Milliy istiqlol


Boshqacha qilib aytganda, bunday to‘dada do‘stlikning


Download 1.76 Mb.
Pdf ko'rish
bet95/156
Sana16.11.2021
Hajmi1.76 Mb.
#175343
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   156
Bog'liq
milliy istiqlol goyasi 8 uzb

Boshqacha qilib aytganda, bunday to‘dada do‘stlikning
o‘zi bo‘lmagani singari, vafo dågan oliy tuyg‘uning
bo‘lmasligi ham tabiiydir.
  Dåmak, har birimizning qanday inson ekanligimizni
odamlar do‘stimizga qarab aniqlab olishsa, siz-u bizga shundan
kålib chiqib muomala qilishsa, hayron bo‘lmasligimiz kårak.
Do‘stni yana qalinroq do‘st qiladigan ham, dush-
manga aylantiradigan ham insonning o‘zidir.
Shu o‘rinda Kaykovusning «Qobusnoma» asaridan joy olgan
quyidagi fikrlari e’tiborlidir:
«Ey farzand, bilgilki, to kishi tirikdur, do‘stsiz bo‘lma-
g‘usidir... Do‘stlarning ishi haqida o‘ylag‘il, ularga hadyalar
bårmoq, muruvvatlar qilmoq bila do‘stlik qoidasini mahkam
qilg‘il. Nådinkim, har kishi do‘stlarni yod qilmasa, do‘stlar ham
yod qilmag‘usidur va ul kishi hamisha do‘stsiz qolg‘usidur.
Hamma vaqt do‘st tutmoqni odat qilg‘il, zåroki, har kishining
do‘sti ko‘p bo‘lsa, ayblari shuncha sir tutilur va fazilati ko‘payur.
!


85
Låkin har vaqt yangi do‘st topsang, ko‘hna do‘stlarni tark
etmag‘il va ulardin yuz o‘gurmag‘il, toki hamisha do‘sting ko‘p
bo‘lsun, dåbdurlarki, yaxshi do‘st kishiga ulug‘ ganjdur...
Yana bilg‘ilki, do‘stlarning do‘stlari ham do‘stlaringdur. Ehti-
molki, uning o‘sha odamga do‘stlig‘i såning do‘stlig‘ingdin ko‘p-
roqdur. Agar do‘sting såning dushmaningni såvsa, bunday
do‘stdin ehtiyot bo‘l, nådinkim, bunday do‘st dushman tarafidin
sånga yomonlik qilishdin ham andisha qilmag‘ay. Såning
do‘stingga dushman bo‘lg‘on do‘stdin ham parhåz etg‘il...
Aqlsiz odamlar bila hargiz do‘st bo‘lmag‘il. Aqlsiz do‘st aqlli
dushmandin yomonroqdur, chunki aqlsiz do‘st shundoq ish
qilurki, aqlli dushman uni qila olmas. Muruvvatlig‘, ilmlig‘ va
vafolig‘ kishilarni do‘st tutg‘ilki, to sån ham ul fazilatlar bila
yanada mashhur bo‘lg‘aysan. Båmuruvvat, måhr-shafqatsiz,
hunarsiz (ilmsiz) kishilar bila o‘lturmag‘il. Båhunar bila
o‘lturg‘ondan tanholig‘ yaxshiroqdur...
Ey farzand, odamlar bila do‘stlig‘ing o‘rtacha bo‘lsun.
Do‘stim ko‘p dåb barchasiga umid bila ko‘ngul bog‘lamag‘il,
ilgari va kåyinga qarag‘il. Do‘stlaringning e’tiqodidin g‘ofil
bo‘lmag‘il...»
1082–1083-yillarda – bundan o‘n asr ilgari bitilgan ushbu
o‘gitlar hozir ham o‘z ahamiyatini yo‘qotgan emas. Avval
aytganimizdåk, insonning yashash tarzi, turmush sharoitlari
o‘zgarib, yangilanib boradi, biroq uning tabiati, ruhiyati dåyarli
o‘zgarmaydi. Bundan ming yil oldin ham odamlar chinakam
do‘st topishga qiynalganlar, o‘shanda ham do‘stlik shartini buzib,
nomardlik ko‘chasiga kirgan kimsalar topilgan. Shu tufayli ham
donishmand Kaykovus o‘g‘li Gilonshohga bag‘ishlab asar bitar
ekan, uni bunday fojialardan ogoh qilmoqni istaydi. Uning
o‘gitlaridagi muhim joylarga alohida e’tibor båring:
«Har kishi do‘stlarni yod qilmasa, do‘stlar ham yod qilmag‘u-
sidur»  – do‘stlardan gina qilish, ularni nohaq ayblashdan oldin
har birimiz qusurni avvalo o‘zimizdan axtarmog‘imiz, do‘stlari-
mizning ham ko‘ngli xuddi biznikidåk nozik ekanini hisobga
olmog‘imiz shart.
«Har vaqt yangi do‘st topsang, ko‘hna do‘stlarni tark etmag‘il
va ulardin yuz o‘gurmag‘il» – xalqimiz: «Ko‘ylakning yangisi,
do‘stning eskisi yaxshi», – dåb båkorga aytmagan. Vaqtinchalik


86
foydani, manfaatni ko‘zlab topganimiz yangi «do‘stlar»ni dåb,
qadrdon bo‘lib kåtgan birodarlardan yuz o‘girish insoniylikdan
emasdir. Chinakam do‘st do‘stiga nisbatan hasad, kibr-u havo,
manmanlik, sotqinlik, g‘arazgo‘ylik qilmaydi.

Download 1.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   156




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling