Milliy istiqlol


Avvalo, shuni ta’kidlash kårakki, aksariyat insonlar-


Download 1.76 Mb.
Pdf ko'rish
bet103/156
Sana16.11.2021
Hajmi1.76 Mb.
#175343
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   156
Bog'liq
milliy istiqlol goyasi 8 uzb

Avvalo, shuni ta’kidlash kårakki, aksariyat insonlar-
ning muttasil tabiat bag‘riga talpinishi, uydan, sha-
hardan tåzroq chiqib, kång dasht-u dalalar, qir-adirlar,
tog‘ va o‘rmonlar, soy va daryolar bag‘riga oshiqishining
o‘ziyoq odamzotning qon-qonida tabiat bilan birlik, u
bilan uyg‘unlik borligidan darak båradi.
Odamning uyda, ishxonada dimiqqan, toliqqan ruhi tabiat
bag‘riga chiqqach, birdan yångil tortadi, yangilanadi, yashnaydi.
Uzoq vaqt onasini ko‘rmagan, sog‘inchdan yuragi siqilgan
farzand måhribon volidasini ko‘rgach, qanchalik såvinsa, uning
issiq bag‘rida o‘zini unutsa, odamlar ham tabiat quchog‘ida
o‘zlarini xuddi shunday his qiladilar. Chunki odamning butun
borlig‘i, tan-u joni mana shu tabiatsiz, atrofdagi olamsiz mavjud
bo‘lishi, usiz yashashi va kamol topishi mumkin emas. Shunga
ko‘ra, insonning ona tabiatni såvmasligi, uni asrab-avaylashga
urinmasligi ham aslida mumkin emasdåk tuyuladi.
Afsuski, o‘zini tug‘ib voyaga yåtkazgan onasini hurmat
qilmaydigan, uning yuziga oyoq bosishdan toymaydigan nobakor
farzandlar bo‘lgani kabi, tabiatning boyliklarini båhisob o‘zlash-
tirishgagina o‘rgangan kimsalar ham hayotda uchrab turadi. Bu
xil kishilar nazarida, tabiatning boyliklari håch qachon tuga-
maydi, uni parvarish qilish, asrab-avaylash, u to‘g‘rida g‘am-
xo‘rlik ko‘rsatish ham shart emas. Mana shu toifa odamlar qilmi-
shiga nazar tashlasak, ulardan ona tabiatimiz qanchalar jabr
ko‘rayotganiga guvoh bo‘lamiz. Masalan, ular dam olish, sayr
qilish maqsadida tog‘ yon bag‘irlarigami, ko‘m-ko‘k suvli ko‘l
sohiligami borishadigan bo‘lsa, bu so‘lim go‘shalar o‘zlaridan
kåyin ham boshqalar zavq olishi uchun shunday saqlanishi


91
kårakligini o‘ylashmaydi ham. Dam olish, hordiq chiqarish
madaniyatidan yiroq bo‘lgan bunday odamlar, yashnab turgan
dov-daraxtlarni sindirib ovqatiga o‘tin qilish, sabzavot va poliz
ekinlari po‘choqlarini ariq yoki ko‘llarga tashlash, turli
ichimliklardan bo‘shagan shishalarni har tomonga uloqtirish,
qozon-tovoqlaridagi qoldiqlarni oqar suvlarga chayish singari
xunuk ishlarni oddiy narsa dåb o‘ylaydilar. Holbuki, ularning
bu qilmishlari tufayli tabiat bag‘rida nå-nå jarohatlar, tuzalmas
yaralar qoladi.

Download 1.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   156




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling