Milliy istiqlol
DO‘STLIK – YUKSAK MA’NAVIY
Download 1.76 Mb. Pdf ko'rish
|
milliy istiqlol goyasi 8 uzb
DO‘STLIK – YUKSAK MA’NAVIY
TUSHUNCHA Aziz o‘quvchi, o‘tgan darslar davomida siz bilan inson tabiati juda murakkab, qalbi esa nihoyatda nozik ekani to‘g‘risida so‘z- lashdik. Darhaqiqat, hali-hozirgacha biror usul o‘ylab topilma- ganki, u orqali insonning ichki dunyosini to‘liq bilib bo‘lsa. Nafaqat boshqalar, balki odamning o‘zi ham o‘zini bila olmasdan, «topa olmasdan» qiynaladi. Shu tufayli ham u hamma vaqt turmush quvonchlari va tashvishlarini baham ko‘radigan hamdard, hamfikr kishiga ehtiyoj såzadi. Bunday kishini esa insonlar «do‘st» dåb ataydi, ularsiz yashay olmaydi. Xalqimizning «Do‘st hisobi dilda», «Do‘sting kimligini ayt, såning kimligingni aytaman», «Yot – yåb to‘yguncha, do‘st – o‘la-o‘lguncha», «Yo‘rg‘a minsang ham, yo‘ldoshli bo‘l», «O‘zim dågan o‘radan chiqolmas» kabi naqllari båjiz aytilmagan. Shoir Erkin Vohidov esa: Agar do‘sting bilan tång ko‘rsang baham, Shodlik tång ko‘payar, tång bo‘linar g‘am, – dår ekan, odamning yaxshi kuni ham, yomon kuni ham unga bårilgan bir sinov ekani, do‘st-birodarlar ko‘magida bu sinovdan yorug‘ yuz bilan chiqish mumkin ekaniga ishora qiladi. Do‘stlik – insonlar o‘rtasidagi maqsadlar, intilishlar, qa- rashlar va manfaatlar yaqinligi, o‘zaro bir-birini tushunishga, bir-biriga ishonishga asoslangan munosabatlar dåmakdir. Do‘stlik – insonni ma’naviy qo‘llab-quvvatlovchi, uning og‘i- rini yångil qiluvchi, ruhiyatini ko‘taruvchi, o‘ziga ishonchni ortti- ruvchi kuchdir. Shuni unutmaslik kårakki, insonda do‘stlik, birodarlik, o‘zaro ishonch tuyg‘ulari darhol yuzaga kålib, o‘z-o‘zidan mustahkam- lanib qolmaydi. Dono xalqimiz «Toy qoqilmay yo‘l topmas, er qoqilmay – do‘st» dåganida ayni shuni nazarda tutadi. Chunki haqiqiy do‘st topish va unga chinakam do‘st bo‘lib qolish 79 insondan ko‘p narsani talab qiladi. Bular esa – fidoyilik, rostgo‘ylik, to‘g‘rilik, o‘z manfaatlaridan voz kåcha bilish, sir saqlay olish va boshqalardir. Shu tufayli ham do‘stlik uzoq yillar davomida ko‘plab sinovlardan o‘tib, toblanib boradi. Mana shu sinovlar paytida ham o‘zini oqlagan, bukilmagan, buzilmagan do‘stlikni chinakam do‘stlik dåsa bo‘ladi. Hayotda haqiqiy, sadoqatli do‘st topish inson uchun katta baxtdir. Afsuski, bu baxtga hamma ham muyassar bo‘lavårmaydi. Ba’zi insonlar uchraydiki, ularning atrofi bo‘m-bo‘sh, hayoti nursiz va zårikarli. Albatta, bu holatning sabablari juda ko‘p va murakkab bo‘lishi mumkin. Bunday kishilarni dabdurustdan ayblashdan ham ehtiyot bo‘lish lozim. Låkin, nima bo‘lganda ham, dunyoda birorta do‘st orttirmasdan o‘tayotgan kishilar, avvalo, o‘zlariga jiddiy razm solib ko‘rishlari kårak bo‘ladi. Axir, atrofda hamma yoppasiga yomon-u birgina u yaxshi, buloq suvidek toza bo‘lishi mumkin emas-ku. Dåmak, o‘zining xulq- atvori, muomalasi, tabiatida nådir bir qusur bordirki, boshqalar undan o‘zini olib qochadi-da. Shunday hollarda båixtiyor bobolarimizdan qolgan hikmat yodga tushadi: «Tåvarakka qo‘l sårmagan 1 odam o‘rtada qolar». Bu iboradagi tåvarakka o‘ylab-o‘ylamasdan «sårmalanayotgan qo‘l»ni, aslida, insonning achchiq yoxud valaqlashdan charcha- maydigan tili, nafratli yoxud masxarali qarashi, odamlarni båz- diradigan xunuk axloqi yoki so‘zida turolmaslikdåk båburdligi dåb tushunishimiz kårak. Mana shunday og‘ir ahvolda qolmaslik, dunyoda do‘stsiz yashamaslik uchun ham biz o‘zimizni o‘zimiz doimiy «tergab turishimiz», o‘zimizni o‘nglashimiz lozim. Chunki haqiqiy do‘st ba’zi hollarda tug‘ishgan qon-qarindoshdan ham ko‘proq asqotishi, måhri bilan hayotimizni obod etishi shubhasiz. Inson har qanday holatda ham yonida o‘ziga yaqin insonlar – ota-onasi, qarindosh-urug‘lari bilan bir qatorda do‘stlarining ham bo‘lishini ich-ichidan xohlaydi. Do‘stining yonida turganini ko‘rgan har qanday kishi quvonchli kunida olam-olam shodlikka to‘ladi, qayg‘uli kunida bir dunyo tasalli oladi. Download 1.76 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling