Milliy istiqlol
Garchi tabiatning tili yo‘q – o‘z og‘riqlarini, dardlarini
Download 1.76 Mb. Pdf ko'rish
|
milliy istiqlol goyasi 8 uzb
Garchi tabiatning tili yo‘q – o‘z og‘riqlarini, dardlarini
aytib arz qila olmasa-da, uning avvalgi chiroyli, xushro‘y yuzida paydo bo‘lgan bunday dog‘lar tabiatning holidan barchamizni ogoh etishi kårak. Dåmak, tabiatga muhabbat, unga måhrli munosabatda bo‘lish insoniylikning muhim o‘lchovlaridan hisoblanib, unga qarab odamning qanchalik tarbiyali, madaniyatli, farosatli ekanini bilish mumkin ekan. Tabiat haqidagi bilim va tasavvurlar insonda juda yoshligidan boshlab shakllana boradi. Bolalar bog‘chalarida kichkintoylar o‘ynaydigan o‘yinchoqlardan tortib, ularning kiyim javoni va yotadigan o‘rnigacha, yostiq jildi-yu cho‘miladigan hovuzigacha – barcha jihoz-u buyumlarda turli gul-daraxtlarning, hayvonlarning ajoyib tasvirlari bo‘ladi. Ko‘l va daryolar bag‘ridan kåltirilgan, ichida mayda chig‘anoq bo‘laklari to‘la mayin qumlardan bolalar turfa jonivorlar haykalchalarini, tog‘-u adirlar ustiga qurilgan jajji qo‘rg‘on-qasrlarni yasashadi. Qishloq bolalarining aksariyat vaqti tabiat bag‘rida kåchadi. Ular kålayotgan bahorning hidini ariq lablarini qoplagan yalpiz- ning ham o‘tkir, ham yoqimli bo‘yidan olishadi. Ariqlarni to‘ldirgan suv o‘tlarining xuddi qizlarning sochidåk mayin chayqalishi, tog‘-adirlar tomondan esadigan muzdåk shabada, uzoq-uzoqlardan kålayotgan qo‘y-qo‘zilarning tovushi – bular- ning barchasi qishloqlik bolalar hayotining bir bo‘lagi, ular tasavvurlarining ajralmas qismi bo‘lib qoladi. Ularning shahardagi tångdoshlari hayvonot va istirohat bog‘lari, sirk tomoshalari orqali tabiat jonzotlari bilan yuzma-yuz bo‘lishadi. Po‘sti har qancha chiroyli, naqshinkor bo‘lmasin, ilonning turqi juda sovuqligini, aksincha – ko‘rinishi bir qaraganda ancha xunuk, båso‘naqay ! 92 tuyulmasin, toshbaqaning qancha- lik båozorligini, bo‘rining tashqi ko‘rinishi hovlisidagi kuchugidan unchalik farq qilmasligi-yu jay- ronning ko‘zi naqadar chiroyli bo‘lishini ko‘rishadi, ular haqidagi tasavvur va bilimlari ortadi. Maktabdagi saboqlar davomi- da biz endi tabiatning umumiy tuzilishi, Yer yuzidagi iqlimlar, qit’a va matåriklar, okåan hamda dångizlar, tog‘lar va vulqonlar, hayvonot va o‘simliklar olami haqida aniq bilimlarga ega bo‘lib boramiz. Masalan, Shimoliy qutb yoxud Antarktidada abadiy muzliklar makon tutgani holda, Afrikaning ko‘plab hududlarida nima uchun umuman qor yog‘masligini «Gåografiya» darsidan bilib olsak, mittigina arining båshta ko‘zi borligi yoki chigirt- kaning qulog‘i oyog‘ida joylashganini bizga «Zoologiya» darsligi tushuntirib båradi. Bunga qo‘shimcha ravishda, gazåta va jurnallar, tålåvidåniye va radio, Intårnåt matåriallari orqali bizdan o‘n minglab chaqirim uzoqda joylashgan yurtlarning rang-barang tabiati, hayvonot hamda o‘simliklar olami to‘g‘risida bir-biridan qiziq ma’lumotlarga ega bo‘lishimiz mumkin. Download 1.76 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling