Milliy istiqlol


«Do‘stlik» tushunchasi kång qamrovlidir, ya’ni u


Download 1.76 Mb.
Pdf ko'rish
bet92/156
Sana16.11.2021
Hajmi1.76 Mb.
#175343
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   156
Bog'liq
milliy istiqlol goyasi 8 uzb

«Do‘stlik» tushunchasi kång qamrovlidir, ya’ni u
faqat ikki inson o‘rtasidagi munosabatlarnigina emas,
millatlar, xalqlar, mamlakatlararo aloqalardagi iliqlikni,
o‘zaro ishonchlilikni ifoda etishda ham qo‘llanadi.
Davlatlararo, millatlararo do‘stlik an’analari dunyoda tinchlik-
ning barqaror bo‘lishi, mamlakatlar o‘rtasidagi ishonchli hamkor-
likning rivojlanishi uchun zamin yaratadi.
Albatta, insoniyat o‘z tarixida xalqlarni bir-biriga qarshi qay-
rovchi, millatchilik, buyuk davlatchilik singari zararli g‘oyalarni
targ‘ib etuvchi yovuz kuchlarni ham ko‘p ko‘rgan. Jumladan,
Ikkinchi jahon urushini boshlagan fashizmning tub mohiyatida
bir millatni boshqa barcha xalqlardan ustun qo‘yish g‘oyasi yotar
edi. «Oliy irq» g‘oyasini ilgari surgan fashistlar dunyodagi juda
ko‘p millatlarni «ikkinchi-uchinchi navli» xalqlar dåb kamsitish,
ularning boyliklarini talab, madaniyatini vayron qilishni bosh
maqsad etib bålgilagan edi. Ular xalqlar o‘rtasida dushmanlik
kayfiyatini yoyish evaziga misli ko‘rilmagan xunråzliklarni amalga
oshirdi. Ayrim millatlarni ommaviy ravishda qirib tashlash
fashistlar uchun oddiy mashg‘ulotga aylangan edi. O‘nlab
konslagårlarda millionlab bågunoh kishilarni tiriklayin yoqib
yuborgan ham aynan fashistlardir. Insoniyat bu baloni daf qilmoq
uchun qariyb båsh yil urush olovini kåchishga majbur bo‘ldi.
Afsuski, bugungi kunda ham dunyoning turli hududlarida
millat va elatlarni, turli din vakillarini  bir-biriga qarama-qarshi
qo‘ymoqchi bo‘layotgan kuchlar topilib turibdi. Millatlararo,
mamlakatlararo munosabatlarni buzmoqqa urinayotgan bu yovuz
guruhlarning maqsadi ma’lum, albatta. Xalqlar taqdirini o‘zi
bilganicha hal etish huquqini qo‘lga kiritish, boshqa mamla-


83
katlarning yårosti va yårusti boyliklariga båmalol egalik qilish,
oxir-oqibatda yår yuzida yangi ko‘rinishdagi quldorlik tuzumini
yaratish bu kuchlarning pirovard maqsadidir. Shu tufayli ham
siz hozirdan boshlab odamlar o‘rtasida dushmanlik kayfiyatini
uyg‘otmoqchi bo‘lgan yovuz niyatli kuchlardan ogoh bo‘lishingiz,
qaysi millat, qaysi mamlakat farzandi bo‘lmasin, yaxshi niyatli
kishilarga nisbatan bag‘rikånglik munosabatida bo‘lishingiz talab
etiladi. Shundagina ona yurtimizning do‘stlari safi kengayib,
uning dushmanlari hushyor tortishadi.
Do‘stlikning muhim shartlaridan biri vafodir.

Download 1.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   156




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling