilish, ularning kuch va imkoniyatlarini davlat, jamiyat,
butun insoniyatning ezgu maqsadlariga xizmat qildirishda muhim
o‘rin tutadi.
1
Do'stlaringiz bilan baham: |