Milliy istiqlol
Xalqimizning «Galga solgan do‘st emas», «Dasturxon-
Download 1.76 Mb. Pdf ko'rish
|
milliy istiqlol goyasi 8 uzb
Xalqimizning «Galga solgan do‘st emas», «Dasturxon-
ga boqqan do‘st emas», «Jon do‘sting jonidan kåchsa ham, mol do‘sting molidan kåchmas», «Aqlsiz dushman- dan bir saqlan, aqlsiz do‘stdan ming saqlan» kabi naql- larida do‘stning nodonligi, ikkiyuzlamachiligi, xiyonatkor- ligi dushman tig‘idan ham o‘tkir, xavfli ekanligiga ishora bor. Shu tufayli inson uchun haqiqiy do‘st kim, dushman kimli- gini bilish juda muhimdir. Do‘stning chinakam yoki soxtaligi, ayniqsa, inson boshiga og‘ir kunlar tushganda yaqqol bilinadi. Chunki xursandchilik kunlarda hamma birdek yoningizga kåladi, shod-u xurramligingizni baham ko‘radi. Qayg‘uli, og‘ir kunlarda esa haqiqiy do‘stlargina g‘am-tashvishlaringizni birga ko‘taradi, ko‘makdosh – tirgak bo‘ladi. Shu o‘rinda bir hikoyani yodingizga solmoqchimiz. 5-sinfda «Adabiyot» darsida o‘qiganingiz taniqli gruzin yozuvchisi Nodar Dumbadzåning «Hållados» nomli asari esingizdan chiqmagandir. Uning qahramonlari, sizning tångdoshlaringiz – Jamol va Yanguli qanday qilib ajralmas do‘stga aylangan edi? Bu ikki 81 shovvoz avval dahanaki jang qi- lishgan bo‘lsa, kåyin rostakamiga mushtlashishgacha borib yåti- shadi. Bir-birlarini obdon sinab bilganlaridan kåyingina ular o‘r- tasida endi håch kim buza ol- maydigan mustahkam do‘stlik rishtasi ulanadi. Bu ikkovlon, garchi håch qachon ko‘rmagan bo‘lsalar-da, bir-birlarining vafot etib kåtgan onalari xotirasini ham hurmat qilishadi. E’tibor båring: dåmak, chinakam do‘st faqat sizning o‘zingizgagina emas, butun oila a’zolaringizga ham do‘stlik, måhr-shafqat ko‘zi bilan qarar ekan-da. Uzoq yillar yonma-yon yashash, birga o‘qish, måhnat qilish, boshga biron tashvish tushganida hamdard, hamfikr bo‘lish, safarga chiqish va boshqa hollarda odamlar do‘stlashib qoladilar. Do‘st tutinish juda mas’uliyatli ish bo‘lib, uni pokiza saqlash, avaylab-asrash oson kåchmaydi. Bizning soxta, vaqtinchalik «do‘stlar» to‘g‘risidagi fikrlarimiz sizga ham birdåk tågishli ekanini unutmasangiz bas. Chunki siz ham insonsiz – o‘zingiz- ning kuchli va ojiz tomonlaringiz bor. Hayotda shunday vaziyatlar uchraydiki, ojizligingiz pand bårib qo‘yishi, siz ham do‘stingizni ranjitib qo‘yishingiz mumkin. Download 1.76 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling