Sinfdoshlar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatda måhr va oqibat tuyg‘ulari kuchli bo‘lsa, bu sinfning fayzi boshqacha bo‘lishi aniq. Chunki insonparvarlik, adolatlilik, måhr va muruvvat odam bolasini, jamoani, jamiyatni båzab turadigan o‘lmas ziynatdir. O‘quvchilar, yana bir narsani bilib olingki, to hayot bor
ekan, yaxshilik bilan yomonlik, ezgulik bilan yovuzlik o‘rtasidagi
olishuv to‘xtamaydi. O‘zbåkiston Qahramoni, xalq shoiri Erkin
Vohidov hayotning bu achchiq haqiqatini «Yomonning so‘zi»
shå’rida bunday ifodalagan edi:
!
77
Bu olamning dargohi kångdur, Yaxshisi-yu yomoni tångdur. Quyosh kåzib ko‘kda sarosar, Nur sochadi bizga barobar. Faqat måning qo‘ynimda tosh bor, Bundan såning ko‘zingda yosh bor. Sån tutgansan qo‘lingda chiroq, Mån qo‘yganman yo‘lingga tuzoq. Dåmak, biz yomonlarning qo‘ynidagi toshdan – yovuz
niyatlari, aldamchi g‘oyalari, bizga yot mafkuralari, odob-
axloqimizga zid qarashlaridan doimo ogoh bo‘lishimiz, qal-
bimizni asrashimiz lozim.