87
EKOLOGIK MADANIYAT
Bundan millionlab yillar ilgari – odamzot paydo bo‘lgan
davrlardan boshlab son-sanoqsiz insonlar shu Yerning bag‘rida
unib-o‘sgan, umrguzaronlik qilgan, rizqi ro‘z topgan. Bashari-
yatni
boqadigan, kiyintiradigan, unga boshpana bo‘ladigan ona
zamin koinot bag‘rida yagona
va shu tufayli ham nihoyatda
mo‘tabardir. Hozirgacha insoniyat o‘zi uchun yashashga undan
boshqa makon topgani yo‘q, balki topa olmas ham. Hali-
hanuzgacha odamlar osmondan yomg‘ir yoqqanini, qor-u do‘l
yoqqanini ko‘rgan, låkin
biror marta quymoq yoqqanini, non
tushganini ko‘rgan emas, ya’ni shu zamin, shu suv,
shu havo
– tabiat bo‘lmasa, inson bolasi u bilan «til topishib», o‘zi uchun
rizq yaratmasa, bir burda ham non osmondan tushmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: