80
lum bir maqsadni ko‘zlab, o‘zlarini do‘st qilib ko‘rsatishga
harakat qiladilar, ya’ni hayot sahnasida mahoratli artist
bo‘ladilar.
Bunday odamlar amaldorlar bilan
mansab kursisi uchun yoki
o‘ziga to‘q odamlarning moddiy boyligi uchun yoki bo‘lmasa
aqlli, qobiliyatli odamlar bilan esa uning aqliy salohiyatidan
foydalanish uchun do‘st bo‘ladilar. Soxta do‘stning har bir so‘zi
o‘z maqsadini ko‘zlab aytiladi. U mug‘ombir, ayyor, ikkiyuzla-
machi, kishining sirini hammaga yoyuvchidir.
U sizning xursand-
chilik kunlaringizda zarpåchakdåk o‘ralib, sizdan ajralmaydi,
boshingizga ish tushganida esa birdan g‘oyib bo‘ladi. Do‘st dåb
ishonib aytgan sirlaringizni
dushmanlaringizga oshkor qilib, endi
ularga «do‘stligi»ni namoyish qiladi. Shu bois ham soxta do‘st
o‘ta xavfli va dushmandan ham qo‘rqinchlidir. Chunki inson
o‘z
dushmanini bilgach, uning har bir xatti-harakatidan ehtiyot
bo‘ladi, o‘zini ma’lum uzoqlikda saqlab yuradi. Noqobil do‘stdan
esa, uni do‘st dåb
ishongani uchun, håch narsani yashirmaydi,
ichki sir-asrorini ham u bilan baham ko‘radi.
Do'stlaringiz bilan baham: