84
Yuqorida zikr etilganidåk, bir-
biriga
zid dunyoqarashga, intilish-
larga, o‘y-fikrga ega bo‘lgan ki-
shilar do‘st tutinishmaydi. «Ko‘r
ko‘rni qorong‘ida topibdi» dåga-
nidåk, ayrim nopok, g‘iybatchi,
axloqsiz kimsalar o‘zaro
birlashib
– go‘yo «do‘st tutinishib», o‘z-
larining qing‘ir ishlarini birga-
lashib amalga oshiradi. Ular bu
o‘zaro birlashishlarini o‘zlaricha
«do‘stlik» dåb
nomlasa ham, bu
to‘dalashishning muqaddas do‘stlik tushunchasiga håch qanday
aloqasi yo‘q. Xalqimizda «It yig‘ini birikmas» dågan gap bor.
Bu nimaga ishora? Bu shunga ishoraki,
asli yovuz, vayronkor,
buzg‘unchi niyatli kishilar chinakamiga birlashib,
biror ezgu ishni
amalga oshira olmaydi. Ular bir muddat birikib, o‘zining
kirdikorini – jinoyatini, o‘g‘riligini, talonchiligini
amalga oshirishi
mumkindir. Biroq o‘sha tuban maqsadga erishilgach, ular endi
o‘zaro itdåk g‘ajishib, har tomonga tarqab kåtishadi.
Do'stlaringiz bilan baham: