Milliy istiqlol


Darhaqiqat, insonning aqli butun, tan-joni sog‘ bo‘lsa


Download 1.76 Mb.
Pdf ko'rish
bet84/156
Sana16.11.2021
Hajmi1.76 Mb.
#175343
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   156
Bog'liq
milliy istiqlol goyasi 8 uzb

Darhaqiqat, insonning aqli butun, tan-joni sog‘ bo‘lsa,
shu aqli va kuchini ishga solsa, bu dunyoda ko‘p maq-
sadlariga erishishi aniq.
Xalqimiz bu jihatdan nihoyatda tanti xalq hisoblanadi. Eng
og‘ir paytlarda ham u o‘zining insoniy qiyofasini yo‘qotmagan,
g‘ururini qo‘ldan boy bårmagan. Bobolaringizdan hayoti
davomida kåchirgan hodisalarni ko‘proq so‘zlab bårishlarini
iltimos qilsangiz, ularni eshitishni o‘rgansangiz, foydadan holi
!
!


75
bo‘lmaydi. Någaki, ular xalqimiz
kåchmishidan juda ko‘p ibratli
hodisalarni sizga hikoya qilib
bårishlari mumkin. Jumladan,
Ikkinchi jahon urushi, urushdan
kåyingi og‘ir yillarda o‘zbåk xalqi
ko‘p qiyinchiliklarga mardonavor
bardosh bårgani, frontga hamda
urush tufayli vayron bo‘lgan o‘l-
kalarga oziq-ovqat va boshqa
moddiy boyliklarni yuborib turga-
ni to‘g‘risida ulardan jonli hikoya-
larni tinglaysiz. Bu hikoyalar ni-
madan dalolat båradi? Xalqimizning naqadar tantiligi, sabr-
bardoshining chåksizligi – insonparvarligidan!
Ayni paytda bu xalq boshqalar oldida tili qisiq bo‘lmaslik,
o‘zgalarning minnatiga qolmaslikni ham o‘ziga e’tiqod qilib
olgan. Uning o‘rniga barcha qiyinchilik va kamchiliklarni sabr
bilan, bardosh bilan yångadi bizning xalqimiz. Chunki sabr orqali
maqsad qilingan ko‘plab ishlar amalga oshishini, sabrsizlik tufayli
esa odam yo‘ldan ozishini el-yurtimiz yaxshi biladi.
Kuzatgan bo‘lsangiz, odamlar turmushi doimo bir maromda
kåchmaydi. Ayniqsa, oilaviy sharoitda turli og‘irlik, yåtishmovchi-
liklar bo‘lib turishi ham tabiiy hol. Ota-onangiz sizning iltimo-
singizni bir safar bajonidil bajarishsa, boshqa gal qo‘li kaltalik
qilib qolishi ham mumkin. Mana shunday vaziyatda ularni to‘g‘ri
tushunishingiz, xijolat qilmasligingiz nihoyatda muhimdir.

Download 1.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   156




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling